G. S. Tursinbayeva, G. M. Duschanova, J. S. Sadinov


-rasm. Gulqо‘rg‘oni bо‘lmagan gullar



Download 10,76 Mb.
Pdf ko'rish
bet135/185
Sana18.07.2022
Hajmi10,76 Mb.
#818879
1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   185
Bog'liq
Botanika kitob

130-rasm. Gulqо‘rg‘oni bо‘lmagan gullar:
1 – belokrilnik; 2 – shumtolning ikki jinsli gullari; 
3-4 – tolning bir jinsli gullari.
247


saqlanadigan joy bо‘lib xizmat qiladi (masalan, kо‘kparang – 
lagoxilus, kiyikо‘t, mavrak, xapri-xipri va boshqalar). Kampir-
chopondoshlar oilasida kosachaning naychasi uzun va ilmoqli bо‘lib, 
hayvonlarga yopishadi hamda mevalarning tarqalishi uchun xizmat 
qiladi. Ba’zan kosacha morfologik jihatdan shaklan о‘zgarib ketadi. 
Masalan, О‘rta Osiyoda keng tarqalgan va xalq tilida paq-paq (fizalis) 
deb nomlangan о‘simlikda kosachabarglari kichkina bо‘lsada, meva 
hosil qilgan vaqtda kosachaning naychasi kuchli о‘sib, uzunligi 5–6 
sm, eni 4–5 sm ga yetadigan pushti qizil pufakchaga о‘xshab qoladi. 
О‘zbekiston, Turkmanistonning tog‘larida о‘sadigan tikanli 
kserofit (yunon. kseros – qurg‘oq; fiton – о‘simlik) (akantolimon; 
qiziltikan, kampirmurch)ning kosachabarglari qizil rangda bо‘ladi. 
Murakkabguldoshlar oilasining ba’zi vakillari meva yoki urug‘larning 
shamol vositasida tarqalishi uchun xizmat qiladigan parashutga 
о‘xshash popukchalar kelib chiqishi jihatidan kosachabargdir 
(momoqaymoq-qoqi, sariqtakasoqol-takasoqol kabilar). 
Evolyutsiya jarayonida gul kosachabarg uchki bargdan kelib 
chiqqan. Bunga ularning rangi, shakli, anatomik tuzilishi guvohlik 
beradi. Kosachabargdagi о‘tkazuvchi bog‘lamlarning soni vegetativ 
barglarnikiga о‘xshash. Masalan, ayiqtovondoshlarda kosacha-
barglarning о‘tkazuvchi bog‘lamlari xuddi vegetativ barglarnikiga 
о‘xshash uch qator bо‘lib, tojbarg va urug‘chilarda faqat bittadan 
iborat. 
Tojbarg – qо‘sh gulqо‘rg‘on (murakkab gulqо‘rg‘on)ning ikkinchi 
ichki doirasini tashkil etadi va birmuncha kattaligi, rangining 
nihoyatda ochiq chiroyli bо‘lishi bilan gulning boshqa a’zolaridan farq 
qiladi. Tojbarglar о‘zidan hid chiqarib, hasharotlarni о‘ziga jalb qiladi, 
changchi va urug‘chilarni himoya qiladi. Tojbarglar ikki xil bо‘ladi: 
birikmagan bargli gultoj yoki tutashmagan gultoj hamda birikkan yoki 
tutash gultojli. Oddiy tojbarg alohida tojbarglardan iborat (ayiqtovon, 
kо‘knor, karam va boshqalarning gullarida) (131-rasm).
248


Ba’zi oilalarda masalan, chinniguldoshlar, butguldoshlarda 
tojbarglar differensiyalashgan bо‘lib, uning pastki ingichka qismiga 
pilakcha deyiladi. 
Tutashgultojbargli о‘simlik (qovoq, sebarga, pomidor, bodring va 
boshqa)larda tojbarglarning qо‘shilib ketgan qismiga naycha deb 
ataladi. Naycha ustidagi qismiga qaltoqi deyiladi. Naycha bilan 
qaltoqi oralig‘ida og‘izcha bо‘ladi. Tojbarglarning qay darajada 
qо‘shilganligiga qarab, tishli, bо‘lakli tafovut qilinadi. Tishchalarning 
soniga qarab, tojbarglarning soni aniqlanadi (132-rasm). 

Download 10,76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   185




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish