77
Bu kabi to‘siqlarga misol sifatida audiotraktlarga kirib borgan
o‘zgaruvchan tok foni ham
xizmat qilishi mumkin.
Apparatura
unsurlarining bir qismi nochiziqli rejimda ishlagani sababli,
sanoat
o‘zgaruvchan tokining asosiy 50 Gts chastotasidagi tebranishlar bilan
birga, mazkur chastota garmonikalaridagi tebranishlar ham paydo bo‘ladi
(100 Gts, 150 Gts, 200 Gts va hokazo).
Ba’zida, yozib olingan signalda parazit davriy tebranishlar paydo
bo‘lishi mumkin, bunga sabab kerak bo‘lmagan akustik yoki elekt r
rezonansi hosil bo‘lishi uchun paydo bo‘lgan shart-sharoitlardir.
X-Hum plagining oynasi:
X-Hum plagini bu – maxsuslashtirilgan ko‘pchiziqli ekvalayzerdir.
Uning tarkibida 9 ta filtr bor. Past chastotalarni bostirish uchun filtr bor.
Va,
eng muhimi, 8 ta chiziqli bostiruvchi filtrlar mavjud bo‘lib, ularda
bostirish chizig‘ida sifatlilik va signalni susaytirish darajasini boshqarish
mumkin. Filtrlar sozlanishi chastotasini (
Freq
) ham boshqarish mumkin,
ammo bu erda bitta o‘ziga xoslik mavjud.
Chastotalar sinxron ravishda
joylarini o‘zgartiradilar, shuning uchun ular orasidagi munosabatlar doimo
o‘zgarmas bo‘lib qoladi. Asosiy chastota sifatida eng pastchastotali
filtrning chastotasi olingan. Aynan u
Freq
maydonida aks etadi. Shu
tariqa, to‘siqning asosiy chastotasidan tashqari, plagin uning ettita
garmonikasini ham bostirishga muvaffaq bo‘ladi.
Shovqin
Radiotexnikada ko‘pgina real shovqinli jarayonlarni “oq shovqin”
tushunchasidan foydalangan holda modellashtirish qabul qilingan.
Shovqin
78
“oq” deb ataladi, agar uning spektri uzluksiz, cheksiz va bir tekis bo‘lsa.
Real shovqin keng spektrga ega bo‘lsada, u bir tekis emas. Qaysi bir
chastotalarda shovqin
intensivligi balandroq, qaysilaridadir pastroqdir.
Real shovqin spektrining notekisligiga mazkur shovqin bostiruvchi
asoslangan. Unda muvofiqlashtirilgan filtr o‘z mujassamini topgan.
Bunday filtr o‘zi muvofiqlashtirilgan signalning energiyasini maksimal
darajada o‘zidan o‘tkazishi lozim.
X-Noise
plaginida optimal shovqinbostiruvchi varianti amalga
oshirilgan. Shovqinbostirishning juda murakkab algoritmi nazarimizdan
yashirindir. Biz ko‘radigan narsa bu – bir
nechta boshqaruvchi tugma va
displeydir. Biz faqat bir nechta boshqaruv tugmalari va displeyni ko‘ramiz.
Unda birdaniga uchta xarakteristika aks etadi. Qizil rang bilan kirish
signalining spektri, yashil bilan chiquvchi signal spektri, oq bilan shovqin
modeli bilan muvofiqlashtirilgan filtrning xarakteristikalari belgilanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: