3
KIRISH
Mazkur o‘quv qo‘llanma m
а
d
а
niyat v
а
s
а
n’
а
t yo‘n
а
lishid
а
gi
о
liy
o‘quv yurtl
а
ri t
а
l
а
b
а
l
а
ri uchun “Musiqiy kompyuter texnologiyasi” f
а
nini
o‘zl
а
shtirishg
а
mo‘lj
а
ll
а
ng
а
n.
Ushbu qo‘llanmada musiqani kompyuterda
professional saviyada
yozish hamda tahrirlash uchun mo‘ljallangan Steinberg Cubase nomli
professional dastur-sekvensor batafsil ko‘rib chiqiladi va uning asosiy
tushunchalari, imkoniyatlari yoritiladi. Bu mavzu dolzarb,
sababi
Steinberg Cubase dasturi bugungi kunda eng ommalashgan DAW (Digital
audio workstation)lardan biri bo‘lib, ovoz rejissorlari va prodyuserlar
tomonidan studiyalarda, talabalar tomonidan esa o‘quv jarayonida birdek
qo‘llaniladi. Materialni yaxshiroq tushunish va o‘zlashtirish uchun
ma’lumotlar bayonining muayyan izchilligi tanlangan. Qo‘llanma ikki
bobdan iborat bo‘lib, ularning birinchisi Cubase 5
dasturining beshinchi
versiyasiga bag‘ishlangan, sababi, konservatoriyaning barcha o‘quv
auditoriyalari dasturning aynan shu versiyasi bilan ta’minlangan. Asosiy
tayanch tushunchalar, interfeys,
asboblar paneli, transport paneli, treklar
turlari va h.k.lar detalizatsiyaning turli darajalaridan kelib chiqib
o‘rganilgan.
So‘ngra,
MIDI bilan ishlash qatorida, audio axborot bilan ishlash
ham ko‘rib chiqiladi.
Yozish va tahrirlash uchun mo‘ljallangan klavishli muharrir, zarbli
cholg‘ulr
muharriri, nota muharriri, sempllar muharriri kabi turli xil
tizilgan muharrirlarga alohida e’tibor qaratilgan. MIDI funksiya, MIDI va
audio effektlar ko‘rib chiqiladi.
Shuningdek, o‘rganish
uchun turli xil
VST-cholg‘ular ham taqdim etiladi. Miksherga batafsil ta’rif berilib,
ekvalayzer sinchiklab o‘rganiladi. Solo partiyalari yoki vokal bilan ishlash
uchun VariAudio funksiyalarining qo‘llanilishi ko‘rsatib berilgan.
Shuningdek, ommabop va keng qo‘llaniluvchi plaginlarga ham e’tibor
qaratilgan. Ikkinchi bob bugungi kunda eng so‘nggi versiya bo‘lgan
“Cubase 9 Pro”ga bag‘ishlangan, zero muallif talabalarni dastur yangi
versiyasining avval bo‘lmagan ayrim mutlaqo yangi xususiyatlari bilan
tanishtirish zarur, deb hisoblaydi. Dasturning yangi interfeysi, yangilangan
ishchi sohalar va darchalar batafsil ko‘rib chiqiladi. Shuningdek,
yaxshilangan yangi sakkiz yo‘lakli ekvalayzerga ham e’tibor qaratiladi.
Dasturning akkordlar bilan bog‘liq yangi funksiyalari – bu akkordlar treki,
akkordli pedalar va ko‘plab boshqa funksiyalar ayniqsa batafsil ko‘riladi.
4
Qo‘llanma axborotni yaxshiroq idrok etish uchun katta miqdordagi
misollar va illyustratsiyalar bilan boyitilgan.
Ish kirish qismi, 2 ta bob, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar
ro‘yxatidan iborat.
Qo‘llanmada har bir o‘rganilgan mavzudan so‘ng
savollar va
mustaqil ishlash uchun topshiriqlar hamda foydalanilgan adabiyotlar
ro‘yxati beriladi.
Mazkur qo‘llanma talabalarning Steinberg Cubase bilan ishlashning
amaliy ko‘nikmalarini o‘zlashtirishlari uchun mo‘ljallangan.