Materiallar qarshiligi fani. Asosiy tushunchalar.Guk qonuni
Materiallar qarshiligi - inshootlar elementlari va mashinalar detallarining mustahkamligi va deformatsiyalanuvchanligi (ishlov berishga moyilligi) ni, ularni tayyorlashda foidalaniladigan materiallarning fizikmexanik xossalari va tuzilishiga xos xususiyatlarni oʻrganuvchi fan. Asosiy vazifasi — elementlar va detallarga statik va dinamik kuchlar (nagruzkalar) taʼsir etganda ularni mustahkamlik, bikrlik (qattiklik), us-tuvorlik va tebranishlarga hisoblash usullarini ishlab chiqish. Asosiy oʻrganish obʼyektlari — nazariy va amaliy usullarda tadqiq qilinadigan sterjen va plastinalar (elementlar va detallar sterjen hamda plastinalardan tayyorlanadi). Materiallar qarshiligining nazariy qismi nazariy mexanika qonunlariga, jismlarning qayishqoq deforma-siyalanishi (shaklining oʻzgarishi, ezilishi va boshqalar) nazariyasiga asoslanadi. Amaliy qismi turlituman sinovlar, fizika va materialshunoslik krnunlariga asoslanadi. Materiallar qarshiligi fani ishlab chiqqan usullar, [[meʼyorlar va tavsiyalardan muxandislik amaliyotida elementlar va detallardagi eng katta zoʻriqishlar va siljishlarni aniqlash hamda ularni inshootlar va mashinalardan foydalanish uchun xavfsiz boʻlgan meʼyoriy qiymatlar va standartlar bilan taqqoslash maqsadida foydalaniladi]]. Eksperimental tadqiqotlarda maxsus sinov mashinalari va oʻlchash asboblari koʻllaniladi. Tadqiqotlar natijalari boʻyicha maqsadli "kuchlanish — deformatsiya" diagrammalari tuziladi, materialning mustahkamlik, oquvchanlik chegaralari va qayishqoqlik koʻrsatkichlari belgilanadi. Bular hisoblanayotgan element yoki detalning eng zoʻriqqan joylarini, deformatsiyalanadigan va siljiydigan sohalarini aniqlashga imkon beradi. Loyihalash yoki tekshirish mobaynida maqsadli diagrammalar yordamida zoʻriqishlar va deformatsiyalarning hisobiy qiymatlarini standartlarda yoʻl qoʻyiladigan qiymatlarga taqqoslab, element yoki detalning oʻlchamlari va shakli anikdanadi. Materiallar qarshiligi fanining nazariy xulosalari va amaliy natijalari insho-otlarning ustuvorligi va zilzilabardoshligini taʼminlashda, mashina va mexanizmlarning xizmat muddatini uzaytirishda, kiyim-kechaklarning pishikligini oshirish va sifatini yaxshilashda, ayniqsa, aviatsiya va kosmanavtikada juda muhim ahamiyat kasb etadi.
Inshootlarning elementlari va mashinalarning detallarini hisoblashning empirik (oddiy) qoidalari oʻrniga taxliliy (analitik) usullarini qoʻllash zaruriyatini G. Galiley asoslab bergan. Materiallar qarshiligi fani rivojiga D. Bernulli, R. Guk, Sh. O. Kulon, L. Eyler, A. N. Dinnik, M. V. Ostrogradskiy va boshqa, oʻzbek olimlaridan X. A. Raxmatullin, M. T. Oʻrozboyev, M. A. Hojinova, H. H. Usmonxoʻjayev, T. Rashidov va boshqa katta hissa qoʻshishgan. Oʻzbekistonda Materiallar qarshiligi mu-ammolari bilan Oʻzbekiston FA Mexanika va inshootlarning seysmik mustahkamligi instituti, Toshkent texnika unti, Oʻzbekiston milliy unti, Toshkent arxitektura va qurilish instituti, Toshkent yengil sanoat va toʻqimachilik instituti va boshqa ilmiy muassasalar shugʻullanadi.
Prujina nima?
Prujina bu kuch taʼsirida deformatsiyaga uchraydigan va kuch taʼsiri toʻxtagandan soʻng oʻz shaklini tiklaydigan jism.
Prujinaning juda koʻp turlari mavjud, bulardan sodda metall oʻram shaklidagi prujina hammaga tanish boʻlsa kerak. Prujinalar oʻrtacha murakkablikdagi barcha mexanik qurilmalarning kerakli qismidir - sharikli ruchkalardan tortib poyga mashinalarining motoriga qadar.
Prujina shaklida uni prujinaga aylantiradigan hech qanday moʻjiza yoʻq. 'Prujinalik' xususiyati yoxud elastiklik prujina yasalgan simning fundamental xususiyati. Tekis uzun metall ham prujina kabi choʻzilish yoki buralishga qarshi taʼsir koʻrsatadi. Simni eritib prujina holiga keltirish shunchaki bizga kamroq hajmda uning xususiyatlaridan foydalanish imkonini beradi. Bu mexanik qurilmalarni yasashda ancha qoʻl keladi.
[Batafsilroq tushuntiring]
Do'stlaringiz bilan baham: |