Axborotlashgan jamiyatning moddiy va texnologik negizini kompyuter texnikasi va kompyuter tarmoqlari, axborot texnologiyalari, telekommunikatsiya aloqalari asosidagi turli xil tizimlar tashkil etadi.
Korxona va tashkilotlarning faoliyati bevosita axborotlarni qayta ishlash bilan bog‘lik. Qaror qabul qilish ushbu axborotlarni to‘plash, qayta ishlash va taxlil qilgandan sung mumkin bo‘ladi. Optimal
yechimga ega bulish uchun esa juda katta hajmdagi axborotlarni qayta ishlash uchun moslashgan maxsus texnik vositalarsiz amalga oshirish mumkin emas.
Katta hajmdagi axborotlarni paydo bo‘lishiga quyidagilar sabab bo‘lishi mumkin:
hujjatlar, hisobotlar, ma’ruzalar, dissertatsiyalarning hajmining keskin usib ketishi;
Ilmiy nashriyotlar sonining oshishi;
har xil sohalardagi axborotlarni (tibbiyot, iqtisodiyot, fan, texnika va h.k.) ma’lumot tashuvchilarda saqlanishi;
Natijada axborotlar diqqatimizdan chetda qolish ehtimoli oshadi. Buning oqibatida axborot inqirozi yuz beradi, uning asosiy kurinishlari quyidagilar hisoblanadi:
insonning axborotlarni qabul qilish imkoniyatining cheklanganligi va katta hajmdagi axborotlar oqimi;
axborotlar hajmi har yili 2 marotaba oshib borishi bilan birga, undagi ortiqcha qismi asosiy axborotni anglashni qiyinlashtiradi;
axborotni tarqalishida iqtisodiy, siyosiy va boshqa to‘sqinlarni paydo bo‘lishi.
Ushbu vaziyatdan chiqib ketish maqsadida kompyuter texnikasini keng joriy etish natijasida jamiyatda yangi jarayon boshlandi, ya’ni axborotlashtirish jarayoni.
Jamiyatni axborotlashtirish – ijtimoiy-iqtisodiy va ilmiy- texnikaviy jarayonlarni tashkillashtirish, fuqarolarni, davlat tashkilotlarini, korxonalarni axborotga bo‘lgan ehtiyojlarini qondirishdagi axborot resurslarini tashkillashtirish jarayonidir.
Dunyo mamlakatlariga nazar tashlaydigan bo‘lsak AQSh da ushbu jarayon 1960-yillardan boshlangan, Yaproniyada 1970-yil , 1980- yillardan Yevropada, O‘zbekistonda ushbu jarayon 1990-yillardan boshlandi.
Shu bois kompyuterlashtirish bilan axborotlashni farqini anglab olamiz. Jamiyatni kompyuterlashtirish – bu asosan kompyuter texnik ta’minotini rivojlan-tirish va joriy etish tushuniladi. Jamiyatni axborotlashtirishda esa asosiy diqqatni biz zaruriy bilimlar bilan ishlash uchun kerak bo‘lgan barcha chora-tadbirlarni ishlab chiqish va joriy etishni tushunamiz. Shu bois axborotlashtirish tushunchasi kompyuterlashtirishga nisbatan keng tushuncha hisoblanadi.
Yuqorida qayd etilganidek, kupgina mamlakatlarda axborotlashtirish jarayonini kuzatish mumkin. Bu borada Yaponiyada axborotlashtirish konsepsiyasining asosiy goyalari diqqatga sazovordir:
axborotlar almashuvini yagona kommunikatsiya kanallari orqali amalga oshirish
bir vaqtning uzida abonentlarga ko‘p xizmat turlarini taklif etish
intellektual interfeysli terminallarni yaratish va joriy etish
parallel hisoblashlarni amalga oshiradigan kompyuterlarni yaratish
neyrokompyuterlarni ishlab chiqish
nur yordamida ma’lumotlarni qayta ishlovchi kompyuterlarni yaratish.
O‘zbekistonda ham jamiyatni axborotlashtirishga yunaltirilgan qarorlar va dasturlar ishlab chiqilmoqda. Ushbu jarayonda rivojlangan davlatlarning tuplagan tajribasidan to‘lik foysdalanimsh zarur.
Axborotlashtirish jarayonida barchamiz quyidagi tamoyillarga amal qilishlari kerak:
zudlik bilan mamlakat taraqqiyotidagi iqtisodiy kursatkichlarni o‘sishini kuzatilmasligi;
iqtisodiyotda yangi ilmiy yunalishlarga tayangan ishlab chiqarishni rivojlantirish;
iqtisodiyotning axborot sektorining ustuvorligini ta’minlash;
fan-texnika yutuqlarini keng qo‘llash;
axborotlashtirish jarayonini moliyalashtirish;
axborotlashtirishning asosiy maksadi etib insonlar faravonligini oshirish deb qabul qilish.
Axborotlashtirish jarayoning natijasida axborotlashgan jamiyat yaratiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |