Gapning barcha bo‘laklari uyushib kelishi mumkin.
Namuna:
1. Ichkaridagi gilos, tashqaridagi o‘rik daraxtlari (ega uyushgan) qiyg‘os gullagan // Ichkaridagi va tashqaridagi (sifatlovchi aniqlovchi uyushgan) gilos daraxtlari qiyg‘os gullagan // Ichkaridagi va tashqaridagi gilos hamda o‘rik daraxtlari (sifatlovchi aniqlovchi va ega uyushgan) qiyg‘os gullagan.
2. Salomatning singlisi, Akramning ukasi (ega uyushgan) – 6-sinf a’lochilari // Salomatning va Akramning (qaratqich aniqlovchi uyushgan) singillari 6-sinf a’lochilari // Salomat va Akramning singil va ukalari (qaratqich aniqlovchi va ega uyushgan) – 6-sinf a’lochilari. 3. Qirlardagi lolalar va tog‘ etaklaridagi binafshalar (ega uyushgan) kishiga huzur bag‘ishlaydi // Qirlardagi va tog‘ etaklaridagi (sifatlovchi aniqlovchi uyushgan) lolalar kishiga huzur bag‘ishlaydi // Qirlardagi va tog‘ etaklaridagi lolalar va binafshalar (sifatlovchi aniqlovchi va ega uyushgan) kishiga huzur bag‘ishlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |