Gaz taqsimlash mexanizmi


Qishloq xo‘jalik mashinalari fanining rivojlanish tarixi



Download 229,5 Kb.
bet2/4
Sana23.07.2022
Hajmi229,5 Kb.
#843386
1   2   3   4
Bog'liq
GAZ TAQSIMLASH MEXANIZMI

Qishloq xo‘jalik mashinalari fanining rivojlanish tarixi.
Dehqonchilik qadimiy kasb bo‘lib, u bilan bog‘liq bo‘lgan qurollar ko‘p asrlik rivojlanish va takomillashish tarixiga ega. Ammo qishloq x o‘jalik mashinasi va qurollari to‘g‘risidagi fan nisbatan yaqinda paydo b o‘ldi. Bu ilmiy fanning yuzaga kelishi va rivojlanishi mashhur rus olimi akademik Vasiliy Proxorovich Goryachkin (1868-1935 yil) nomi bilan bog‘langan. V.P. Goryachkinga qadar qishloq xo‘jaligi mashinalari to‘g‘risidagi fan yarim hunarmandchilik zavodlaridan chiqariladigan mashinalarning tuzilishi va konstruktsiyasining o‘ziga xos xususiyatlarini o‘rganishdan iborat bo‘lgan.
Akademik V.P.Goryachkinning asarlari hozirgacha o‘zining ulkan ahamiyatini yo‘qotgani y o‘q. V.P.Goryachkinning klassik asarlari, uning davomchilari akademiklar I.I.Artobolevskiy, V.A. Jeligovskiy, N.D.Luchinskiy,
I.F.Vasilenko, P.M.Vasilenko, A.N.Karpenko, M.V.Sablikov, G.YE.Listopad, professorlar A.N.Gudkov, N.I.Klenin, V.A.Sakun va boshqalarning ilmiy ishlari tufayli qishloq xo‘jalik mashinalari bo‘yicha mantiqiy fan yuzaga keldi. Bu fanning rivojlanishiga O‘zbekiston olimlari ham o‘z hissalarini qo‘shdi. Ular qatoriga akademiklar M.V.Sablikov, G.M.Rudakov, A.X.Xajiyev, A.D.Glushenko, R.M.Matchanov, professorlar M.S.G‘aniyev, R.I.Baymetov, A.S.Sadriddinov, A.A.Rizayev, M.T.Tashboltayev, N.X.Kulametov, A.Tuxtaqo‘ziyev, M.Murodov, I.T.Ergashev va boshqalarni kiritish mumkin. Bir qator qishloq xo‘jaligi mashinalari: ikki yarusli pluglar, paxta terish, chekanka qilish, g‘o‘zapoya yig‘ish va ko‘sak terish mashinalari, pushtaolgich, paxta tozalagich, paxta seyalkalari, kultivatorlar va boshqa mashinalar respublikamiz olimlari va konstruktorlari tomonidan yaratilgan.
Shu nuqtai nazardan agrosanoat korxonalari uchun qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash yo‘nalishi bo‘yicha yuqori malakali bakalavr kadrlarni tayyorlashga e’tibor kuchaymoqda. Bakalavrlarni qishloq x o‘jaligi ishlab chiqarishi jarayonlarini kompleks mexanizatsiyalash bo‘yicha amaliy vazifalarni yechishda tutgan o‘rni o‘ta muhim.
Fanning vazifasi. Qishloq xo‘jaligida muhandislik-texnik xizmatni va mashinalardan samarali foydalanishni to‘g‘ri va maqbul tashkil qilish uchun bakalavrlarga qishloq xo‘jaligi mashinalari konstruktsiyasi va ish jarayonlari nazariyasi bo‘yicha chuqur bilim, ishlov beriladigan materialni o‘zgarib turadigan xossalari va holatiga bog‘liq ravishda bu mashinalarni optimal ish tartibiga sozlash bo‘yicha mahorat kerak. Shuning uchun «Qishloq xo‘jalik mashinalari» fanining vazifasi qishloq xo‘jaligi mashinalarining tuzilishi va ish jarayonlari hamda ularni nazariyasi va texnologik hisoblari bo‘yicha kerakli ma’lumotlarni berishdan iborat. Mashinalarni takomillashishi tufayli rusumlarini tez o‘zgarib turishi, ammo ularning ta’sir prinsiplari ko‘p yillar davomida jiddiy o‘zgarishlarsiz qolishini hisobga olgan holda darslikda rusumlar bo‘yicha mashinalarning konstruktsiyasini tavsifi keltirilmagan va asosan eng istiqbollilarining tayanch modellari keltirilib, ular texnologik jarayonlari bo‘yicha tartibga solingan. Ushbu fanni bakalavrlar o‘rganishi uchun ularga agronomiya asoslari, tuproqshunoslik, chizma geometriya, nazariy mexanika, mexanizm va mashinalar nazariyasi, materiallar qarshiligi, mashina detallari, metallar texnologiyasi kabi fanlardan bilim talab qilinadi.

Gaz taqsimlash mexanizmi- silindrlarga havoni (dizellarda) yoki yonuvchan aralashmani (karburatorli va gazli dvigatellarda) kiritishni hamda ishlatilgan gazlarni chiqarishni o’z vaqtida amalga oshirish uchun mo’ljallangan. Gaz taqsimlash mexanizmi klapanlarining yuqorida (silindrlar kallagida) va pastda (silindrlar blokida) joylashgan turlari bo’ladi. Zamonaviy avtomobil dvigatellarida klapanlari yuqorida joylashgan gaz taqsimlash mexanizmi ishlatiladi. Klapanlarning bunday joylashuvi bejirim yonish kamerasi olishga, silindrlarni yonuvchan aralashma bilan yaxshi to’ldirishga va issiqlik tirqishlarini sozlashni yengillashtirishga imkoniyat yaratadi.


Klapanlari yuqorida joylashgan gaz taqsimlash mexanizmi. Quyidagi chizmada ZIL-130 dvigatelining gaz taqsimlash mexanizmi ko’rsatilgan. Taqsimlash vali aylanganda uning mushtchalari (6,7), turtgichlar (20), shtangalar (19) va koromislo (14) orqali klapanlarga kuch yuboriladi, natijada prujinalar (12) siqilib klapanlar ochiladi. Klapanlarning yopilishi siqilgan prujinalar hisobiga amalga oshiriladi. Ikkala silindrlar qatori uchun umumiy bo’lgan taqsimlash valida, shuningdek, uzgich-taqsimlagich va moy nasosi yuritmalarining shesternasi hamda yonilg’I haydovchi nasos yuritmalarining ekssentrigi joylashtirilgan. Taqsimlash vali silindrlar blokida joylashgan bo’lib, shesterna (1) orqali tirsakli valdan harakat oladi. Uning aylanishlar chastotasi tirsakli valning aylanishlar chastotasidan ikki marta kichik bo’lishi lozim.

Taqsimlash valining o’q bo’ylab siljishini cheklash uchun shesterna (1) va oldingi tayanch bo’yni (4) orasiga tirgak halqa (3) qo’yiladi. U tayanch flanes (2) va shesterna orasidagi tirqishni (0,1-0,2 mm) ta’minlaydi.


V AZ va “Moskvich” avtomobillarining zamonaviy, aylanishlar soni yuqori bo’lgan dvigatellarida taqsimlash vali silindrlar blokining kallagiga o’rnatilgan. Bu o’z navbatida mushtchalar va klapanlar orasidagi kinematik bog’lanishlarni ancha soddalashtiradi.
12-rasm. Taqsimlash valining yuqorida joylashgan gaz taqsimlash mexanizmi yuritmasi:
a-zanjirli; b-tishi bor tasmali; 1-tirsakli val, 2-yetaklovchi tishli g’ildirak; 3- zanjir; 4-boshmoq; 5-tortish moslamasi; 6-yetaklovchi tishli g’ildirak; 7-taqsimlash vali; 8-klapan yuritmasi richagi; 9-klapanlar; 10-rostlash boltining vtulkasi; 11-rostlash bolti; 12-zanjir tinchlantirgichi; 13-moy nasosi va uzgich-taqsimlagich yuritmalarining tishli g’ildiragi; 14,16,17-tishli shkivlar, 15-tishli tasma; 18-bolt.

Taqsimlash valining bunday joylashuvi yuqorigi joylashuv deb ataladi va bu vaziyat silindrlar blokini soddalashtirish hamda gaz taqsimlash mexanizmining ishlagan paytdagi shovqinlarni kamaytirish imkoniyatini beradi. Yuqorida joylashgan taqsimlash vali zanjir yoki tishli tasma vositasida harakatga keltiriladi. Masalan, VAZ-2101 “Jiguli” avtomobili dvigatelida cho’yandan tayyorlangan taqsimlash vali (7) beshta tayanchda joylashgan, ularning aluminiyli korpusini shpilkalarga o’rnatib, silindrlar kallagiga, yuqoridan gaykalar bilan qotirib qo’yiladi.


Taqsimlash vali aylanganda, uning mushtchalari bevosita richaglarga (8) ta’sir etadi. Bir tomoni bilan qo’zg’almas rostlash boltining (11) sferik kallagiga tayanib turgan richag, ikkinchi tomoni bilan klapanni yuqori tomonidan bosadi va natijada klapan ochiladi. Rostlash bolti silindrlar kallagining vtulkasiga (10) burab kiritilgan bo’lib, kontrgaykalar bilan qonirib qo’yiladi. Klapanlar siqilgan ikkita prujina hisobiga yopiladi. Aylanma harakat, tirsakli valdan (1) taqsimlash valiga vtulka-rolikli zanjir (3) orqali uzatiladi. Xuddi shu zanjir bilan moy nasosi va uzgich-taqsimlagich yuritmalarining yetaklovchi tishli g’ildarakchasi ham aylantiriladi. Zanjirning tebranishlarini kamaytirish uchun dvigatelning old tomoniga mahkamlangan tinchlantirgich (12) xizmat qiladi. Vaqti-vaqti bilan zanjirni tortib turish uchun boshmoqli (4) rostlash moslamasi (5) o’rnatilgan.
VAZ-2105 avtomobilining dvigatelida taqsimlash vali tishli tasma yordamida aylantiriladi. Shuning uchun tisakli va taqsimlash vallariga, maxsus shaklli tashqi tishlari bo’lgan shkivlar (14,16) o’rnatilgan, ularni ichki tomonida tishlari bo’lgan tasma (15) qamrab turadi. Moy nasosining tishli shkivi (17)ni ham xuddi shu tasma qamrab turadi. Tasma maxsus rezinadan tayyorlanib, shisha kordli shnur bilan mustahkamlangan. Uning tishli sirti esa maxsus elastik material bilan qoplangan.
Yuritma konstruksiyasida tortish moslamasi nazarda tutilgan bo’lib, u moslamani tashqi sirtidan prujina yordamida bosib turuvchi, buriladigan plastinaga o’rnatilgan silliq rolikdan iborat. Tasmani normal holatda tortish uchun plastinaning ariqchasimon teshigidan o’tkazib qotirilgan boltni (18) bo’shatish kifoya. Chunki prujina va plastinani rolik (5) bilan birga o’ziga tortib, tasmani taranglaydi. Shundan so’ng bolt qotirib qo’yiladi.
Taqsimlash vali yuritmasining barcha qismi moylashga muhtoj emas. Chang va kirlardan yengil plastmassa qopqoq yordamida himoya qilingan. Bunday yuritmalar zanjirli yuritmalarga qaraganda, metallarni tejash va gaz taqsimlash mexanizmining shovqinini pasaytirish imkonini beradi.
Hozirgi paytda chet ellarda yengil avtomobillar dvigatellarida har bir silindr uchun to’rttadan klapan qollanilmoqda. Ikkita chiqaruvchi klapanlar silindrni ishlatilgan gazlardan yaxshi tozalashni ta’minlasa, ikkita kirituvchi klapanlar esa yaxshi to’ldirioshni ta’minlaydi. Natijada litrli quvvat 10-20 foizga ko’payadi.

Download 229,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish