Irritant retseptorlar - nafas yo’llarining shilliq qavatida joylashgan bo’lib , uning ta’sirlanishini asosan, chekish, kislorod bo’lmagan gazlar va boshqa ko’p sonli omillar keltirib chiqaradi. Irritant retseptorlar qo’zg’alishi ko’p sonli reflekslarning kelib chiqishiga sabab bo’ladi:
- Yo’tal refleksi;
- Aksirish refleksi;
- Gering - Breuer defliyatsiya refleksi - bu esnash va uyqisrash refleksi bo’lib, alveola faoliyati buzilganda, ya’ni ular charchaganida yuzaga keladi. Esnash bizga charchagan alveolalarni aktivlanishiga yordam beradi.
- Taxipnoe va bronxokonstruksiya refleksi- asmatik kasalliklarda gistamin ta’sirida bronxlar siqilishi ko’riladi, natijada nafas soni ortadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |