Ajratilgan ega, ajratilgan to‘ldiruvchi, ajratilgan hol, ajratilgan aniqlovchi
Gapning hamma bo‘laklari ajratilishi mumkin. Qaysi gap bo‘lagining so‘rog‘iga javob bo‘lsa, ajratilgan bo‘lak o‘sha gap bo‘lagining nomi bilan yuritiladi.
Ajratilgan ega - o‘zidan oldingi eganing ma’nosini aniqlab keladi. Masalan, Biz, sizning do‘stlaringiz, yo‘l qo‘yilgan xato halokatga olib borguncha indamay turarmidik. (Sh.Rashidov)
Namuna: 1. Biz, ota-o‘g‘il uydan chiqib bobomning hovlisiga bordik. (Said Ah mad) 2. Orqada turgan yoshgina yigit, Mamadali, o‘zini odamlar orasiga urdi. (A.Qahhor) 3. Biz mana shu xo‘jalik hayotidan nafis film, ya’ni kartina yaratmoqchimiz. (A.Qahhor)
Do'stlaringiz bilan baham: |