Uyushgan bo‘laklar biriktiruv bog‘lovchisi bo‘lgan va, hamda, bog‘lovchi vazifasidagi bilan yordamida bog‘langanida ular ko‘pincha takrorlanib keladi.
Adol bilan o‘yinchi Sora;
Asal bilan quvnoq Ruxsora...
!!! Bunday vaqtda uyushgan bo‘laklar orqali shaxs, predmetlarning guruh-guruh ekani ifodalanadi.
Ana shunday ma’no ifodalanganida va, hamda, bilan bog‘lovchilari bir-biri bilan erkin almashinib keladi. Va, hamda, bilan bog‘lovchilari ikkidan ortiq uyushgan bo‘laklar tarkibida bir marta qo‘llansa, uyushiq bo‘laklarning oxirgi juftligi orasida keladi va sanashning tugallanganini bildiradi: Bog‘imizda o‘rik, shaftoli, gilos va olmalar bor.
Uyushgan bo‘laklar ikki a’zodan iborat bo‘lib, biriktiruv munosabatini bildirsa, bu a’zolar o‘rtasida va, bilan,
-u (-yu) bog‘lovchilari ishlatiladi.
Taqqoslang:
Bir sevgikim, jon berur tanga,
Faqat Zaynab-u Omonlarga xos.
Bu yerda Zaynab-u Omonni Zaynab va Omon, Zaynab bilan Omon deb ishlatish ham mumkin.
Uyushiq bo‘laklar otlar bilan ifodalanganida va, hamda, bilan o‘zaro almashinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |