Gapning uyushiq bo‘laklari haqida ma’lumot Bir umumiy bo‘lakka tobe bog‘lanuvchi, bir XIL sintaktik vazifa bajaradigan, o‘zaro teng bog‘lovchilar va sanash ohangi yordamida bog‘langan


Kirish so‘zlarning uslubiy xususiyatlari



Download 73,09 Kb.
bet19/23
Sana01.08.2021
Hajmi73,09 Kb.
#134752
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23
Bog'liq
Uyushiq va ajratilgan bo'laklar

Kirish so‘zlarning uslubiy xususiyatlari

Kiritmalar ham uslubiy xoslanish xususiyatiga ega. Shuning uchun so‘zlovchi o‘zi qo‘llayotgan nutq uslubiga muvofiq keladiganini qo‘llaydi. Masalan, shaksiz, shubhasiz, darhaqiqat, demak, fikri ojizimcha, avvalambor kabi kirish so‘zlar uslubiy xoslangan so‘zlardir. Ulardan shaksiz, shubhasiz, darhaqiqat, demak, avvalambor, fikri ojizimcha so‘zlari kitobiy uslubga xos. Kitobiy uslubga xos bu so‘zlar o‘z ichida ichki xoslanishga ega: shaksiz, fikri ojizimcha badiiy uslubga xos; bayon qilinishicha publitsistik uslubga xos. Shuning uchun har qaysi kirish so‘zni o‘z o‘rnida ishlatish madaniy nutq belgisi sanaladi.



Kiritma gaplar

Nutq jaryonida so‘zlovchi muayyan tushuncha yoki fikrga qo‘shimcha ma’lumot bergisi keladi. Ana shu qo‘shimcha ma’lumot ifodalovchi qism boshqa bo‘laklardan to‘xtam va pastroq ohang bilan talaffuz qilinadi. Ana shu qo‘shimcha ma’lumotlar kiritma gap deyiladi. Kiritma gaplar so‘zlovchi bir fikrni ifodalayotgan paytda shu fikrga oid izoh, qo‘shimcha axborot berish ehtiyoji bilan qo‘llanadi. Masalan, Uni tanishsa kerak (Farg‘onada bir-birini tanimaydigan odam kam), bir bola kosada yaxna choy olib chiqdi. (O‘.Umarbekov) Bu gapdagi asosiy axborot uni tanishsa kerak, bir bola kosada yaxna choy olib chiqdi qismi orqali ifodalangan Farg‘onada br-birini tanimaydigan odam yo‘q qismi esa gapning asosiy qismi tarkibidagi tanishsa kerak bo‘lagi bilan bog‘liq qo‘shimcha ma’lumotni ifodalaydi.



Eslatma! Bu qo‘shimcha ma’lumot ifodalovchi qism gapdan tushirish qoldirilsa ham, gapning asosiy ma’nosiga ziyon yetmaydi.

Kiritma gaplar yozuvda qavs ichida, ba’zan vergul yoki tire bilan ajratilgan holda beriladi. Talaffuzda ular kichik to‘xtamlar va ovoz balandligi bilan ajratiladi.

Kiritma gaplar, asosan, kitobiy uslubga xos. Kiritmalar fikrga qo‘shimcha ma’lumot bergani uchun ko‘pincha gap o‘rtasida keladi va yozuvda doim gapning boshqa qismlaridan qavs bilan ajratiladi.
Kiritma gaplar juda keng qo‘llaniladigan soha dramatik nutqdir. Bu nutqda qahramon nutqi qay tarzda bayon etilishi remarkalarda (personaj nomi bilan nutqi oralig‘idagi qavslarda) ko‘rsatib boriladi.

Namuna: 1. Chinorning yonish voqeasi (uning tafsilotini ikkinchi bobda bayon qilgan edik) jamoaga asta-sekin ma’lum bo‘la boshladi. 2. Shokir sartarosh (tumanda uni hamma taniydi, siz ham tanisangiz kerak) o‘g‘lini uylantirmoqchi bo‘libdi. 3. «O‘tkan kunlar» (siz bu romanni o‘qigansiz, albatta) o‘zbek romanchiligi tarixida alohida o‘rin egallaydi. 4. Musobaqada Rahimberdi (siz uni taniysiz) peshqadamlik qilmoqda.



Download 73,09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish