!!! Fe’llar bilan bog‘langanida esa va, hamda, -u (-yu) o‘zaro almasha oladi, lekin va bog‘lovchisi o‘rniga bilan bog‘lovchisini qo‘yib bo‘lmaydi.
Masalan:
Keldi va ketdi.
Keldi-yu ketdi.
Keldi bilan ketdi shaklini hosil qilib bo‘lmaydi.
!!! Uyushiq bo‘laklar o‘zaro sanash ohangi yordamida bog‘lanib, har birining ma’nosi ta’kidlanganida har bir bo‘lak oxirida ham yuklamasi qo‘llaniladi: Sen ham, и ham farishta emas.
Uyushgan bo‘laklar o‘zaro ayiruv munosabatida bo‘lganida ular o‘rtasida yo, yoki, yo..., yo, ba’zan..., ba’zan, dam..., dam singari bog‘lovchilar qo‘llaniladi. Masalan, Yo kitob, yo ruchka olaman.
Eslatma!!! Yo, yo..., yo, yoki bog‘lovchilari uyushgan bo‘laklardan birini tasdiqlab, ikkinchisini esa inkor etib bog‘laydi.
Masalan, Yo daftarni, yo kitobni beradi gapi ma’nosiga e’tibor bering, Faqat bittasi yuzaga chiqqanini bildiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |