G‘. M. Milliy iqtisodiyotda axborot tizimlar va texnologiyalar



Download 3,32 Mb.
bet37/142
Sana14.07.2022
Hajmi3,32 Mb.
#798232
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   142
Bog'liq
MILLIY IQTISODIYOTDA AXBOROT TIZIMLAR VA TEXNOLOGIYALAR

Asosiy dasturiy ta’minot (base software) — bu, kompyuter ishini ta’minlovchi dasturlarining minimal to‘plamidan iborat.
Ularga quyidagilar kiradi:

  • operatsion tizim (OT);

  • tarmoq operatsion tizimi.

  • yordamchi(xizmat ko‘rsatuvchi) dasturiy ta’minotga asosiy dasturiy ta’minot imkoniyatlarini kengaytiruvchi va foydalanuvchining ish muhitini (interfeysni) qulayroq tashkil etuvchi dasturlar kiradi. Bular tashhis qiluvchi, kompyuterning ishchanligini oshiruvchi, antivirus, tarmoq ishini ta’minlovchi va boshqa dasturlardir.

Shunday qilib, tizimli dasturiy ta’minotni sxematik ravishda quyidagicha tasvirlash mumkin.

Tizimli dasturiy ta’minot kompyuterda axborotni qayta ishlash jarayonini tashkil etadi va amaliy dasturlar uchun me’yordagi ish muhitini ta’minlaydi.


Tizimli dastur ta’minoti o‘z ichiga quyidagilarni oladi:

      1. Operatsion tizimlar

        • Bir vazifali, bir paytda yagona foydalanuvchiga mo‘ljallangan

        • Ko‘p vazifali, bir paytda ko‘p foydalanuvchiga mo‘ljallangan

        • Tarmoqli

      2. Servis dasturlar

        • Qobiqlar

        • Utilitalar

        • Antivirus vositalar

        • Arxivatorlar

      3. Dasturlash tillari translyatorlari

        • Translyator-kompilyatorlar

        • Translyator-interpritatorlar

        • Assemblerlar

      4. Texnik xizmat ko‘rsatish dasturlari

        • Test dasturlari

        • Maxsus nazorat dasturlari
    1. Zamonaviy opеratsion tizimlarning tavsifi


Operatsion tizim (OT) - bu EHM zaxiralarini boshqarish, amaliy dasturlarni chiqarish va ularning tashqi qurilmalar, boshqa dasturlar bilan
o‘zaro aloqasini amalga oshiruvchi, shuningdek, foydalanuvchining kompyuter bilan muloqotni ta’minlovchi dasturiy vositalar yig‘indisidir. EHMning istalgan komponentlari va ularga beriladigan imkoniyatlar: markaziy protsessor, tezkor va tashqi xotira, tashqi qurilmalar, dasturlar va boshqalar-zahira bo‘lib xizmat qiladi. OT foydalanuvchiga hisoblash tizimi bilan qulay muloqot qilish usulini (interfeys) taqdim etadi. Bunda
interfeys dasturiy va foydalaniladigan bo‘lishi mumkin.
Dasturiy interfeys - hisoblash tizimi doirasida qurilma va dasturlar o‘zaro ta’sirini ta’minlovchi vositalar yig‘indisndir.
Foydalanuvchn interfeysi - foydalanuvchining dasturiy yoki EHM bilan o‘zaro ta’sirdagi dasturiy va apparat vositalaridir.
O‘z navbatida foydalanuvchi interfeysi buyruqli yoki obyektli- yo‘naltirilgan bo‘lishi mumkin. Buyruqli interfeys kompyuter zaxiralarini boshqarish bo‘yicha harakatlarni bajarishda foydalanuvchi tomonidan buyruqlarni klaviaturadan kiritishni ko‘zda tutadi. Obyektga - yo‘naltirilgan interfeys - fayllar, kataloglar, diskovodlar, dasturlar, hujjatlar va boshqalarni taqdim etuvchi obyektlar ustidan operatsiyalarni amalga oshirish vositasida hisoblash tizimlari zahiralarini boshqarishdir.
Har bir kompyuter albatta operatsion tizim turkumiga ega bo‘ladi, ularning har biri uchun amaliy dasturlarniig o‘z turkumi yaratiladi.
Ko‘pgina operatsion tizimlar xatolarni tuzatish va yangi imkoniyatlarni kiritish yo‘nalishida modifikatsiyalanadi va takomillashadi. Savdo markasini saqlash maqsadlarida operatsion tizimning yangi modifikatsiyasi qayta nomlanmaydi, balki versiyalar (tahlil) nomini oladi.
Operatsion tizimlarning 8, 16, 32, 64 razryadlilarga bo‘linadi. Bunda operatsion tizim razryadliligi mikroprotsessor razryadliligidan oshib ketmasligi tushuniladi.
Bajaradigan vazifalaridan kelib chiqib, operatsion tizimlarni ikki guruhga bo‘lish mumkin:

  • bir vazifali (single-tasking operating systems, bir paytda yagona foydalanuvchiga mo‘ljallangan);

  • ko‘p vazifali (multitasking operating systems , bir paytda yagona foydalanuvchiga mo‘ljallangan).

Operatsion tizimlarni yadrosi bo‘yicha uch guruhga bo‘lish mumkin:

  • monolit yadroli (monolithic operating systems);

  • mikroyadroli (microkernel operating systems);

  • gibridli yadro (hybrid operating systems).

Foydalanuvchilar soni bo‘yicha operatsion tizimlarni ikki guruhga bo‘lish mumkin:

  • bir foydalanuvchi (single-user operating systems );

  • ko‘p foydalanuvchi (multi-user operating systems );

Protsessorlarni soni bo‘yicha operatsion tizimlarni ikki guruhga bo‘lish mumkin:

  • bir prosessorli (uniprocessor operating systems );

  • ko‘p protsessorli (multiprocessor operating systems );

Tarmoqni tashkil qilishi bo‘yicha operatsion tizimlarni ikki guruhga bo‘lish mumkin:

  • lokal (local operating systems);

  • tarmoqli (network operating systems );

Tarmoqda bajaradigan funktsiyasi bo‘yicha operatsion tizimlarni ikki guruhga bo‘lish mumkin:

  • serverli (server operating systems);

  • kliyentli (client operating systems );

Litsenziya turi bo‘yicha operatsion tizimlarni ikki guruhga bo‘lish mumkin:

  • ochiq kodli (open-source operating systems);

  • yopiq kodli (proprietary operating systems ).

Qo‘llash sohasi bo‘yicha operatsion tizimlarni olti guruhga bo‘lish mumkin:

  • maynfreymlarga mo‘ljallangan (mainframe operating systems);

  • serverlarga mo‘ljallangan (server operating systems);

  • shaxsiy kompyuterlarga mo‘ljallangan (personal computer operating systems);

  • mobil qurilmalarga mo‘ljallangan (mobile operating systems);

  • ichki joylashtirilgan (embedded operating systems);

  • marshrutizatorlarga mo‘ljallangan (router operating systems);

Hisoblash ishlarini tashkillashtirish bo‘yicha operatsion tizimlarni uch guruhga bo‘lish mumkin:

  • paketli qayta ishlash (batch processing operating systems);

  • vaqtni taqsimlash (time-sharing operating systems );

  • real vaqtli (real-time operating systems ).

Bir vazifali OT bir foydalanuvchining har bir aniq paytda aniq bir vazifani bajarish uchun mo‘ljallangan.
Ko‘p vazifali OT vaqtni multi dastur rejimida taqsimlashda kompyuterdan jamoa bo‘lib foydalanishni ta’minlaydi.
Tarmoqli operatsion tizimlar lokal va global tarmoqlarning paydo bo‘lishi bilan bog‘liq va foydalanuvchining hisoblash tarmoqlari barcha resurslariga (zaxiralariga) kirishini ta’minlash uchun mo‘ljallangan.
Tarmoqli operatsion tizimlar lokal va global tarmoqlarning paydo bo‘lishi bilan bog‘liq va foydalanuvchining hisoblash tarmoqlari barcha resurslariga kirishini ta’minlash uchun mo‘ljallangan.
Tarmoqli OT – umumiy arxitekturaga va kommunikatsiya protokollariga ega bo‘lgan va lokal hisoblash tarmoqlarini boshqaruvchi tizimli dasturiy vositaga aytiladi. Tarmoqli OT taqsimlangan tarmoqni yaxlitligini ta’minlaydi. Tarmoq OT quyidagi komponentlardan iborat:

  • server OT;

  • kliyent-server uchun amaliy dasturlar;

  • ishchi stansiyalarni o‘zaro aloqasini ta’minlaydigan dasturiy ta’minot.

Ushbu komponentlar o‘zaro aloqada bo‘lib tarmoqni boshqarishi quyidagi sxemada keltirilgan:


Download 3,32 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   142




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish