Ularda
changchi, chang ipi, changdon va bog‘lovchi iplar
takomillashmagan. Evolyutsiyaning
keyingi bosqichida yassi
changchilar ixtisoslashib chang ipi, boshlang‘ich va changdonga
aylangan.
Hozirgi yopiq urug‘li о‘simliklarning kо‘pchiligida
changdonning
ikkala yarmi bir-biriga qо‘shilib, tо‘rt xonali changdonga aylangan va
changchining uchida apeksida joylashgan.
Sodda oilalar misolida magnoliyadoshlarda changchi spiral shaklda
bо‘ladi. Kо‘pchilik yopiq urug‘li о‘simliklarda changchilarning soni
ma’lum miqdorda bо‘lib, siklik tarzda joylashadi.
33-§ Mikrosporogenez va erkak gametofit. Changdon va
mikrosporangiyalar
Mikrosporalarning ona hujayralardan hosil bо‘lish
jarayoniga
mikrosporogenez (mikrospora –chang; yunon. genezis – hosil bо‘lish)
deb ataladi.
Yopiqurug‘li о‘simliklarda changchilar mikrosporofill hisoblanadi.
Changchilar mikrosporangiy-changdon va uning uyalarida rivojlanadi.
Changdon changchi ipining ustki qismida joylashgan asosan ikki
palladan iborat. U xilma-xil: masalan, silkinmaydigan yoki
silkinuvchi, tebranuvchi (g‘allasimonlar, liliya va boshqalarda)
bо‘lishi mumkin.
Ontogenezining dastlabki davrida changdon
hujayralari bir xil
bо‘lib, keyinchalik subepidermik hujayralar (138-rasm) takomillashib
tashqi va ichki qavatga bо‘linadi. Ichki qavatdan changchini hosil
qiluvchi arxespor tо‘qimasi, tashqi qavati – (pariyetal – lot. pariyetalis
– devor) esa changdon devori, shuningdek changchining oziqlanishiga
sarf bо‘ladigan hujayralarga aylanadi.
Pariyetal qavatni hosil qiluvchi boshlang‘ich tо‘qima markazga
intiluvchi yо‘nalishda periklinal yoki tangental (uzunasiga, bо‘yiga)
va antiklinal (egilish, bukilish) bо‘linib, uch-tо‘rt
hujayra qavati
yuzaga keladi. Bu, о‘z navbatida, vertikal va gorizontal bо‘linadi.
Natijada uch qavatdan tashkil topgan (tо‘rt uyali, chanoqli) changdon
hosil bо‘ladi. Changdonning usti epidermis,
uning osti endotetsiy
(fibroz) va ichki tapetum (yunon. ichki parda) hujayra qavatlaridan
iborat.
259
Yopiqurug‘li о‘simliklarda tapetum hujayrasining yadrosi mitoz
bо‘linib, tukchali va amebond hujayralar hosil qiladi.
Tapetum
hujayralari quyuq sitoplazmadan iborat. Bu hujayralar ona mikrospora
tо‘qimalariga oziq moddalarni о‘tkazishda muhim fiziologik
ahamiyatga ega.
Endotsetsiy – mikrosporangi (changdon)ning eng tashqi qavatini
tashkil etadi. Uning ichki qatlam hujayralaridan kо‘p miqdorda fibroz
(tolalar) hosil bо‘ladi. Changdon yetilgan
paytda fibroz qavatining
protoplazmatik suyukligi tez quriydi va changdonning ikkala
pallasining yorilishiga sabab bо‘ladi. Endotetsiy ostida 1–3 qator
mayda hujayralardan tashkil topgan о‘rta qavat joylashgan.
Do'stlaringiz bilan baham: