mikropile deyiladi. Mikropile urug‘murtak va embrion xaltasi bilan
tutashgan. Yopiqurug‘li о‘simliklarning ba’zi oilalarida intigument
birlashib bitta qoplag‘ichga aylanadi. Urug‘murtakning tagi,
urug‘band (funikulus) bilan tutashgan, uning osti xalaza deb ataladi.
Yopiqurug‘li о‘simliklarda tuguncha ichidagi urug‘murtakning shakli
besh xil (147-rasmlar) bо‘ladi.
1. Ortotrop yoki tо‘g‘ri urug‘murtak. Bu xildagi urug‘murtak
torondoshlar,
qalampirdoshlar, kuchalaguldoshlar oilasiga xos belgi
bо‘lib, nutsellus urug‘ bandining davomidir.
2. Anatrop yoki teskari urug‘murtak. Urug‘murtakning notekis
о‘sishi vaqtida uning uchi va uchidagi teshikcha (urug‘ yо‘li) teskari
(ostki) tomonga aylangan bо‘ladi. Bu xildagi urug‘murtak
yopiqurug‘li о‘simliklarda eng kо‘p uchraydi.
3. Gemitrop yoki yarim qayrilgan urug‘murtak. Nutsellus bilan
intigument о‘sish davrida platsentaga nisbatan 90°
qayrilgan
(sigirquyruqdoshlar, primuladoshlarda uchraydi).
4. Kampilotrop yoki bir tomonlama qayrilgan urug‘murtak. Bunday
urug‘murtakda nusellus bilan intigumentlarning bir tomoni bukilgan
bо‘lib, chang yо‘li xalaza yoniga borib qoladi. Bu xildagi urug‘murtak
kapalakdoshlar, dukkakdoshlar, butguldoshlar va boshqa oilalarda
uchraydi.
5.Amfitrop yoki egma urug‘murtak.
Bunda nusellus bukilib
taqasimon shaklga kiradi (kapalakdoshlarni ayrim vakillarida
uchraydi).
Evolyutsiya jarayonida yopiqurug‘li о‘simliklar nusellusining qalin
devorlari yupqalashib boradi. Tojbarglari birlashmagan о‘simliklarda
urug‘murtak krassinuselyat (lot. kraus. – qalin), tojbarglari birlashgan
о‘simliklarda esa tenuinuselyat (lot. tyeniuis – yupqa) rivojlangan.
Tenuinuselyat urug‘murtakning ichki intigument hujayralaridan
tapetum taraqqiy etadi. Tapetum sitoplazmasi uglevodlar,
oqsillar,
vitaminlarga boy. Bu moddalar amilaza, proteaza fermentlari
yordamida parchalangandan sо‘ng о‘tkazuvchi tо‘qima orqali
murtakka о‘tib oziq bо‘ladi.
Yopiqurug‘li о‘simliklar urug‘murtagining
xalaza ustidagi
hujayralari takomillashib gipostaza (yunon. xipostazis – tirgak, ayri)
deb ataladigan tо‘qimaga aylanadi. Bu tо‘qimalarning xususiyati
haligacha aniq emas. Ba’zilar gipostaza embrion xaltasining
urug‘murtak tomon о‘smasligiga ta’sir etadi deyishsa, boshqa birovlar
273
gipostaza embrion xaltasining fermentlar yoki bо‘lmasa oziq
moddalar bilan ta’minlashda faol ishtirok etadi, deb taxmin qiladilar.
Ba’zi yopiqurug‘li о‘simlik vakillarida urug‘band yoki
intigumentlardan obturator deb ataladigan maxsus tо‘qima hosil
bо‘ladi va chang naychasining о‘sib
embrion xaltasiga yetishiga
sababchi bо‘ladi. Bu tо‘qima urug‘murtak rivojlanishining dastlabki
davrida paydo bо‘lib, urug‘lanish sodir bо‘lgandan sо‘ng yemiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: