XV–XVIII asrlar botanikaning rivojlanishida о‘simliklarni
dastlabki rо‘yxatga olish davri hisoblanadi. Bu davrda о‘simliklar
morfologiyasining asosiy tushunchalari, ilmiy atamalar vujudga keldi.
О‘simliklarni klassifikatsiya qilishning uslublari va qonun-qoidalari
ishlab chiqildi. О‘simliklar dunyosining dastlabki tizimlari yaratildi.
XVII–XVIII asrlarda organizmlarning
tuzilishi va vazifalari, ba’zi
bir umumiy qonuniyatlar haqida juda kо‘p ashyoviy materiallar
tо‘plandi. Ayniqsa, о‘simliklarning tashqi muhit bilan о‘zaro aloqada
bо‘lishi, ularning yashash sharoitiga moslanishi haqida ma’lumotlar
kо‘paydi.
XIX asrining о‘rtalari hujayra nazariyasining yaratilishi M.
Shleyden va T. Shvannlardir.
XIX asrining ikkinchi yarmida evolyutsion ta’limot va tarixiy uslub
asosida biologiyaning yangi tarmoqlari kelib chiqa boshladi. Ana shu
davr turli о‘simliklar guruhlarining filogenetik tizimlarini yaratish
bilan ham xarakterlanadi.
XVI asr oxiri va XVII asrning boshlarida optik asboblar ustasi
gollandiyalik Gans va Zaxariy Yansenlar mikroskopni kashf etdilar.
XVII asrda о‘simlik organlarining hujayralardan tuzilganligi
aniqlandi. 1665-yili ingliz fizigi R. Guk (1636–1703) о‘zi
takomillashtirgan mikroskop orqali turli narsalarni: pо‘kak bо‘lagi,
marjon daraxti о‘zagi, ukrop va boshqa о‘simliklarni о‘rganib, uning
natijalarini о‘zining “Ba’zi bir mayda narsalarni tasvirlash”
asarida
bayon etdi. Bu asarda Guk birinchi bо‘lib “hujayra” atamasini
ishlatgan.
О‘simliklar anatomiyasi haqidagi birinchi asar angliyalik Gryu va
italiyalik Malpigilar tomonidan yozilgan. Gryu о‘z ishlarini
“О‘simliklar anatomiyasining boshlanishi” (1682), Malpigi esa ikki
Aristotel
M. Shleyden
T. Shvann
9
jildli ”О‘simliklar anatomiyasi haqida tasavvurlar”(1671)
nomli
asarlarida chop etdilar.
Robert Guk
(1635–1703)
Malpigi Marchello
(1628–1694)
S.G. Navashin
(1857–1930)
1831-yili R. Braun hujayra yadrosini aniqladi va yadro hujayra
hayotida muhim ahamiyatga ega ekanligi haqidagi fikrni olg‘a surdi.
1884-yili rus olimi P.F. Goryaninov (1796-1856), keyinchalik chex
olimi Purkinye va uning shogirdlari hujayra ichidagi tiriklik
moddasiga katta ahamiyat berdilar. 1830-yili Purkinye bu moddani
protoplazma
deb atadi. 1838-yili Shleyden tomonidan piyoz pо‘sti
hujayralaridagi yadrocha aniqlandi.
I.D. Chistyakov (1874), E. Strasburgerlar (1875) yadroning kario-
kinetik bо‘linishini
yoki mitozni, V.I. Belyayev (1892–1894)
reduksion bо‘linish yoki meyozni, S.G.Navashin esa (1898-y.) gulli
о‘simliklardagi qо‘sh urug‘lanish kabi muhim yangiliklarni
yaratganlar.
XX asr biologiya fanining jadal rivojlanish davri hisoblanadi, bu
davda biologiya sohasida qо‘lga kiritilgan
yutuqlar yangi ilmiy
uslublardan samarali foydalanish bilan bog‘liqdir.
XX asrda botanika sanoat, qishloq xо‘jaligi, tibbiyotda va atrof-
muhitni muhofaza qilish kabilarda katta ahamiyatga ega bo‘ldi.
Tabiat hodisalarining takomillashib, evolyutsion tarzda rivojlanib
borishidagi tushuncha va ta’limotlar Abu Nasr Forobiy, Al-Xorazmiy,
Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Mirzo Ulug‘bek, Zahiriddin
Muhammad Bobur kabi allomalarning asarlarida о‘z infodasini
topgan.
О‘rta Osiyo olimlarining fan tarixida qoldirgan olamshumul kо‘p
qirrali ilmiy merosini о‘rganishga e’tibor
har tomonlama ortib
bormoqda. Keyingi о‘n yilliklar davomida О‘rta Osiyo mazkur
olimlar ilmiy merosini о‘rganish markaziga aylanib qoldi. О‘rta
10
Osiyolik olimlarning tabiiy-ilmiy merosini о‘rganish borasida olib
borilgan tahlillar shundan dalolat beradiki, О‘rta Osiyo olimlari о‘z
asarlari bilan jahon biologiya fanlarini rivojlantirishga beqiyos hissa
qо‘shgan. Keyingi vaqtda О‘rta Osiyo
olimlarining asarlarini har
tomonlama tahlil qilinayotganligi va ularni chop etib, keng
kitobxonlar ommasi hukmiga havola etilayotganligi ham fikrimizning
dalilidir. Ayniqsa, О‘rta Osiyo olimlari, jumladan, Al-Xorazmiy, A.
N. Forobiy, Z. M. Bobur kabi allomalarning
ilmiy merosini
о‘rganishga bag‘ishlab о‘tkazilgan yubiley anjumanlari munosabati
bilan olib borilgan ilmiy tadqiqotlar ularni tabiiy fanlar sohasida
qoldirilgan ilmiy merosini va biologiya fanlarini rivojlantirishga
qo‘shgan hissalarini aniqlash va uni chuqur о‘rganishda muhim omil
bо‘ldi.
Do'stlaringiz bilan baham: