Qonda gazlarning tashilishi :
Quyidagicha tashiladi:
O2- 1,5 % erkin, 98,5 % gemoglabinga bog’langan holda
CO2 - 10% erkin, 30% gemoglabinga birikkan holda ,60% Bikorbanatlar ko’rinishida tashiladi.
O2 ning tashilishi Muhim ko’rsatkichlardan biri gemoglabinning O 2 ga to’yinishi bo’lib, 1 gr gemoglabin 1,36 sm kub O2 tashiydi. 100 ml qon 16-17 gr gemoglabin tutsa , u 18-20 ml gacha O2 ni olib keladi.
CO2 ning tashilishi- korbanat angidritning eruvchanligiga bog’liq bo’lib , uning tashilishida muhim ahamiyatga ega .
To’qimada gaz almashinuvi
To’qimada CO2 par.bos.- 60 mm.sim.ust, O2 ning par.bos. Nolga yaqin bo’ladi. To’qmida gaz almashinuvi uning ish faoliyatiga , qon tomirlar bilan qanchalik ta’minlanganligiga bog’liq bo’ladi. To’qimaga berilgan kislorod - kislorodning utilizatsiya koeffisiyenti deyiladi. Bu ko’rsatkich tinchlik davrida 40%, ish vaqtida 60% ga teng bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |