G’aznachilik va davlat jamg`armalari fakulteti “byudjet hisobi va g`aznachilik ishi” kafedrasi baxramov shukrullo shodiqul o’G’LI


 Byudjet tashkilotlarida smetalar ijrosi jarayonining amaldagi



Download 0,74 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/23
Sana13.06.2022
Hajmi0,74 Mb.
#664050
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   23
Bog'liq
Smeta Yo\'ldasheva Diyoraxon

2.2. Byudjet tashkilotlarida smetalar ijrosi jarayonining amaldagi
holati va tahlili 
(Toshkent moliya instituti misolida) 
 
Byudjet tashkilotlarining samarali faoliyati ko’p jihatdan uning moliyaviy 
mablag’lar bilan etarli darajada ta’minlanishiga bog’liq. Shu sababdan byudjet 
tashkilotlarida byudjet mablag’laridan oqilona va samarali foydalanish dolzarb 
masalalardan biri sanaladi. Byudjet tashkilotlari byudjet mablag’larining asosiy 
iste’molchisi hisoblanadi. Shu sababdan Davlat byudjeti xarajatlarining asosiy 
ulushi byudjet tashkilotlari hissasiga to’g’ri keladi va bu xarajatlar smeta asosida 
qonunchilikda belgilangan tartibda byudjetdan moliyalashtiriladi. Ushbu holatlar 
normativ hujjatlarda ham o’z aksini topgan bo’lib, “Byudjet tashkiloti va byudjet 
mablag’lari oluvchilarning O’zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti hisobidan 
xarajatlari byudjetdan ajratiladigan mablag’lar doirasida va ularning xarajatlar 
smetalarida ko’rsatilgan maqsadlarda amalga oshiriladi”
13
-deb belgilab qo’yilgan. 
Shuningdek, byudjet tashkiloti qonunchilikka muvofiq byudjetdan tashqari 
mablag’lar yuzasidan tashkil bo’lish manbalari va foydalanish yo’nalishlari 
ko’rsatilgan byudjetdan tashqari mablag’lar bo’yicha ham smeta doirasida 
xarajatlarni amalga oshiradi. Bu borada Rossiya Federatsiyasi byudjet tizimini 
tadqiq qilgan olimlarning ilmiy asarlarini o’rganganimizda ham katta tafovut 
13
“Byudjet tashkilotlari va byudjet mablag’lari oluvchilarning xarajatlar smetasi va shtat jadvallarini tuzish
tasdiqlash va ro’yxatdan o’tkazish tartibi to’g’risidagi” Nizom O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 
2014 yil 15 dekabrda 2634-son bilan ro’yxatdan o’tgan. 


38
mavjud emasligini aniqladik. Jumladan, M.A Ryabova va D.G.Aynullovalarning 
ilmiy asarlarida “Byudjet muassaslari davlatning yuqori turuvchi hamda mahalliy 
moliya organlari tomonidan ijtimoiy-madaniy, ilmiy-texnikaviy va boshqa 
funktsiyalarni bajarishda notijorat xarakterga ega muassasalardir. Ushbu byudjet 
muassasalari faoliyati davlat byudjetidan hamda davlatning byudjetdan tashqari 
mablag’lari 
hisobidan 
daromadalar 
va 
xarajatlar 
smetalari 
asosida 
moliyalashtiriladigan (maktablar, oliy va o’rta ta’lim muassasalari, sog’likni 
saqlash muassasalari, madaniyat va boshqalar) muassasalardir”
14
– deb ta’rif 
keltirilgan.
Byudjet tashkilotlarida smetalar ijrosi bilan bog’liq masalalar byudjet 
qonunchligiga asosan tartibga solinadi. Byudjet tashkilotlari smetasi byudjet va 
byudjetdan tashqari mablag’lar manbaalaridan shakllantirilganligi bois, ushbu 
smetalar ijrosi bilan bog’liq ko’plab munozarali holatlar yuzaga keladi. 
Mamlakatimiz hamda xorijda ko’plab olimlar smetalar ijrosi jarayoni bilan bog’liq 
masalalarga o’zlarining ilmiy ishlarida to’xtalib o’tganlar.
M.X.Saidov “Oliy ta’lim muassasasining xarajatlar smetasi uning faoliyatini 
ta’minlash uchun byudjetdan beriladigan mablag’ni umumiy miqdori, maqsadli 
yo’nalishi va oylar bo’yicha taqsimlanishini belgilanishini tasdiqlovchi hujjat 
hisoblanadi. Mazkur hujjat O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan 
belgilangan namunaviy shaklda tuziladi”
15
-deb o’z qarashlarini bayon etgan. 
Olimlarning byudjet tashkilotlariga aloqador bo’lgan smeta tushunchasiga 
hamda uning byudjet ijrosi jarayonidagi ahamiyatiga bergan ilmiy izoh va 
qarashlarini umumlashtirgan holda Iqtisodiyot fanlari bo’yicha falsafa doktori 
(Ph.D.), 
dotsent 
K.Sh.Ibragimovning 
ilmiy 
talqini 
bo’yicha “Byudjet 
tashkilotlarida nafaqat xarajatlar smetasi tuziladi, balki bir vaqning o’zida 
daromadlar smetasi ham shakllantiriladi. Ushbu jarayonlarni amalga oshirish 
tartibi normativ-huquqiy hujjatlarda belgilab qo’yilgan. Shunday ekan, “Byudjet 
tashkilotlarida daromadlar va xarajatlar smetasi – bu tashkilot (muassasa)ga o’z 
14
Ryabova M.A i drug.Byudjetniy uchet i otchetnost : uchebnoe posobie / – Ulyanovsk : UlGTU, 2010. – 35 st.
15
Saidov M.X., Oliy ta’lim muassasalarini moliyalash.T.: -Moliya, 2002 yil b.-134.


39
xarajatlarini va daromadlarini tegishli normalarga muvofiq moliya yili uchun 
shakllantirish, hamda bu orqali kelgusida maqsadli yo’nalishlarda o’z extiyojlarini 
qanoatlantirish uchun aniq rejaga asoslanib tuzilgan hujjatdir”
16

Byudjet tashkilotlarining xarajatlar smetasi O’zbekiston Respublikasi Davlat 
byudjeti xarajatlarining iqtisodiy tasnifiga muvofiq xarajatlar guruhlari bo’yicha, 4 
guruh xarajatlarining to’liq yoyilmasini va hisob-kitoblarni o’z ichiga olgan 
holdagi ilova bilan birgalikda O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 2014 
yil 15 dekabrda 2634-son bilan ro’yxatga olingan “Byudjet tashkilotlari va byudjet 
mablag’lari oluvchilarning xarajatlar smetasi va shtat jadvallarini tuzish, tasdiqlash 
va ro’yxatdan o’tkazish tartibi to’g’risida”gi Nizomda keltirilgan namunaviy shakl 
asosida tuziladi.
Byudjet tashkilotlarida moliyalashtirishning asosiy manbai bo’lib byudjet 
mablag’lari hisoblanar ekan, byudjet tashkilotlari bo’ysunuvidan kelib chiqib 
xarajatlar smetalari asosida respublika byudjetidan yoki mahalliy byudjetdan 
moliyalashtiriladi. Byudjet mablag’lari bo’yicha xarajatlar smetasi ijrosi hisobi 
ikki ko’rinishda, ya’ni haqiqiy xarajatlar va kassa xarajatlari shaklida yuritiladi. 
Byudjet tashkilotlari byudjetdan tashqari mablag’lar bo’yicha ham 
mablag’lar tushumi, ular doirasida haqiqiy xarajatlar va kassa xarajatlarini aks 
ettirish yuzasidan yuqoridagi kabi 294-shakl xarajtlar guruhlari hamda xarajat 
moddlari bo’yicha oylar kesimida hisob ishlari yuritiladi, xarajat guruhlari va 
moddalari bo’yicha belgilangan rejaning bajarilishi doimiy ravishda kuzatib 
boriladi.
Bugungi kunda oliy ta’lim muassasalarining faoliyati asosan 3 ta 
yo’nalishdagi manba vositasida moliyalashtirilmoqda: byudjet mablag’lari, 
talabalarni o’qitishning to’lov-kontrakt shaklidan tushgan mablag’lar, tadbirkorlik 
hamda innovatsiyalar asosida ishlab topilgan mablag’lar. 
Oliy ta’lim muassasasining xarajatlar smetasi uning faoliyatini ta’minlash 
uchun byudjetdan beriladigan mablag’ni umumiy miqdori, maqsadli yo’nalishi va 
16
Ibragimov K.Sh. “Byudjet tashkilotlarida buxgalteriya hisobi va moliyaviy hisobotni takomillashtirish (Oliy ta’lim tizimi 
misolida)”. Iqtisodiyot fanlari bo’yicha falsafa doktori ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiyasi, 82-bet, (141 
b.).:Toshkent, 2018 yil. 


40
oylar bo’yicha taqsimlanishini belgilanishini tasdiqlovchi hujjat hisoblanadi. 
Mazkur hujjat O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan belgilangan 
namunaviy shaklda tuziladi. 
Xarajatlar smetasi ijrosining haqiqiy xarajat va kassa xarajatlar ko’rinishida 
yuritilishini quyidagicha izohlash mumkin: 

haqiqiy xarajatlar – byudjetdan ajartilgan mablag’lar bo’yicha 
majburiyatlarning aks ettirilishi. Masalan, ish haqi hisoblandi, ish haqiga nisbatan 
yagona ijtimoiy to’lov hisoblandi, foydalanilgan kommunal xizmatlari uchun 
hisob-faktura qabul qilindi va boshqalar; 

kassa xarajatlari – yuzaga kelgan majburiyatlarning to’lovini amalga 
oshirishdir. Xususan, tadqiqot ob’yekti hisoblangan Toshkent moliya instituti 
xarajatlar smetasi ijrosining so’nggi besh yil davomidagi o’zgarish dinamikasi 
tahlil qilindi (2-rasm).

Download 0,74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish