7
3. Yordamchi jarayonlar
foydali qazilmalarni boyitishning
oxirgi jarayoni hisoblanadi. Yordamchi jarayonlarni o‘tkazishdan
maqsad ajratib olingan boyitma (konsentrat) va chiqindini qayta
ishlashdir.
Yordamchi jarayonlar, o‘z navbatida, suvsizlantirish va
changsizlantirish jarayonlariga bo‘linadi.
Respublikamizdagi boyitish fabrikalarida suvsizlantirish jarayo-
nining o‘zi ham bir nechta bo‘limlardan tashkil topgan: quyultirish,
filtrlash, quritish; changsizlantirish jarayonida
atmosfera va atrof-
muhitga zararli changlar chiqishining oldini olish; boyitish fabri-
kalaridan chiqayotgan oqova suvlar tarkibi jihatidan zararli modda-
larga juda boy bo‘lib, atrof-muhitdagi suvlarni sezilarli darajada
zaharlaydi, u esa, o‘z navbatida, ekologiya
va insoniyat hayotiga
o‘zining salbiy ta’sirini ko‘rsatadi. Shuning uchun fabrikadan
chiqayotgan oqova suvlarni tozalash muhim ahamiyatga ega, undagi
zararli moddalarning miqdori mumkin qadar kam bo‘lib, sanitariya
me’yorlarida belgilangan konsentratsiyadan oshmasligi shart.
Boyitish jarayonlari ko‘p hollarda suvli muhitda olib boriladi.
Shuning uchun mahsulotlarni suvsizlantirish ikki bosqichdan
iborat bo‘lib, namlik oldin arzon jarayon hisoblangan mexanik
usul bilan, so‘ngra qolgan namlik bo‘lsa quritish yo‘li bilan
ajratiladi. Mahsulot tarkibidagi
namlikni bunday murakkab
yo‘l bilan ajratish usuli jarayonning samaradorligini oshiradi.
Foydali qazilmalarni boyitish fabrikalarida, flotatsiya, gravitatsiya
usulida boyitishda juda katta miqdorda suv sarflanadi. Masalan,
flotatsiya usulida rudani boyitishda olingan konsentrat tarkibining
har bir tonnasida 3–4 m
3
gacha, chiqindi tarkibida esa 10 m
3
gacha suv bo‘ladi, shu sababli boyitma (konsentrat) va chiqindi
suvsizlantiriladi. konsentrat tarkibidagi suvni ajratib olishdan
maqsad, konsentrat tarkibidagi suv miqdorini me’yoriga keltirish,
qish oylarida transport orqali tashilayotganda, muzlash holatlarini
yo‘qotishdir. Chiqindi tarkibidagi suvni yo‘qotish esa chiqindi
saqlash omborlariga joylashtirish qulayligi va qayta ajratib olingan
suvni fabrikaga jo‘natilib yana qaytadan
texnologik maqsadlarda
foydalanishdir. Suvni qayta ishlatish boyitish fabrikalari uchun
8
juda katta ahamiyatga ega, bunda toza suv sarfi tejaladi, oqova
suvlar ifloslanmasligining oldi olinadi, shuningdek, atrof-muhit har
xil zaharli moddalardan saqlaniladi.
Boyitish mahsulotlari ishlab chiqarish
texnologiyasida modda
almashinish jarayonlari muhim o‘rin egallaydi. Bunday jarayonlar
moddalarning bir fazadan ikkinchi fazaga o‘tishiga asoslanadi.
Fazalar suyuq, qattiq, gaz va bug‘ holatida bo‘lishi mumkin.
Sanoatda quyidagi modda almashinish jarayonlari ishlatiladi:
Do'stlaringiz bilan baham: