G. S. Tursinbayeva, G. M. Duschanova, J. S. Sadinov


I BOB. O‘SIMLIK HUJAYRASI



Download 10,76 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/185
Sana18.07.2022
Hajmi10,76 Mb.
#818879
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   185
Bog'liq
Botanika kitob

I BOB. O‘SIMLIK HUJAYRASI 
 
1-§ Hujayra nazariyasi haqida umumiy tushuncha 
О‘simlikning hujayraviy tuzilishi tо‘g‘risidagi birinchi ma’lumot 
gollandiyalik aka-uka Gans va Zaxarius Yansenlar tomonidan (1590–
1610) optik (kо‘zgu) mikroskop (yunon. mikros – kichik, skopea – 
kо‘raman) kashf etilgandan keyin boshlangan. Optik mikroskop 
angliyalik olim Robert Guk tomonidan takomillashtirildi. U о‘zi ixtiro 
qilgan mikroskopda shivit, shakarqamish va marjon daraxti (buzina) 
kabi о‘simliklarning poya pо‘kagi tuzilishini tekshirdi va ularning 
hujayraviy tuzilishga ega ekanligini aniqlab, “Mikrografiya” asarini 
e’lon qildi. Bu asarda “hujayrani” Cellula (lot. S u t a s – xona, 
katakcha) deb atadi.
R. Gukning hujayra tо‘g‘risidagi fikrlari bir qator tabiatshunos 
olimlarni qiziqtirib qoldi. Chunonchi, angliyalik tibbiy olim Nimli 
Gryu (1672–1682) “О‘simliklar vegetativ organlarining anatomiyasi”, 
italiyalik olim Marchello Malpigi (1675–1679) “О‘simliklar 
anatomiyasi” asarlarini yaratishdi. Ular о‘z asarlarida uzunchoq 
tuzilishga ega bо‘lgan prozenximatik hujayralarni “Guk naychasi”, 
yumaloq, tо‘rt burchak hujayralarni esa “Guk xaltachalari” deb 
atadilar. О‘zlari aniqlagan yumaloq shaklga ega bо‘lgan hujayralarga 
esa “pufakchalar”, uzunchoq hujayralarga esa, tola naycha “traxeya” 
deb nom berdilar. Bu atamalar о‘simliklar anatomiyasi fanida 
hanuzgacha saqlanib kelmoqda. Keyinchalik gollandiyalik olim Anton 
Van Leven Guk kо‘zga kо‘rinmaydigan bakteriya va ba’zi suvо‘tlar 
kabi organizmlarning tuzilishini tekshirib, 1695-yilda “Tabiat sirlari” 
asarini yozadi. 
Hujayra nazariyasining yaratilishida katta hissa qо‘shgan nemis 
olimlaridan botanik Matias Shleyden (1838) va zoolog Teodor 
Shvannlarning (1839) ilmiy tadqiqotlarini mamnuniyat bilan tilga 
olish mumkin. Ular, butun tirik tabiatning – о‘simliklarning, 
hayvonlarning ham asosiy tuzilish birligini hujayra tashkil qiladi – 
“Yangi hujayra eski hujayra asosida vujudga keladi” – degan salmoqli 
nazariyani yaratishdi. 
Shunday qilib, T. Shvann va M. Shleydenlar о‘simliklar hujayrasi 
bilan hayvonlar hujayrasi nazariyasiga asos solishdi. Rus olimi P. F. 
Goryaninov (1796–1865) butun tabiatni ikki olamga: amorf – 
anorganik (о‘lik) va organik (tirik) olamga bо‘ldi. Ya’ni butun tiriklik 
18


hujayradan iborat degan fikrni ilgari surdi. I.O. Shixovskiy (1838–
1840) о‘simliklar hujayrasiga izoh bergan.
I.D.Chistyakov (1871) “О‘simlik hujayrasining tarixiga doir” 
asarida о‘simliklar hujayrasining sitokinez bо‘linishini aniqladi. 
Rudolf Virxov (1859) sitokinez tо‘g‘risidagi tushunchani 
qonunlashtirdi va “Har qanday hujayra faqat hujayradan paydo 
bо‘ladi” degan nazariyani yaratdi. Bu nazariya hozir ham ilmiy 
adabiyotlarda tez-tez uchrab turadi. 
Hujayra tо‘g‘risidagi nazariyaning paydo bо‘lishi va shakllanishi 
uzoq tarixiy (taxminan tо‘rt yuz yil) davrni о‘z ichiga oladi. Shu davr 
ichida bir hujayrali va kо‘p hujayrali о‘simliklar va hayvonlar 
organizmining tuzilishi tо‘g‘risida talaygina ilmiy tadqiqotlar 
tо‘plandi. 
Hujayra nazariyasi о‘simlik va hayvonlarning, genetik jihatdan bir- 
biridan kelib chiqqanligidan dalolat beradi va tirik organizmlarning 
eng muhim tuzilish xususiyatiga, hujayra tuzilishining birligiga 
asoslanadi. Shuning uchun ham F. Engels hujayra nazariyasiga yuksak 
baho berdi va uni tabiat sohasida XIX asrda qilingan uchta yirik 
kashfiyotlar jumlasiga kiritdi. 
Elektron mikroskopning kashf etilishi hujayra haqidagi 
nazariyaning yana-da rivojlanishiga sabab bо‘ldi. Hujayra nazariyasi – 
tiriklikning eng kichik taksonomik birligi hujayra ekanligini, uning 
mustaqil yashashga qobiliyatliligi va uning kо‘payishi natijasida 
kо‘phujayrali organizmlarning paydo bо‘lishi va takomillashishi 
mumkinligini isbotlab berdi. 
Hujayra haqidagi ta’limotni rivojlantirishning yangi taraqqiyot 
bosqichi asrimizning elliginchi yillariga tо‘g‘ri keladi. Bu davrda 
elektron mikroskop kashf etildi.
Elektron mikroskoplar kashf etilishi bilan birga molekulyar 
biologiya, oradan 20 yil о‘tgach gen injeneriyasi kabi yangi fanlar 
kelib chiqdi. Bu esa о‘z navbatida biotexnologiyani yangi uslub va 
usullar bilan qurollantirdi, inson ixtiyori bilan ba’zi mahsulotlarni tirik 
organizmlar hayot faoliyatidan foydalanib hosil qilish imkoniyati 
yaratildi.Hujayra injeneriyasining yangi uslublarini ishlab chiqish 
natijasida fanning ushbu sohasini rivojlanishish va uning natijalarini 
amalda qо‘llash imkoniyatiga ega bо‘lindi. 
19


О‘simlik hujayrasi tashqi tomondan qobiq bilan о‘ralgan jism 
bо‘lib, qobiqning ichida hujayraning tirik qismi – protoplast 
joylashgan. Uning asosiy tarkibi sitoplazma va yadrodir (1-rasm).
О‘simlik hujayralari esa plastik parda, tashqarisidan nisbatan pishiq 
va qalin hujayra qobig‘iga ega. U sitoplazmaning hayot faoliyati 
natijasida hosil bо‘lgan mahsuli hisoblanadi.

Download 10,76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   185




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish