Undalmalar uyushib kelishi ham mumkin. Masalan, Muhtaram otalar, onalar, kelinlar, singillar, sizga shu haqda murojaat qilamiz.
Undalmalarning uslubiyati
Undalmalar tinglovchining diqqatini kuchliroq jalb etish, emotsionallikni ta’minlash, hayron qolish ma’nosini ifodalash uchun ko‘pincha ey, hoy, voy kabi undovlar bilan birgalikda keladi. Bunday undovlar ko‘pincha undalma oldidan qo‘llaniladi. Masalan, Hoy o‘rtoqjon. quloq soling so‘zimga.
Ba’zan undalmadan so‘ng ey, ho, ov, -u (-yu) kabi undovlar ham ishlatiladi: Karimion-u (ov, ey, ho), bu yoqqa keling. Bu vaqtda undalma orqali ifodalangan shaxs yoki predmet so‘zlovchidan uzoq masofada ekani ifoda- lanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |