27
viloyat, shahar (shaharga bo’ysunuvchi tuman) va tuman byudjetlarini tuzish
uchun taqdim qilingan smeta moliyaviy hujjatlarini har tomonlama chuqur tahlil
qilishni amalga oshirish, mablag’larga bo’lgan ehtiyojni aniqlashda moliya-byudjet
qonun hujjatlariga qat’iy rioya qilish va byudjet mablag’larini belgilangan
maqsadlarga, iqtisod qilib yo’naltirishga erishish;
-
O’zbekiston Respublikasi va Qoraqalpog’iston Respublikasi vazirliklari,
idoralari, tegishli hokimiyatlarning boshqarmalari hamda bo’limlari tomonidan
byudjet tashkilotlari xarajatlar smetalarini ko’rib chiqish, tasdiqlash va o’z vaqtida
etkazish bo’yicha ishlarini to’g’ri tashkil etishni ta’minlashga erishish;
-
smetani rejalashtirishda aniqlangan kamchiliklarni
tezlik bilan bartaraf
etish bo’yicha choralarni qo’llash, smetalar bo’yicha aniqlangan ortiqcha
mablag’lar miqdorini, tashkilotlarning rahbarlarini ogohlantirib, byudjetdan
ajratiladigan mablag’larni qisqartirish.
O’zbekiston Respublikasi va Qoraqalpog’iston Respublikasi vazirliklarida,
idoralarida, hokimiyat boshqarmalari va bo’limlarida smetalarni rejalashtirish
ahvolini tekshirish yakunlarini lozim bo’lgan hollarda O’zbekiston Respublikasi
Vazirlar Mahkamasiga va Qoraqalpog’iston Respublikasi
Vazirlar Kengashiga,
tegishli hokimiyatlarga ma’lum qilinadi, aniqlangan xato-kamchiliklarni bartaraf
qilish va tayinlangan summalarni smetalarda ortiqcha ko’rsatilgan mablag’larga
kamaytirish bo’yicha takliflar kiritiladi.
Tashkilotlarning smetalarini to’g’ri tuzish, tasdiqlash va o’z vaqtida ularga
etkazishning
to’g’riligini
tekshirish
natijalari
muntazam
ravishda,
umumlashtirilib, O’zbekiston Respublikasi va Qoraqalpog’iston Respublikasi
moliya vazirliklari hay’atlarida, viloyatlar va Toshkent shahar Bosh moliya
boshqarmalari kengashlarida ko’rilib boriladi va ushbu ishni yanada
takomillashtirish bo’yicha chora-tadbirlar qabul qilinadi.
Smetani noto’g’ri tuzilganligi yoki o’z vaqtida moliyalashtirilmaganligi
to’g’risida ma’lumotlar aniqlansa, taftish aktida
aks ettirish bilan birgalikda,
tegishli moliya organiga xabar beriladi va smeta bo’yicha kamchiliklarni
tugatish, tegishli tuzatishlar kiriish ishlarini yil oxirigacha amalga oshirishi
28
lozim. Byudjet mablag’larining tasdiqlangan smetasi bo’lmagan holda hamda
smetalarda ko’rsatilmagan tadbirlarga yoki umumiy smeta bo’yicha va
xarajatlarning alohida turlari bo’yicha ham smeta yo’nalishidan ortiqcha bo’lgan
summalarda xarajatlarga sarflash taqiqlanadi.
Mazkur tartibni buzgan shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan
javobgarlikka tortiladilar. Smetalar bo’yicha xarajatlarni hisoblab chiqish
mablag’larga bo’lgan ehtiyojga muvofiq iqtisodiy
va ijtimoiy rivojlanish
ko’rsatkichlarini va iqtisod qilishning qat’iy tartibini amalga oshirishni hisobga
olgan holda amalga oshiriladi.
Xarajatlarni hisoblab chiqishda quyidagilarga amal qilish kerak:
-
O’zbekiston Respublikasi qonunlari, O’zbekiston Respublikasi Oliy
Majlisining boshqa qarorlari, Prezident farmonlari, O’zbekiston Respublikasi
Vazirlar Mahkamasining
qarorlari va farmoyishlari, O’zbekiston Respublikasi
Moliya vazirligining idoraviy normativ hujjatlariga;
-
byudjet tashkilotlari xarajatlarini rejalashtirishning normativ uslubiga;
-
tovar va xizmatlarning davlat tomonidan tartibga solinadigan baholari
hamda tariflariga, shuningdek, nodavlat korxonalari va tashkilotlarining ayrim
tovarlari hamda xizmatlari baholariga;
-
O’zbekiston Respublikasi va Qoraqalpog’iston
Respublikasi vazirliklari,
idoralarining rahbarlari, tegishli hokimiyatlarning boshqarmalari hamda bo’limlari
rahbarlarining o’ziga qarashli tashkilotlarning kelgusi yil uchun smetalarini tuzish
masalalari bo’yicha ko’rsatmalari va takliflariga, agarda ular qonun hujjatlariga zid
bo’lmasa.
Jumladan:
-
smetaga ish haqi uchun mablag’lar byudjet to’g’risidagi maoshlari va ish
haqi stavkalari va ularga qo’shimcha to’lovlardan, amaldagi
namunaviy shtatlar va
normativlarga rioya qilishdan kelib chiqib kiritiladi. Xo’jalik usuli bilan bajariladigan
ishlar uchun ish haqi smetalarga byudjet yili xarajatlar smetasida ko’zda tutilgan ish
hajmlaridan kelib chiqib kiritiladi;
-
pedagoglar ish haqi uchun mablag’larni ajratishda, qonun hujjatlarida