O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI “Byudjet hisobi va g’aznachilik”fakulteti “Baholash ishi va investitsiyalar” kafedrasi “BAHOLASH ISHI” fanidan KURS ISHI Mavzu: O’zbekiston ko’chmas mulk bozori: rivojlanish tendentsiyalari va muammolari
Bajardi: “Budjet hisobi va g’aznachilik” fakulteti, BBI-50 guruhi talabasi Rustamova Nozima Tekshirdi: Xoshimov S.
RO‘YXATGA OLINDI
“____” _______2021 y.
__________________
RO‘YXATGA OLINDI
“____” _______2021 y.
__________________
Kurs ishi taqrizga topshirilgan sana
“____” _______2021 y.
Kurs ishi himoya qilingan sana
“____” _______2021 y.
Baho “_____” _________
___________
(imzo)
____________
(imzo)
___________
(imzo)
Komissiya a’zolari:
__________________
__________________
__________________
TOSHKENT 2022
O’zbekiston ko’chmas mulk bozori: rivojlanish tendentsiyalari va muammolari REJA: KIRISH…………………………………………………………………………….3 1. Ko’chmas mulk bozorining nazariy asoslari va uni iqtisodiyot bilan bog’liqlikda o’rganishining zarurati…………………………………………………………..….5
2. Ko’chmas mulk bozorining iqtisodiyotdagi o’rni, ahamiyati va rolini tahlil qilish usullari…………………………………………………………………………….19
3.Ko’chmas mulk bozorini rivojlanishida xorij tajribasi………………………….28
4.Ko’chmas mulk bozorini rivojlanishidagi muommolar…………………………34
XULOSA………………………………………………………………………....39 FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR………………………………………..40
KIRISH Kurs ishi mavzusining dolzarbligi. Ko’chmas mulk bozorining iqtisodiyotdagi o’rni, ahamiyati va rolining mazmun-mohiyati hozirgi kundagi sharoitda to’liqligicha ochib berilmagan, unga oid nazariy qarashlar va bilimlar o’rganilib mukammal darajada tizimlashtirilmagan, tegishli xulosalar shakllantirilmagan. Zero, mamlakatimizda olib borilayotgan iqtisodiy islohotlar ko’chmas mulk bozoriga o’z ta’sirini ko’rsatishi ushbu masalalarni kengroq va chuqurroq o’rganishni taqazo etadi.
Rеspublikamizda shakllantirilib kеlayotgan ko’chmas mulk bozorida hamda ko’chmas mulk obyektlari ishtirok etadigan barcha iqtisodiy jarayonlarda obyektlarni baholash va rieltorlik bilan bog’liq faoliyatni tashkil etish va uni respublikamizda iqtisodiyotning turli sohalari xususiyatidan kelib chiqqan holda takomillashtirish hozirgi kunning o’ta dolzarb masalalaridan biriga aylanmoqda. Shu sababli, jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi jahondagi ko’plab rivojlangan mamlakatar iqtisodiyotiga sezilarli zarar yetkazayotgan, hamda ko’chmas mulk bozorida murakkab va o’zgaruvchan sharoitni yuzaga keltirib turgan hozirgi kunda O’zbekiston sharoitida ko’chmas mulk qiymatini baholashning uslubiy asoslarini o’rganish, baholash va rieltorlik faoliyatlari bilan bog’liq jarayonlarni takomillashtirish respublikamizda erkin bozor infrastrukturasini rivojlantirishda o’ta dolzarb muammo hisoblanadi.
Jumladan, ko’chmas mulk bozorida rieltorlik faoliyati xizmat turlarini amalga oshirish huquqi bеrilgan, litsеnziyaga ega rieltorlik tashkilotlar soni jami 246 tani tashkil etadi. Shundan, 26 ta litsеnziya bеkor qilingan. Amalda 220 ta litsеnziya mavjud.
Bundan tashqari yil sayin ko’chmas mulk bozorining hajmi yildan-yilga kengayib bormoqda, ya’ni ko’chmas mulkka bo’lgan talab ortib bormoqda. Natijada, ko’chmas mulk bozorini o’rganish dolzarb masalaga aylanmoqda.