80
kengligi 1,2–1,5 m dan kam bo‘lmasligi, boshqa uskunalarniki esa
0,8 m dan kam bo‘lmasligi kerak.
Tasmali konveyer (kengligi 600 mm gacha) bo‘ylab o‘tish
kengligi 0,8 m dan, kengroq konveyer uchun esa 1,1 m dan kam
bo‘lmasligi kerak. konveyerlarning oxirgi qismlari (uchlari) va
uzatma stansiyalari uch tomondan 1 m dan kam bo‘lmagan o‘tish
joyi (proxod)ga ega bo‘lishi kerak.
Yoqish moslamalari shunday joylashishi kerakki,
mashinani
yoquvchi odam mashinaning yon-atrofi va ishchi maydonining
hammasini ko‘ra olishi kerak.
Mashinani o‘chiruvchi va yoquvchi moslama mashinaning
yoniga o‘rnatiladi. Uzun tasmali konveyerlarning o‘chirish mosla-
masiga konveyer bo‘ylab po‘lat sim (diametri 5–6 mm li) ulab
qo‘yish tavsiya qilinadi. Uning yordami bilan konveyerni istagan
joyda to‘xtatish mumkin.
2. Shovqinni kamaytirishga qaratilgan chora-tadbirlar.
Boy i-
tish fabrikalaridagi sexlarda kelib chiqishi mumkin bo‘lgan shovqin
bosimi darajalarini aniqlash muhim vazifa hisoblanadi. Ma’lumki,
shovqin chiqaruvchi mashina va dastgohlar fabrika ning biror
sexida
joylashganligini hisobga olib, ana shu shovqinni tevarak-
atrofdagi ishlab chiqarish korxonalariga, aholi yashash joylariga
shovqin ta’sirini kamaytirishga qaratilgan chora-tadbirlar korxonani
loyihalash davrida hisobga olinadi.
3. Changga qarshi qaratilgan chora-tadbirlar.
Boyitish fab-
rikasida rudalarni boyitishda ma’lum miqdorda chang hosil bo‘ ladi
va havoga ko‘tariladi. Bu changlar, asosan, maydalash va quritish
jarayonida hosil bo‘ladi.
Changsizlantirish deb qattiq zarrachali
changlarni ventilator
yordamida so‘rib ushlash jarayoniga aytiladi. Chang deb o‘z tarkibida
qattiq moddaning mayda zarrachalarini tutgan gaz sistemalariga
aytiladi, chang, odatda, qattiq moddalarni mexanik usullar
bilan maydalash, yanchish va bir joydan ikkinchi joyga uzatish
81
vaqtida hosil bo‘ladi. Sanoat changlarining o‘lchami 0,001 dan
0,1 gacha bo‘ladi.
Tutunlar tarkibida o‘lchami 0,3–5 mkm ga teng bo‘lgan qattiq
modda zarrachalari bo‘ladi. Tutunlar bug‘
yoki gazlarning suyuq
yoki qattiq holatiga, kondensatsiyalanish jarayoni orqali o‘tishdan
hosil bo‘ladi. Bundan tashqari, tutunlar qattiq yoqilg‘ilarning yonishi
paytida hosil bo‘ladi. Chang tutun, tumanlar, aerodispers tizimlar
yoki aerozollar deb yuritiladi.
Boyitish fabrikalari bo‘limlarida, asosan, tayyorlash jarayo-
nida texnologik changlar paydo bo‘ladi, ular shu qazilma boylik-
larining juda
kichik zarrachalari hisoblanib, havoda muallaq
harakatlanadi.
Changlar birlamchi va ikkilamchi changlarga bo‘linadi.
Birlamchi chang – bu texnologik va transport dastgohlarida ish
vaqtida ajraladigan chang bo‘lsa, ikkilamchi changlar dastgoh-
larda o‘tirib qolgan changlardir. ko‘pchilik fabrikalarda, ayniqsa,
quruq usulda boyitish fabrikalarida foydali qazilmalarni qayta
ishlashning hamma jarayonlari katta
miqdorda chang ajralishi
bilan olib boriladi. Ishlab chiqarish korxonalarida changlar, asosan,
derazalarda, pollarda, metall konstruksiyalarda va dastgohlarda
o‘tirib qoladi, bu esa dastgohlarning xizmat ko‘rsatish muddati
qisqarishiga hamda moylarning ko‘p miqdorda sarflanishiga olib
keladi, shuningdek, derazaga o‘tirgan changlar ishchi o‘rinlarga
tushayotgan yorug‘likni to‘sadi. Ba’zi
mayda dispers zarrachalarda
tashkil topgan changlarning havo bilan aralashishi natijasida
portlovchi aralashma hosil bo‘lishi mum kin. Uning hosil bo‘lishi
shu aralashmadagi changlarning kon sent ratsiyasiga, chang zar-
rachalarining yirikligiga, havodagi kislorodning miqdoriga va
boshqa omillarga bog‘liq.
Shuningdek, yirikligi 0,07–0,1 mm
changli havo portlashdan xavfli hisoblanadi. Masalan: bunday
yiriklikdagi toshko‘mirning havo bilan aralashmasida changning
miqdori 35–500 g/m
3
bo‘lganda portlashga moyilligi yuqori bo‘ladi
82
va harorati 700–750 °C bo‘lganda ham portlash hodisasi yuz berishi
mumkin.
Quyidagi jadvalda ayrim foydali qazilmalarning portlashdan
xavfsiz bo‘lgan konsentratsiyasi miqdori keltirilgan.
6.2-jadval
Do'stlaringiz bilan baham: