Axborot texnologiyalarining xususiyatlari
Axborot texnologiyalarini boshqaruv tizimi tarkibiga obyekt shaklida shakllantirish natijasida uning xususiyatlari namoyon bo‘ladi. Bunda quyidagi asosiy xususiyatlarni keltirish mumkin:
hujjatlashtirish – qabul qilingan hujjatlar asosida axborot texnologiyalarini ma’lumot tashuvchilarida tasvirlash imkoniyati;
ishonchlik – axborot texnologiyalarini qo‘llash jarayonida uning barcha funksiyalarining qo‘yilgan talablarga to‘liq javob berish imkoniyati;
yakunlanganligi – axborot texnologiyalarini ishlab chiqarish jarayonida yo‘l qo‘yilgan xatoliklar ehtimoli;
tushunarlik va aniqlik – foydalanuvchilar tomonidan o‘zlashtirishning yengilligi;
ochiqlik va kengayish – axborot texnologiyalariga yangi elementlar va aloqalarni kiritish imkoniyati;
tejamkorlik – axborot texnologiyalarini joriy qilishda talab etiladigan resurslar;
formallashganlik – axborot texnologiyalarini abstrakt holatga o‘tkazish;
himoyalanganlik – axborotlarga noqonuniy kirishlarni qayd qilish va cheklash;
samaradorlik – axborot texnologiyalarini qo‘llashdagi texnikaviy, iqtisodiy va ijtimoiy jihatlarni samaradorliklarini belgilovchi xossa.
Axborot texnologiyalarini mohiyati nuqtayi nazar quyidagi asosiy xususiyatlarni keltirish mumkin:
maqsadga muvofiqligi;
tashkily qismlar va tuzilishning mavjudlig;
tashqi muhit bilan o‘zaro aloqasi;
yaxlitlik;
vaqtda rivojlanishi.
Maqsadga muvofiqligi – axborot texnologiyalarini joriy etishdan asosiy maqsad qilib zamonaviy kompyuterlarni qo‘llash orqali axborotlarni qayta ishlashni yo‘lga qo‘yish va shu orqali ishlab chiqarish samaradorligini oshirish hisoblanadi.
Predmet sohasi
Chiqarish korxonalar, xizmatlar,vositalar
Funksional jarayonlar
Axborotiy-texnologik jarayonlar
- rasm. Axborot texnologiyalarining tarkibi
Tashkily qismlar va tuzilishning mavjudligi – bu tashkilotning tuzilmasi bo‘lib, uning ichki holatini va qismlarining o‘zaro bog‘langanligini belgilab beradi, va uning asosiy ikki qismdan, ya’ni tayanch texnologiyalar va bilimlar bazasidan tashkil topganligini namoyon qiladi.
Predmet sohaning modeli – korxona mutaxassislari va axborot texnologiyalarining ishlab chiquvchilari orasidagi muloqotni ta’minlashga qaratilgan ta’riflar to‘plami.
Tayanch texnologiya – axborotlarni saqlash va qayta ishlash tizimlarini amalga oshiruvchi apparat vositalar, tizimli va amaliy dasturlar ta’minoti to‘plami.
Bilimlar bazasi – bu kompyuter xotirasida jamlangan bilimlar to‘plami. Bilimlar bazasi bevosita predmet sohasiga mansub bo‘lgan ma’lumotlar bazasini o‘z ichiga oladi (rejali topshiriqlar, ilmiy ma’lumotlar, ishlab chiqarish ma’lumotlari, va boshqa turdagi ma’lumotlar).
Tashqi muhit bilan o‘zaro aloqasi – axborot texnologiyalarining boshqaruv obyekti bilan o‘zaro munosabati, korxonalar va tizimlar, fan va ishlab chiqarishlarning o‘zaro aloqasi tushuniladi.
Yaxlitlik – axborot texnologiyalari yaxlit tizim deb hisoblanadi agar u yechadigan masala uning biror-bir qismiga mansub bo‘lmasa.
Vaqtda rivojlanishi – axborot texnologiyalarini dinamik rivojlanishini ta’minlashga qaratilgan bo‘lib, uning yangilanishi, tarkibining o‘zgarishi va uning tarkibiga yangi qismlarni joriy qilishdir.
Jamiyatning rivojlanishida axborot texnologiyalari strategik ahamiyatga ega bo‘lib, bunda uning quyidagi xossalarini qayd qilish mumkin:
Axborot texnologiyalari jamiyatda mavjud axborot resurslaridan samarali foydalanishga imkoniyat beradi. Ko ‘p yillik kuzatuvlar natijasida aniqlanishicha axborot resurslarini faollashtirish, tarqatish va undan samarali foydalanish bevosita iqtisodiy resurslarni tejashga olib keladi, masalan, energiya, foydali qazilma boyliklari, vaqt, inson resurslari.
Axborot texnologiyalari bevosita axborot jarayonlarini optimallashtirish va ko‘p hollarda uni avtomatlashtirishga qaratilgan bo‘lib, oxirgi yillarda jamiyatimizni barcha jihatlarini qamrab olmoqda.
Axborot texnologiyalari ishlab chiqarish va ijtimoiy jarayonlarda asosiy element bo‘lib xizmat qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |