13.Matbuot (konfrensiya ) usul. Talabaning ilmiy amaliy maruzalari, reforat ishlari, seminar yoki amaliy mashg‘ulotlarda o‘tkazilgan mavzularni muhokama qilish uchun o‘tkazilgan usul hisoblaniladi. Mashg‘ulotda ilmiy amaliy tatqiqotning borishi amalda qo‘lanilgan natija amaliy ish mashqlari analiz –sintez qilinadi. Xulosalar chiqarilib, yangi ishlar rejalashtiriladi.
“Tanqidiy fikrlar” usuli. Bu usul amerikalik psixolog va pedagog Dgion Dyuning “ Insoning sharoitlar va temperamentga nisbatan tanqidiy fikrlashigina shaxs istagi va qiziqishlarini to‘g‘ri yo‘lga sola oladi “ aqidasiga rioya qilib, talim oluvchining o‘z bilimi, jismoniy, ruhiy tayyorgarlik darajasini tanqidiy o‘lchovlar, fikrlar orqali yechish, bahs-munozaraga to‘g‘ri ishtirok etish ko‘nikmasini hosil qilish maqsadida qo‘laniladi. Bu usul o‘quvchi- talabalarga o‘zgalar fikrini tinglash, o‘z fikrlarini taqqoslash, muloqot olib boorish, yechimlarni to‘g‘ri topishga to‘l ochib beradi va ularda analitik fikrlash, to‘g‘ri hukm chiqarish qobilyatini rivojlantirishga yordam beradi. Bu usul yordamida talabalar o‘z fiklarini erkin bayon etib, fikrlarni oydinlashtish, ilmiy – amaliy asoslash, o‘zgalar fikrlarini o‘rganish, o‘z fikrining tahlili asosida to‘g‘ri xulosa chiqarish va aniq natija,qaror qabul qilishni o‘rganadilar.
“Mantiqiy fikrlash “ uch bosqichda–davat, mazmuni anglash, fikrlash bosqichlarida amalga oshiriladi. Mantiqiy bosqichda yangi mavzuga oid tushunchalar, oldin o‘rganilgan ma’lumotlarga tayangan xolda aniqlanadi. Aniqlik bosqichida bilaman, bilmoqchiman,qonuniga asoslanib bilimlar, fikrlar taqoslaniladi .
Fikrlash bosqichida yangi o‘rganilgan bilimlar, tanqidiy fiklar yordamida g‘oyalar, axborotlar mustahkamlanadi, to‘ldiriladi. Bunda talabalarga matn bilan ishlash malaksi takomilashadi shahsiy sifatlar rivojlanadi.
“Ajurli arra” usuli. (Ajur fransuzcha “ajour” so‘zidan olingan bo‘lib, ikki tomoni ochiq, bir tomondan ikkinchi tomnga o‘tish manosini anglatadi). Bu usul topshiriq yoki matnning bir necha qismiga bo‘lib berilishi yordamida tashkil qilinishi lozimligini talab etadi. Eksprementlar belgilanadi. Har bir guruhda o‘quvchi topshiriqni avval o‘z guruhida, so‘ngra ekspremental guruhda o‘rganadi. O‘z guruhida bildirilgan fikrga qo‘shilmagan o‘quvchi,ikkinchi guruh fikriga qo‘shilsa, u o‘sha guruh tomonga o‘tib ularning fikriga qo‘shilishi mumkin . Bu usul yordamida talabalar pedagogik ma’lumotlarni egallashda hamkorlikda ishlaydilar va qisqa vaqt ichida katta hajmdagi ma’lumotga ega bo‘ladilar.
“Videotopishmoq” usuli. So‘nggi yillarda pedagogik faoliyatda turli axborot vositalar (kompuyuter, televidinya, radio,nusha ko‘chiruvchi qurulma,slayt,video va audio magnitafonlar) yordamida ta’lim jarayoni tashkil etishga alohida etibor qaratilmoqda.
O‘qituvchilar oldida ta’lim jarayonida turli axborot vositalaridan o‘rinli va maqsadga muofiq foydalanish vazifasi turibdi . Videotopishmoq metodidan foydalanishda quydagi harakatlar amalga oshirilda:
-taxsil oluvchilar etiborida o‘rganilayotgan mavzu mohiyatini tasviriy yoritishga yordam beruvchi bir necha videolavha namoyish etiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |