G’aznachilik” fakulteti


-rasm. Ko’chmas mulkni tasniflash2



Download 1,84 Mb.
bet3/14
Sana20.06.2022
Hajmi1,84 Mb.
#681841
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
BBI-50 Rustamova Noizma Kurs ishi

1-rasm. Ko’chmas mulkni tasniflash2
Milliy ko’chmas mulk bozori - bir-biridan sinxron rivojlanishi, narxlar va xavf-xatarlar darajasi, ko’chmas mulkka invеstitsiyalarning samaradorligi va ayniqsa qonunchilik holati, siyosiy va ijtimoiy barkarorligi bilan farqlanib turuvchi mintaqaviy va maxalliy bozorlarning jamuljamligidir. Ko’chmas mulk bozorining o’ziga xosligi shundan iboratki, ko’chmas mulkning o’rtacha xaridori, odatda, ko’chmas mulk obyеktlarini sotib olish yoki ularga invеstitsiya kiritish tajribasiga, shuningdеk bitimlarning haqiqiy narxlari haqidagi ma'lumotga ega bo’lmaydi.
Ko’chmas mulk bozorini tartibga solishning asosiy maqsadlari quyidagilar: 3
-fuqarolarning ko’chmas mulkka bo’lgan konstitutsion huquqlarni va ularga egalik qilish bilan bog’liq majburiyatlarini amalga oshirish;
-ko’chmas mulk bozorida uning barcha ishtirokchilari uchun ma’lum tartib va sharoitlarning va sharoitlarning belgilanishi;
-bozor ishtirokchilarini insofsizlik, tovlamachilik va jinoiy tashkiliotlar hamda jinoyatchilardan himoyalash;
-talab va taklifga muvofiq ravishda ko’chmas mulk obyektlariga bo’lgan bahoning erkin belgilanishini ta’minlash;
-ishlab chiqarish sohasidagi tadbirkorlik faoliyatini rag’batlantiruvchi investitsiyalar uchun sharoitlar yaratish;
-ekologik muhitni sog’lomlashtirish, iqtisodiy o’sishga erishish, ishsizlik darajasini pasytirish, uy-joy muammosini va boshqa jamoat masalalarini hal qilish:
-ko’chmas mulk obyektlari va ko’chmas mulk bozori ishtirokchilarini odilona soliqqa tortish;
-mamlakat va viloyatlardagi uy-joy muammosi uchun qulay sharoitlarni yaratish.
Ko’chmas mulkni tartibga solish tamoyillari:
1. Tadbirlarni taqsimlash - turli xildagi ko’chmas mulk obyektlari (turar joy va noturar joy obyektlari, yer va o’rmon uchastkalari va boshqa obyektlar) munosabatlarini boshqarishga nisbatan maxsus yondashuvlarni qo’llash.
2. Ma’lumotlarning ochiqligi – qaror qabul qilish uchun ko’chmas mulk bozorining barcha ishtirokchilari va obyektlari haqida to’liq va ochiq ma’lumotlardan foydalanish.
3. Qonunchilikning oshkoraligi –qonunlar va boshqa me’yoriy hujjatlar loyihalarini ommaviy muhokama qilish.
4. Raqobatbardoshlik – ko’chmas mulk bozorida xizmatlar sifatini oshirish va qiymatini pasytirish mexanizmi sifatida.
5. Tartibga soluvchi organlar orasida vakolatlarning taqsimlanishi – qonunlar ishlab chiqish va ularni tatbiq etish bitta shaxsda mujassamlashmasligi kerak.
6. Davlat va munisipial mulk bo’lgan ko’chmas mulk obyektlari tegishli regionlar aholisining umumiy egaligi va foydalanishida bo’ladi.
7. Qonun hujjatlari tomonidan belgilangan qoidalar va tadbirlarning oddiy va tushunarliligi, mulkdorlarni himoyalashning ishonchliligi.
8. Uy-joy bozorida tavakkalchilik guruhi fuqarolari – voyaga yetmaganlar, yakka nafaqaxo’rlar, nogironlar va hokazolarni himoyalash bo’yicha qo’shimcha tadbirlarni qo’llash.
9. Ko’chmas mulk bozorini boshqarish vazifalarini davlat organlari va professional ishtirokchilar o’rtasida ratsional taqsimlash.
10. Ko’chmas mulkni boshqarish sohasidagi siyosat hududlarni zonalashtirishning tasdiqlangan chizmalariga muvofiq ravishda yerlardan samarali foydalanishni va olib borilayotgan ijtiomoiy siyosatga muvofiq tarzda yer to’lovlari bo’yicha imtiyozlarni berishdan budjetdan manzilli kompensatsion to’lovlarga asta-sekin o’tish bilan soliqqa tortishda faqatgina manzilli va asoslangan imtiyozlar berishni ta’minlashi zarur.
11. Aholi manfaatlarini ko’zlagan holda ko’chmas mulk obyektlariga egalik qilish, foydalanish, va tasarruf etish tartibini belgilovchi qonun va boshqa me’yoriy hujjatlarni davlatning vakolatli organlari qabul qiladi.
12. Amaldagi qonunchilikka asoslangan ravishda ijro etuvchi organlari davlat ko’chmas mulkini tasarruf etishni amalga oshiradi.
13. Davlat va munisipial ko’chmas mulk obyektlarini xususiylashtirish va nodavlat obyektlarga huquqlarni badalli ravishda o’tkazish invertizatsiya qiymati bo’yicha emas, balki bozor qiymati bo’yicha amalga oshirilishi kerak.
14. Ko’chmas mulk obyektlaridan, jumladan, ular bilan amalga oshiriladigan bitimlardan undiriladigan soliqlar va soliqsiz to’lovlar belgilangan me’yorlariga muvofiq ravishda bo’linadi.
15. Ko’chmas mulk bozorini tartibga solishning turli ko’chmas mulk obyektlariga bo’lgan huquqlarni tartibga soluvchi jahon tajribasini hisobga olgan holda o’z tarixi va an’analariga ega bo’lgan, o’zbekcha tizimini qo’llash.
Ko‘chmas mulk bozorining aniq segmentlari mulkdan foydalanish, joylashuv, keladigan daromad potensiali, ijarachilarning odatiy xarakteristikalari, investitsion motivasiya va ko‘chmas mulkni almashtirish jarayonida tan olingan boshqa belgilar bilan ifodalanadi. O‘z o‘rnida, ko‘chmas mulk bozorlari turli ijtimoiy, iqtisodiy, davlat va iqtisodiy xarakterlarni ko‘rsatadi.
Ko‘chmas mulk bozori segmentlarining tadqiqoti, ko‘chmas mulk bozorining umumiy shartlariga taalluqli joylashuv, raqobat, shu bilan birga, talab va taklif kabi parametrlar bo‘yicha o‘tkaziladi.
1. Turar-joy ko‘chmas mulki (ko‘p kvartirali, bir oilali uylar, kvartiralar va xonalar).
2. Tijorat ko‘chmas mulki (idora, savdo, sanoat-ishlab chiqarish, ombor binolari, mehmonxonalar, restoranlar).
3. Sanoat ko‘chmas mulki (sanoat shirkati, binolar).
4. Qurilishi tugallanmagan turli maqsadlardagi yer uchastkalari (shahar yerlari, qishloq xo‘jalik va ov yerlari, qo‘riqxonalar,foydali qazilmalarni qidirish zonalari).
5. Maxsus maqsadlardagi ko‘chmas mulk (konstruktiv ifodasi bo‘yicha chegaraviy foydalanishga ega obyektlar (masalan, cherkov, aeroport, qamoqxona va boshqalar).
Ko’chmas mulk bozorining tuzilmasi 2-rasmda keltirilgan bo’lib, unda: S-ko’chmas mulk sotuvchisi, H- ko’chmas mulk haridori, R- rieyeltorlar ko’chmas mulk bozorining professional ishtirokchisi, A- auksion, NR- nodavlat regulyativ tashkilotlar, DR- davlat regulyatori. Mazkur modelda har bir ishtirokchi bir-biri bilan uzviy bog’liq. Chunki, ko’chmas mulk bozori modeli boshqa bozorlarga nisbatan qisqartirilgan modeldir. Bu esa boshqa turdagi mulk bozorlari uchun ixtisoslashgan model sifatida qaraladi.



s



A

H

R






NR

DR





Download 1,84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish