G‘. M. Milliy iqtisodiyotda axborot tizimlar va texnologiyalar



Download 3,32 Mb.
bet32/142
Sana14.07.2022
Hajmi3,32 Mb.
#798232
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   142
Bog'liq
MILLIY IQTISODIYOTDA AXBOROT TIZIMLAR VA TEXNOLOGIYALAR

Axborotlashgan jamiyat - ko‘pchilik ishlovchilarning axborot, ayniksa uning oliy shakli bo‘lmish bilimlarni ishlab chiqarish, saqlash, qayta ishlash va amalga oshirish bilan band bo‘lgan jamiyatidir.
Jamiyatni axborotlashtirish deganda, axborotdan iqtisodni rivojlantirish, mamlakat fan-texnika taraqqiyotini, jamiyatni demokratlashtirish va intellektuallashtirish jarayonlarini jadallashtirishni ta'minlaydigan jamiyat boyligi sifatida foydalanish tushuniladi.
Darhaqiqat, jamiyatni axborotlashtirish — inson hayotining barcha jabhalarida intellektual faoliyatning rolini oshirish bilan bog‘liq obyektiv jarayon hisoblanadi.
Jamiyatni axborotlashtirish respublikamiz xalqi turmush darajasining yaxshilanishiga, ijtimoiy ehtiyojlarning qondirilishiga, iqtisodning o'sishi hamda fan-texnika taraqqiyotining jadallashishiga xizmat qiladi.
Jamiyatni axborotlashtirish jarayonini 5 asosiy yo‘nalishga ajratish mumkin:

  1. Mehnat, texnologik va ishlab chiqarish jarayoni vositalarini kompleks avtomatlashtirish.

  2. Ilmiy tadqiqotlar, loyihalash va ishlab chiqarish jarayonlarini axborotlashtirish.

  3. Tashkiliy - iqtisodiy boshqarishni avtomatlashtirish.

  4. Aholiga xizmat ko‘rsatish sohasini axborotlashtirish.

  5. Ta'lim va kadrlar tayyorlash jarayonini axborotlashtirish.

Axborotlashgan jamiyatda barcha sohalarni kompyuterlashtirish orqali barchamiz zaruriy axborot manbalariga kirish imkoniga ega bo‘lamiz. Undan tashqari axborotlarni qayta ishlash avtomatlashtirilgan bo‘ladi. Jamiyatning rivojlanishi axborotlar ishlab chiqarish bilan bog‘lik bo‘ladi.
Shunday qilib, axborotlashgan jamiyatda bilimlar ishlab chiqiladi va iste’mol qilinadi, bu esa aqliy mehnatga talabni kuchaytiradi. Shu bois insondagi bilimga bo‘lgan ehtiyoj kuchayadi va undan ijodiy yondashuv talab qilinadi.
XX asr oxirlarida ilg‘or mamlakatlarda fan va texnika rivojlanishining real amaliyotida nazariyotchilar yaratgan axborot jamiyati manzarasining chizgilari sekin - asta namoyon bo‘lmoqda. Butun dunyo makonining elektron kvartira va kottejlarida yashovchi kishilar yagona kompyuterlashgan va axborotlashgan jamiyatga aylanishi kutilmokda. Istalgan turar joy turli elektron uskunalar va kompyuterlashgan moslamalar bilan jihozlanadi. Odamlar faoliyati asosan axborotni qayta ishlashga qaratiladi, moddiy ishlab chiqarish esa mashinalarga yuklanadi.
XX asrning so‘nggi o‘n yili mobaynida axborotlar bilan ishlash va axborot-lashtirish juda rivojlandi. Bunga sabab shundaki, kundalik turmushda axborotlar, ularni qayta ishlash va uzatishning ahamiyati ortib bormoqda. Bu esa, o‘z navbatida jamiyatning har bir a’zosidan axborotlashtirish va axborot texnolo-giyalari sirlarini, uning qoida va qonuniyatlarini mukammal bilishni taqozo etadi.
Respublikamiz mustaqillikka erishganidan so‘ng, axborotlashtirish va axborot texnologiyalaridan foydalanish yo‘nalishida katta tadbirlar amalga oshirildi. Hukumatimiz tomonidan qabul qilingan «Ta'lim to‘g‘risida»gi Qonunda bu dasturning tub mohiyati bayon etilgan. Shuningdek, so‘nggi 5-6 yil ichida bu sohada qabul qilingan qator hujjatlar axborotlashgan jamiyatni qurish eng oliy insoniy orzu-niyatga aylanganligidan dalolat beradi.
Axborotlashgan jamiyatga o‘tishda kompyuter va telekommunikatsiya axborot texnologiyalari negizida yangi axborotni qayta ishlash sanoati yuzaga keladi. Shulardan kelib chiqqan holda quyidagi ta’rifni kiritish mumkin:

Download 3,32 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   142




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish