Toshkent arxitektura-qurilish instituti bino va inshootlar fakulteti 13-19 guruh talabasi Haydarov Sardorning “Qurilish Ekologiyasi” fanidan tayyorlagan mustaqil ishi
Toshkent arxitektura-qurilish instituti qurilishni boshqarish akulteti 31-19 guruh talabasi Mahammadjonov Akbaralining “Ko’chmas mulk iqtisodiyoti” fanidan tayyorlagan MUSTAQIL ISHI
Mavzu: Ko’chmas mulk bozori moxiyati va infratuzilmasi
Ko’chmas mulk bozori- bu barcha ko’chmas mulk sotuvchilari va xaridorlarining ayni vaqtda mavjud bo’lgan barcha talab va takliflari orasidagi o’zaro bog’liqlik yuzaga keladigan va ko’chmas mulk bilan bog’liq barcha joriy operatsiyalar yig’indisi amalga oshiriladigan iqtisodiy – xuquqiy hudud.
Ko’chmas mulk bozori- bu barcha ko’chmas mulk sotuvchilari va xaridorlarining ayni vaqtda mavjud bo’lgan barcha talab va takliflari orasidagi o’zaro bog’liqlik yuzaga keladigan va ko’chmas mulk bilan bog’liq barcha joriy operatsiyalar yig’indisi amalga oshiriladigan iqtisodiy – xuquqiy hudud.
Ko’chmas mulk bozori o’zida ko’chmas mulk obektlariga kapital kiritish soxasi va ko’chmas mulk bilan bog’liq operatsiyalarda iqtisodiy munosabatlar tizimini aks ettiradi. Bu munosabatlar investorlar o’rtasida ko’chmas mulkni oldi- sotdi jarayonida, ipoteka, ko’chmas mulk obektlarini ijaraga berish jarayonlarida yuzaga keladi.
Ko’chmas mulk bozori maxalliy bo’ladi, chunki uning obektlari ko’chmas, betakror bo’lib, ularning qiymati ko’proq darajada tashqi atrof muhitga bog’liq bo’ladi va segmentlarga bo’lingan, chunki turli foydalanuvchilar turli extiyojlari, turli to’lov layoqati va talablariga ega bo’ladi.
Ko’chmas mulk bozorining subektlari amalga oshiradigan tadbirkorlik va tijorat faoliyati nuqtai nazaridan, u o’z afzalliklari va nuqsonlariga ega.
Ko’chmas mulk bozorini o’ziga xosligi shundan iboratki, ko’chmas mulkning o’rtacha xaridori, odatda, ko’chmas mulk obektlarini sotib olish yoki ularga investitsiya kiritish tajribasiga, shuningdek bitimlarni xaqiqiy narxlari xaqdagi malumotga ega bo’lmaydi.
Nisbatan kam sotishlar, bitimlarning nominal qiymatlari xaqida xaqqoniy malumot yo’qligi, ko’chma mulk obektlarining Tovar sifatida bir xil vaqtda, bir xil turda bo’lmasligi va xatto betarorligi tufayli ko’chmas mulk bozorida talab va taklifning ananaviy uzluksiz egri chiziqlarini shakllantirish uchun sharoit yo’q, degan xulosaga kelish mumkin.
Ko’chmas mulk bozorining infratuzilmasi ko’chmas mulk obektlarining foydali xususiyatlari yaratilishiga va istemoliga, ularning bozor muxitida taqsimotiga tasir ko’rsatuvchi yordamchi, texnologik, tashkiliy, iqtisodiy va boshqa xil jarayonlardan iborat. Infratuzilmaviy xususiyatlar egasi esa – infratuzilmaviy baza, yani ko’chmas mulk bozorining ishtirokchilari kasbiy va institutsional ishtirokchilarining jamuljamligidir.
Ko’chmas mulk bozorining infratuzilmasi Infratuzilmaning darajalari turlicha
XALQ XO’JALIGI – MAKRODARAJA (DALAT ko’chmas mulk bozorining darajasi)
Mintaqaviy (aloxida mintaqaning ko’chmas mulk bozori)
Maxalliy (ko’chmas mulk bozorining aloxida soxasi)
Obekt (aloxida ko’chmas mulk obekti)
Ko’chmas mulk bozorining infratuzilmasi shakllanishi jarayonida 4 ta yondashuv ajralib chiqqan
Muxandislik – texnologik (kasbiy ish yurituvchilar nuqtai nazaidan)
Transaksion (psixologik xulq yondashuvi)
Bozor va makrobozor – bozor iqtisodiyoti nazariyasi mutaxasislarining nuqtai nazaridan turib qaraladi
Ijtimoiy (ijtimoiy arboblar nuqtai nazaridan)
Muxandislik – texnologik yondashuv nuqtai nazaridan ko’chmas mulk bozorining infratuzilmasi – bu ko’chmas mulk obektlari xaqidagi xaqqoniy axborotni istemolchilarning turli toifalari o’rtasida taqsimlanish maqsadidagi kasbiy faoliyat mexanizmlari to’plamidir.
Ko’chmas mulk bozorining infratuzilmasi transaksion yondashuv nuqtai nazaridan kelib chiqqanda – ko’chmas mulk bozori ishtirokchilarining ularga zarur resurslardan eng kam xarajatli foydalanish uchun mexanizmlar to’plamidir.
Metodolgik yondashuv nuqtai nazaridan ko’chmas mulk bozorining infratuzilmasi – iqtisodiy tizim sifatida ko’chmas mulk obektlarining foydali xususiyatlarini yaratilishi va istemol jarayonlarining amalga oshuvidagi tub asosiy bozor tamoyillarini qo’llab quvvatlaydigan va unga ajratilgan vazifalar doirasini samarali xal etishni taminlaydigan mexanizmlar yo’plami
Ijtimoiy yondashuv nuqtai nazaridan ko’chmas mulk bozorining infratuzilmasi – bu ko’chmas mulk obektlarining foydali xususiyatlarini yaratilishi va istemoli bilan bog’liq bo’lgan ijtimoiy vazifalarni samarali xal etish mexanizmlarining to’plami.
E’TIBORINGIZ UCHUN RAXMAT