О‘simliklarni qalamchalar vositasida kо‘paytirish.
Qalamcha
usuli bilan gul, mevali daraxt va toklar kо‘paytiriladi. Qalamcha ona
organizmidan ajratib, shoxchalari 20-40 sm uzunlikda qirqib olingan
bо‘lakchalardan iboratdir. Qalamcha, о‘simlik turiga qarab, bir nechga
kun (tol, terak, chakanda), bir necha hafta yoki bir necha oydan keyin
ildiz oladi.
214
ITK
K
I
BO‘O‘
P
П
P
111-rasm. Vegetativ kо‘payish xillari:
A – ildiz asosidagi bо‘lajak о‘simlik, B – bargdagi bо‘lajak о‘simlik, V –
G – barg asosidagi yosh о‘simlik piyozchalari.
Shartli belgilar:
I – ildiz,
ITK – ildizning tugunak kurtagi, K - kurtak , P – piyozcha.
215
Qalamchalarda yangi novdalar qо‘ltiq kurtaklaridan chiqadi,
qо‘shimcha kurtaklar hosil bо‘lmaydi. Qalamchalar novdadan (tol,
terak, qoraqat chakanda, tok va boshqalar) bargdan (masalan
begoniya) yoki ildizpoyadan (qoqi, malina) iborat bо‘lishi mumkin.
Ba’zi о‘simliklar (tol, terak) juda ham osonlik bilan ildiz chiqaradi,
ammo, ayrim о‘simliklar (masalan, chakanda, atirgul) qiyinchilik
bilan ildiz chiqaradi. Shuning uchun ham bunday о‘simliklarning
qalamchalari geteroauksin degan modda eritmasida (12–24 soat)
ushlanib, ularning ildiz hosil qilishi tezlashtiriladi.
Qishloq xо‘jalik amaliyotida juda kо‘p mevali va manzarali
о‘simliklar (daraxt, buta va о‘tchil о‘simliklar) qalamchalar vositasida
kо‘paytiriladi. Bu usul bilan olingan о‘simlik, urug‘dan kо‘paytirilgan
о‘simlikka nisbatan tez hosilga kirib, nav xususiyatlari tо‘liq
saqlanadi. Parxish usuli bilan kо‘paytirish. Bunda о‘simlik shoxlari
yoki novdalari (tok, sambitgul) yoysimon qilib yerga egiladi va
novdasining uchi yerdan chiqib turadigan qilib tuproqqa kо‘miladi.
Bir qancha vaqtdan keyin novdaning yerga kо‘milgan kurtaklaridan
qо‘shimcha ildizlar hosil bо‘ladi. Kelgusi bahor yoki kuzda ildiz
chiqargan parxishlarni boshqa joyga kо‘chirib о‘tkazish mumkin.
Payvand qilish usuli bilan о‘simliklarni kо‘paytirish. Qiyinchilik
bilan ildiz chiqaradigan, qalamcha va parxish yо‘li bilan
kо‘paymaydigan, urug‘lardan kо‘payganda esa murakkab gibrid
bо‘lganligi uchun aynib ketadigan, ona о‘simlik navini bermaydigan
meva daraxtlari payvand qilib kо‘paytiriladi. Ba’zan payvand
daraxtlarning shoxlari sinib, yalang‘och bо‘lib qolgan joylarni
tо‘ldirish yoki pastki qismi qisman zararlangan daraxtni saqlab qolish
maqsadida qilinadi. Payvand payvandlanayotgan о‘simlikning nav
xususiyatini mustahkamlash va saqlash, xо‘jalik kо‘rsatkichlari past
navlarni sifatli, sovuqqa, zararkunanda va kasalliklarga chidamli
navlar bilan almashtirish, gullashi va meva tugishini tezlashtirish
maqsadlarida qо‘llaniladi. Payvand deb bir о‘simlikka ikkinchi
о‘simlik qalamchasi yoki kurtagini ulashga aytiladi. Payvand
qilinadigan о‘simlik payvandtag, ulanadigani payvandust deb ataladi.
Bu usul qishloq xо‘jaligida, ayniqsa mevachilikda eng kо‘p
qо‘llaniladi. Payvandning ikki usuli (kurtak payvand va qalamcha
payvand)dan kо‘p foydalaniladi. Kurtak payvand yoki okulirovka (lot.
oku l us – kо‘z) iyun о‘rtalaridan sentyabr о‘rtalarigacha о‘tkaziladi.
Kurtak payvand uchun kо‘pincha yoz oxirida tinim davrida bо‘lgan,
216
о‘sha yili hosil bо‘lgan va kelgusi yilda о‘sadigan kurtaklar, hosilga
kirgan hamda nav xususiyati yaxshi bо‘lgan novdalardan olinadi.
Kurtak payvand qilishdan 3–4 kun oldin kо‘chatzor sug‘oriladi.
Payvandtag ildiz bо‘g‘zidan 15–20 sm (atirgul) yoki bir metrgacha
(tut) barcha yon shox-lar olib tashlanadi. Payvandtag pо‘stlog‘i
yog‘ochlik qismigacha 3 sm uzunlikda “T” shaklida payvand pichog‘i
bilan tilinadi, sо‘ngra bu joyga bir oz yog‘ochlik qismi bilan kesib
olingan bitta kurtak о‘rnatiladi va tut pо‘stlog‘i yoki plaster bilan
bog‘lanadi. Payvand qilingan kо‘chatzor qondirib sug‘oriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |