17.“Yumaloqlangan qor o‘yini” usuli. Bu metod ham mavzuning muayyan qismlarida bo‘lgan xolda o‘zlashtirish imkonini beradi hamda taxsil oluvchilarda guruh hamda juftlikda ishlash ko‘nikmalarni shakllantirishga hizmat qiladi. Metodni qo‘llash jarayonida quyidagi ishlar amalga oshiriladi:
-tasvirli kartochkalar tayyorlaniladi;
-ularning orqa tomonida mavzuni o‘zlashtirishga oid o‘n beshdan variantdan iborat topshiriqlar yoziladi;
-sinf taxsil oluvchilari ikki yoki uch guruhga bo‘linadilar(guruhlarni hosil qilishda tasvirli kartochkalardan foyadalaniladi)
-har bir guruh azolari bir necha juftlikga biriktiriladi;
-har bir juftlik bir variantdagi topshiriqni bajaradi;
-jarayon yakunida umumiy xulosalar chiqaradilar;
“Yumaloqlangan qor o‘yini” metodidan muayan bo‘lim yoki boblar bo‘yicha o‘zlashtirilgan nazariy va amaliy bilimlarni mustahkamlash maqsadida fotdalanish nihoyatda qulay.
16 “Zakovatli zuko” usuli.Mavjud bilimlarni puxta o‘zlashtirishda taxsil oluvchilarning fikrlash, tafakkur yuritish layoqatlariga egaliklari muxim axamyatga ega. “Zakovatli zuko” metodi taxsil oluvchilarda tezkor fikrlash ko‘nikmalarni shakllantirish, shuningdek,ularning tafakkur tezliklarini aniqlashga yordam beradi.
Metod o‘z xohishlariga ko‘ra shaxsiy imkoniyatlarni sinab ko‘rish istagida bo‘lgan taxsil oluvchilar uchun qulay imkoniyatlarni yaratadi. Ular o‘qituvchi tomonidan berilgab savollarga qisqa mudatlarda to‘g‘ri va aniq javob qaytara olishlari zarur. Savollarning murakablik darajasiga ko‘ra har bir savolga ko‘tarilgan to‘g‘ri javob uchun ballar belgilaniladi. Yakuniy ballarning o‘rtacha arifmetik qiymatini toppish asosida taxsil oluvchilarning tafakkur tezligi aniqlanadi.
Ballarning belgilanishi tahsil oluvchilarning shaxsiy imkoniyatlari to‘g‘risida aniq tasvurga ega bo‘lishlarini taminlaydi.
Metod tahsil oluvchilar bilan yakka tartibda,guruhli va ommaviy ishlashda birdek qo‘llanilishi mumkin.
19. “Qarama- qarshi munosabat” usuli. Metod o‘z mohiyatiga ko‘ra o‘zlashtirilgan bilimlarni tahlil va sintez qilish asosida asosiy hamda ikkinchi darajali ma’lumotlar sifatida guruhlarga ajratish imkonini beradi. Metodni qo‘llashda quydagi harakatlar amalga oshiriladi:
-mavzuning umumiy mazmuni yodga olinib, uning axamyatini yorutuvchi tayanch tushunchalar aniqlanadi;
-ular muayyan ketma-ketlikda qayt etiladi;
-tushunchalar shaxsiy yondashuv asosida muhim va u qadar muhim bo‘lmagan tushunchalar tarzida guruhlanadi;
-jadval yaratilib, uning birinchi ustuniga muhim bo‘lgan, ikkinchi ustunida muhum bo‘lmagan tushunchalar yoziladi;
-kichik guruhlar asosida shaxsiy yondashuvlar muhokama qilinadi;
-jamoaning umumiy fikriga ko‘ra yakuniy xulosani ifoda etuvchi jadval yaratiladi;
Tahsil oluvchilar faoliyatining samaradorligini taminlash uchun ularning e’tiborlariga quydagi jadvallarni taqdim etish maqsadida muvofiqdir:
Yakka tartibda ishlash jarayonida foydalanish uchun: