131- rasm. Tojbarg va ularning qismlari:
1 – qisqa
tojbarg nayi,
2, 3 – uzun
tojbarg nayi,
4, 5 – qanotsimon,
6 – g’ildiraksimon, 7 – nayli-g’ildiraksimon, 8 – karnaysimon,
9 – qo’ng’iroqsimon, 10 – naysimon, 11 – ikki labli, 12 – bir labli,
13 – tilsimon, 14 – soxta tilsimon. а – tirnoqsimon, b – egilgan, v –
tojbargning
tishchalari
, g – kosacha, d – elkancha, е – qanotcha, j – qayiqcha, z – nay, i – toj.
1
2
3
4
5
6
7
8
9
10
11
12
13
14
a
b
a
v
b
z
j
z
z
i
z
b
z
b
d
g
v
g
d
z
249
Tojbarglar naycha uzunligiga qarab uch xil bо‘ladi: dolixomorf
(yunon. dolixos – uzun), mezomorf (mezos – о‘rta) va braximorf
(braxis – qisqa). Hasharotlar ayniqsa kapalaklar bilan changlanuvchi
gullarda naycha uzun bо‘ladi (tamaki, bangidevona va boshqalar).
Tojbarglarda simmetriya qonuniyati mavjud. Bu qonuniyatga binoan
tojbarglar tо‘g‘ri (aktinomorf) va notо‘g‘ri (zigomorf) bо‘ladi.
Aktinomorf tojbarglar kо‘pincha sodda oilalarda (ayiqtovondoshlar,
atirguldoshlar, chinniguldoshlar, piyozdoshlar-loladoshlar) hamda
rivojlangan oilalarda: soyabonguldoshlar, shо‘radoshlar, qо‘ng‘iroq
guldoshlar, murakkabguldoshlarda ham uchraydi.
Zigomorf gullar kо‘pincha taraqqiy etgan oilalarda uchraydi.
Ularning gullari evolyutsiya jarayonida hasharotlar vositasida
132- rasm. Qo’shilib o’sgan tojbarglarning ayrim shakllari:
A-E – naysimon, B-Z – varonkasimon, V – ikki labli, G – g‘ildiraksimon,
D – qо‘ng‘iroqsimon,
,
J – tilsimon, I – qalpoqsimon.
1 – tojbarg nayi, 2 – egilgan tojbarg, 3 – tojbarg bо‘yni, 4 – tojbargning yon
g‘ilofi, 5 – tuguncha, 6 – gulyonbarg, 7 – changchilari, 8 – kosachabarg,
9 – qolpoqsimon tojbarg.
A
B
V
G
D
E
J
Z
I
250
changlanishga moslanishning natijasidir. Masalan, dukkakdoshlar
oilasining gullari (nо‘xat, mosh, beda va boshqalar) zigomorf bо‘lib,
tojbarglari о‘ziga xos tuzilishda bо‘ladi. Ular katta tojbargdan
yelkandan, yonida ikkita tojbargdan eshkakdan va ikkita
tojbarglarning qо‘shilib о‘sishidan hosil bо‘lgan bitta qayiqchadan
iborat. Changchilar mana shu qayiqchada yashiringan bо‘ladi.
Hasharotlar о‘z og‘irligi bilan eshkakni bosadi. Eshkak esa qayiqchani
pastga tortadi. Natijada changchilar hasharotning tanasiga tegadi va
changdon yoriladi, ularni ichidagi changlar sochilib hasharotga
tо‘kiladi. Tojbarglardan bironta ham simmetriya о‘tkazib bо‘lmasa
bunday tojgul mutloq qiyshiq yoki asimetrik tojgul deb ataladi. Tropik
о‘rmonlarda о‘suvchi va hozirgi kunda gulxonalarda, bog‘larda
ekiladigan xushmanzara kana guli asimetrik gulga misol bо‘la oladi.
Gultojbarglarning rangi har xil bо‘lishi mumkin. Tropik
о‘rmonlarda о‘suvchi о‘simliklarning guli qizil, pushti yoki kо‘k
gunafsha, mо‘tadil iqlimlarda о‘suvchi о‘simliklarda kо‘pincha sariq
bо‘ladi. Gultojlarning rangi hujayra shirasida erigan fenollardan
(antotsian, flavonoid) va karotinlar, hamda hujayra shirasining pH –
iga bog‘liq. Ba’zan gultojlarning tabiiy rangi о‘zgarib oqarishi
mumkin. Bunga albinizm (lot. albus – oq) deyiladi. Gultojlarda
baxmaldek mayin bezaklar bо‘ladi, bu bezaklarni faqat hasharotlar
sezadi. Takomillashish natijasida gultoj tubida maxsus chо‘ziq о‘simta
pixcha hosil bо‘ladi. Pixcha gultojlardan yoki oddiy gulqо‘rg‘ondan
taraqqiy etadi. Uning devorlari atrofida yoki ichida nektardon hosil
bо‘ladi
(ayiqtovondoshlar,
kо‘knordoshlar,
xinadoshlar,
binafshadoshlar va boshqa kо‘pgina о‘simliklar).
Juda kо‘p о‘simliklarning gultojlaridan nektar (yunon. nektar –
sharbat) ajraladi. Nektar guldagi shira ajratuvchi bezlardan –
nektardon ajratiladi va har xil hasharotlar nektarni olish uchun gulga
qо‘nib uni changlatadi. Nektardonlar gulqо‘rg‘on (kosacha, tojgul)
changchi iplarida yoki staminodiy (lot. stamin – changchi, ip; yunon.
eydos – tus, qiyofa), ya’ni chang hosil qilmaydigan naslsiz
changchilar (chinnigul, shoyigul, atirgul)ning tagida joylashib, disk
hosil qiladi. Disk kо‘pgina oilalarda: uzumdoshlar, labguldoshlar,
qayrag‘ochdoshlarda uchraydi. Butguldoshlar oilasining vakillarida
nektardon dо‘mboqchalar shaklida bо‘lib, changchilar tagida
joylashadi (133-rasm).
251
Soyabonguldoshlar oilasining vakillarida disk ustuncha ostida ochiq
joylashadi. Shuning uchun ham ularning guli qо‘ng‘izchalar va
pashshalar yordamida changlanadi. Piyozdoshlar, amarillus
(chuchmоmadoshlar)da, nektar tugunchada hosil bо‘ladi. Shamol
bilan changlanuvchi о‘simliklarda nektar bо‘lmaydi. Nektarda 25 –75
gacha har xil qandlar hamda juda oz miqdorda azotli va mineral
birikmalar bо‘ladi. Asalari 1 g asal tо‘plash uchun 1500 ta oq akatsiya
guliga qо‘nishi kerak. 1 kg asal 6 million sebarga gulidan tо‘planadi.
Gultojning kelib chiqishi eng qiyin va chigal masaladir. Klassik
morfologiya asoschisi Gyote gultoj uchki barglardan, hozirgi zamon
botaniqlari esa changchilar (androtsey) dan kelib chiqqan degan fikrni
tasdiqlashadi. Gultojni changchilardan yuzaga kelganligini
nilufardoshlardan
Nymphaea alba, N.Candida
da kо‘rish mumkin. Oq
gulli nilufar
N. Candida
О‘zbekistonning Xorazm viloyatida,
Amudaryoning deltalarida о‘sadi. Hozirgi kunda noyob о‘simlik
hisoblanadi, shu sababli uni terish man etilgan.
252
Qatma-qat gullar. Gulda gultojbarglar sonining kо‘p mikdorda
ortishi, qatma-qat gulning paydo bо‘lishiga sababdir. Gulning qatma-
qatligi odatdagi tuzilish nuqtai nazaridan qaraganda teratologik
(yunon. ter ato s – ajoyib, g‘ayr) holat hisoblanadi. Bunday gullar
changchilarning tojbarglarga aylanishi masalan, ayiqtovon, atirgul,
kо‘knor, pion, ba’zan esa tojbarglarning parchalanishi yoki oddiy
gulqо‘rg‘on sonining ortishi (lola, liliya) natijasida sodir bо‘ladi (134-
rasm). Murakkabgulli о‘simliklarda ikki jinsli о‘rta gullarning
tilsimon gullarga aylanishi tufayli qatma-qat gullar yuzaga keladi.
Masalan, kartoshkagul, qashqargul.
Do'stlaringiz bilan baham: |