MAVZUNING AHAMIYATI
№
|
Muhim tushunchalar
|
№
|
Muhim
tushunchalar
|
bo‘lmagan
|
1.
2.
3.
|
|
1.
2.
3.
|
|
|
Jamoa asosida ishlash jarayoni uchun
MAVZUNING AHAMIYATI
№
|
Jamiyatning
(iqtisodiy-madaniy) hayotidagi roli (o‘rni)
|
ijtimoiy
|
Shaxs (o‘rni)
|
hayotidagi
|
roli
|
1.
2.
3.
4.
5.
|
|
|
|
|
|
“Sinkveyn” (axborotni yig‘ish) usuli. bu usul pedagogika turkumi fanlaridan olingan bilimlarni yig‘ish maqsadida o‘tkaziladi. Bu usul o‘rganilmagan, ammo bo‘lajak tarbiyachi-o‘qituvchi uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlar mazmunini chuqur o‘rganish jarayonida o‘rganiladi va fikrlar kengaytiriladi. Ushbu usul o‘quvchi (talaba)larga o‘z fikrlarini to‘plash, ularni qisqa va aniq ifodalash, mulohazalarni sintezlash hamda o‘z mulohazalarini takomillashtirishga yordam ko‘rsatadi. Asosan, “sinkvey” usuli olingan ma’lumotlarni to‘plash, fikrlarini umumlashtirish, muomala vaziyatini yechish, tafakkurini rivojlantirish maqsadida tuziladi. Misol uchun, talabalar “Umumiy pedagogika” fanidan “Ta’lim to‘g‘isida”gi qonun va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” yuzasidan “Nimani bilasiz?” savoli yuzasidan o‘qituvchi yozuv taxtasiga uzluksiz ta’lim turlari ta’lim mazmunini belgilovchi ko‘rsatmalar va O‘zbekiston ta’limida qaysi sohalarga e’tibor qaratilgan v.h.k savollar nimani anglatishini so‘raganda tinglovchilar va ta’lim oluvchilar ta’lim strukturasi DTS, reja, dastur, darsliklarni, o‘rta maxsus, kasb-hunar, oliy ta’limda bular to‘g‘risida ma’lumotlar umumlashtiriladi va sintezlashtiriladi.
“Tayanch signallar” usuli. bu usul mavzu bo‘yicha tayanch manbalar, bilimlarni eslatuvchi signallar yozib qo‘yiladi. O‘quvchi (talaba) shu signallardan foydalaib javob topadi va mavzuni to‘liq o‘zlashtirib oladi. “Tayanch signallar” usulidan foydalanilganda pedagogik atamalar tushunchalariga doir signallar (belgilar) yozuv taxtasida yoki ko‘rgazmali vatmanlarda yozib qo‘yiladi. Talabalar shu belgilarni nazarda tutib qo‘yilgan topshiriq va savollarga javob topadilar, mavzuni to‘liq o‘zlashtirib oladilar. Bunda pedagogika fanlarning tarkibiy bo‘limlari yordamida kod bilan ifodalaniladi .
Manashu ifodalarga qarab talaba nima to‘g‘risida so‘z borayotganligini anglaydi va uning mazmunini ochib beradi.
“Insert” usuli. Bu usul talabalar faolliyatini yuqori darajada bo‘lishini taminlash va ta’lim – o‘qish, o‘rganish jarayonida o‘z bilimini,aniqlab olingan malumotlarni bilimlar ularga taxlily yondashib olishlari, ko‘nikmalarni shakllantirish yo‘lga qo‘yiladigan usul hisoblanadi. Ma’lumki, ko‘p hollarda o‘quvchi – talabalar mavzu matnini, avvalidan oxirigacha o‘qib gap nima haqida borayotganligini eslay olmasliklari mumkin . Chunki, ularning diqqati matn mazmuniga qaratilgan bo‘lib, yoritilayotgan masalalar mazmunini anglash va uni kuzatish nazarda tutilmagan bo‘ladi . Bu usulni qo‘llash talaballarni faollashtirilishi, ularning mantiqiy fikrlashlarini yo‘lga qo‘yish, anglab kuzatgan hodisalarni erkin aytib berishlarni taminlash, yozma va og‘zaki nutqlarining yanada rivojlanishi uchun imkon yaratish ishlari amalga oshiriladi.
“Qarorlar shajarasi” usuli. Ushbu usul qiyin va turlicha murakkablikga ega bo‘lgan fanlardan (murakkab mavzularni o‘zlashtirish, ma’lumotlarni tahlil qilish va ular yuzasidan muayyan xulosalarga kelish, hamda yakuniy eng to‘g‘ri fikrni toppish maqsadini oqilona hal etishga yordam beruvchi usul hisoblanadi. Bu usul bir necha ta’lim oluvchilarning to‘g‘ri javoblarini jamlash va baholash imkonini beradi. Usul mashg‘ulot jarayonida bildirilgan fikrlardan oqilona qaror qabul qilish, javoblarning to‘g‘ri yoki noto‘g‘ri jihatlarini tahlil qilish orqali amalga oshadi. Mashg‘ulotning boshlang‘ich bosqichida mavzu mazmuni bo‘yicha biror muammo belgilab olinadi va o‘quvchilar guruhlarga bo‘linadi(har guruh 5-6 kishini tashkil qilishi muhim) muammo yuzasidan o‘z javoblarini ya’ni fikrlarini bildiradilar va muayyan qarorga keladilar. Bu quyidagi ko‘rinishda bo‘ladi:
Mashg‘ulotda o‘quv-biluv faoliyati quyidagicha bo‘ladi: 1.Mavzu bo‘yicha muammo belgilanadi.
2.Talabalar guruhi kichik guruhlarga bo‘linadi.
3.Vaqt belgilab olinadi.
4.Guruhlarning javoblari guruhda muhokama qilinadi.
5.Vaqt tugagach har bir kichik guruh sardori o‘z guruhining savoli bo‘yicha qarorini e’lon qiladi.
6.Javob(fikr)lar muhokama qilinib, yagona qaror qabul qilinadi.
Xulosa qilib aytganda oliy o‘quv yurtlarida o‘quv fanlarini, ayniqsa, “Pedagogika nazariyasi va tarixi” fanini o‘rganishda yig‘ish, ma’lumotlarni tarqatish olib boriladi hamda o‘tmishdagi buyuk pedagoglar siymosi teatrlashtirilgan holda namoyish etiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |