G‘. M. Milliy iqtisodiyotda axborot tizimlar va texnologiyalar



Download 3,32 Mb.
bet18/142
Sana14.07.2022
Hajmi3,32 Mb.
#798232
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   142
Bog'liq
MILLIY IQTISODIYOTDA AXBOROT TIZIMLAR VA TEXNOLOGIYALAR

Minikompyuter – bir necha mikroprosessorlardan tashkil topgan kompyuter. Hozirgi kunda ushbu tushuncha ishlatilmaydi.
Mikrokompyuter – markaziy prosessor oddiy mikroprosessor
shaklida bo‘lgan kompyuterdir.
Hozirgi kunda ular shaxsiy kompyuter deb yuritiladi. Lekin ba’zida shaxsiy kompyuterdan ham kichik mashinalarni nomlarida uchrab turadi.
Shaxsiy kompyuterlar tasnifi . Shaxsiy kompyuterlar – bu universal mikrokompyuter bo‘lib, asosan bitta shaxsga qaratilgan va unig boshqaruvida ishlaydi.
Shaxsiy kompyuterlarining yaratilishi texnikada revolyutsion xarakterga ega bo‘ldiki, ular ommabob hisoblash mashinalariga aylanib qoldi. Hozirgi paytda ishlab chiqarish va kundalik xayotda dunyoda 100 millionlab shaxsiy kompyuterlar ishlatilayapti.
1962-1970-yillar. AQSH da tashkil qilingan Texas Instruments, Intel, Motorola, Hewlett Packard va b. mikrosxemalarni ishlab chiqishni yo‘lga qo‘yishdi. Keyinchalik uni «chip» deb nomlashdi (“chip” – yupqa demakdir). 1969-yilda Yaponiyaning “Nippon Calculating Machines” firmasi o‘zining “Busicom” kalkulatori uchun “Intel” kompaniyasiga (kompaniya asoschilari Gordon Mur va Robert Noys) 12 ta maxsus mikrosxemalarni buyurtma qiladi. Firma injeneri Edvart Xoff (Hoff, Marian Edward; 1937) chipda markaziy protsessorni (ya’ni dasturiy boshqariladigan va arifmetik-mantiqiy operatsiyalarni bajaradi) joylashtirishni taklif qiladi, 18 oydan keyin Intel 4004 mikrosxemasi tayyor bo‘ladi. Unda 2250 ta tranzistor bo‘lib, bir sekunda 60000 ta operatsiya bajarish mumkin edi (faqatgina 4 bitlik sonlar ustida, 108 kGs chastotasi bilan). Shartnomaga binoan ushbu mikrosxemalardan foydalanish huquqi to‘liq Yaponiya firmasiga tegishli bo‘lgan. Noys zudlik bilan 60000 dollarga ushbu huquqni sotib oladi. Qiziqarlisi shukim, Yaponiyaning Nippon firmasi keyinchalik inqirozga uchraydi, Intel esa dunyodagi eng mashxur firmalardan biri bo‘lib qoladi.
1972-yilda Intel o‘zining 8 razryadli Intel-8008 chipini yaratishdi. Unda 300000 flops tezlik, 16 Kbayt xotira bilan ishlash imkoni mavjud
edi. 1974-yildan boshlab i8080 chipi sotuvga chiqariladi. Ushbu mikrosxemani asos qilib MITS firmasi «Altair» - birinchi shaxsiy kompyuterni yaratishdi. Unda 75 ta buyruq, 64 Kbayt xotira bilan ishlash imkoni va 500 kGs ko‘rsatkichlari mavjud edi. Shunday qilib, shaxsiy kompyuterlarning paydo bo‘lishi MITS (Micro Instrumentation and Telemetry Systems, Nyu-Meksiko shtati, Albuquerque shahri) firmasi bilan bog‘liq. Firma moliyaviy qiyinchiliklarga duch kelganda bozorga Altair-8800 kompyuterlarini 1975-yilda ishlab chiqardi. Unda kiritish va chiqarish qurilmalari mavjud bo‘lmagan. Ishqibozlar tezda unga klaviatura ulashdi va televizor orqali Basic tilida dasturlashni qiziqish bilan o‘rgana boshlashishdi. Basic uchun interpretatorni esa B.Geyts va P.Allen 1975-yilining may oyida yaratishdi. Keyinchalik ular shu shaharda “Microsoft” firmasini tashkil qilishadilar. 1975-76-yillar davomida MITS firmasi 10 mingta kompyuter ishlab chiqishdi va 1977- yilda firma 6,5 mln. dollarga sotildi. Shu bilan shaxsiy kompyuterlarni sanoat miqyosida ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi. Bu shaxsiy kompyuterlarning birinchi avlodi hisoblanadi.
Ushbu toifadagi kompyuterlar uchun CP/M (Control Program for Microcomputer) operatsion tizimi ishlab chiqilgan edi.
Bu vaqt mobaynida juda ko‘plab firmalar paydo bo‘la boshladi. Ulardan keng tarqalgani bular Kanada firmasi “Commodore” va amerikalik TRS (Tandy Radio Shack). Keyinchalik 1976-yilda Apple Computer firmasi kompyuter ishlab chiqishni yo‘lga qo‘ydi. Ushbu firma shu darajada tez kompyuter bozoriga kirib keldikim, ko‘plar uni eng birinchi bo‘lib, shaxsiy kompyuter yaratgan firma deb bilishadi. Ushbu firma Stiv Jobs (Jobs, Steven Paul, 1955-2011) va Stiv Voznyak (Wozniak, Steven Gary; 1950) tomonlaridan tashkil qilingan edi. Ular birinchi kompyuterini Apple-I 1976-yilning yozida ishlab chiqarishdi. Firmaning sof foydasi 1983-yilda 1 mlrd. dollarga yetgan edi.
1978-yilda Intel 16 razryadli i8086 modelini yaratishdi. Lekin tashqi qurilmalar 8 razryadli bo‘lganligi sababli Intel 1979-yilda i8088 chipini yaratishdi. Ushbu modelni IBM firmasi 1981-yilda o‘zining shaxsiy kompyuteri uchun asos qilib oladi. Shaxsiy kompyuterlarga bo‘lgan talabning kuchayishi ushbu «uyinchoqlar»ni boshqa tipdagi EHM larga nisbatan raqobat bo‘lishini ta’minladi. IBM firmasi Filip Estridj (Estridje, Philip D., 1937-1985) boshchiligida IBM PC , shaxsiy kompyuterini 1981-yil 12-avgustda yaratdi. U 64 Kbayt tezkor xotira, 5 dyumli floppi diskovod, 40 Kbaytli doimiy xotira va MS DOS 1.0 operatsion tizimi bilan jixozlangan edi. Keyinchalik IBM firmasi IBM PC
XT (eXtended Technology) shaxsiy kompyuterini 1983-yilda taqdim etdi. Unda i8086 mikroprotsessor , tezkor xotira 256 Kbayt, vinchester 10 Mbayt edi (Vinchester tushunchasi IBM firmasida 1973-yilda paydo bo‘lgan. O‘sha paytda ishlab chiqilgan diskovodlar 30 Mbaytli ikki qismdan iborat bo‘lgan. Bu esa «Vinchester 30/30» vintovkasini eslatganligi sababli ushbu so‘z kompyuter sohasiga kirib kelgan). Shundan so‘ng IBM ushbu bozorning 85% ini egallab oldi. 1984-yilda IBM PC AT (Advanced Technology) shaxsiy kompyuterini i80286 mikroprotsessori asosida yaratdi. Keyinchalik bu borada ko‘pgina firmalar paydo bo‘la boshladi, bulardan biri Compaq Computer. Ushbu firma 1994-yilga kelib IBM firmasidan ilgarilab ketdi.
Shaxsiy kompyuterlar birinchi navbatda platformasi bo‘yicha
tasniflanadi.
IBM firmasi yagona standart ishlab chikib barcha kompyuterlarni ochik arxitektura texnologiyasi bo‘yicha yaratishni joriy etgan. Apple firmasi esa yopik arxitekturani asos qilib oldi. Bu yerda quyidagi sxemani taklif kilsa bo‘ladi.
Kompyuterlarni turlari bo‘yicha tasnifi

  1. Stol kompyuterlari. Bu yerda quyidagi turlari bo‘ladi:

  • stol kompyuteri (Desktop);

  • uy kompyuteri;

  • ishchi stansiya;

  • stolli nashriyot;

  • server.

  1. Stol mini-kompyuteri (barebone).

Ushbu kompyuterlar oddiy kompyuterlardan 4 marotaba kichik bo‘ladi. Asosiy maqsad kompyuterlarni uy texnikasi qatoridan joylashtirish.

  1. Planshetli kompyuter (TabletPC).

Ushbu goya Bill Geytsga tegishli bo‘lib, 2001 yilda ishlab chikilgan. Bunda ma’lumotlar bevosita elektron pero orqali kiritiladi, ekrandagi belgilarni tanlamokchi bo‘lsak uni barmok bilan bosamiz.

  1. Kichik kompyuterlar (Notebook).

Bir joydan boshqa joyga utish davrida ham bevosita kullash mumkin bo‘lgan kompyuter. Ushbu kompyuterlar bevosita noutbuk nomi bilan yuritiladi.

  1. Subnoutbuk.

Noutbukdan ham kichraytirilgan ko‘rinishdagi kompyuter. Hozirgi kunda 100 dollar atrofida narxlarda sotish uchun ishlab chiqarish yo‘lga kuyilmoqda.

  1. Kissali kompyuterlar (KSHK – kissali shaxsiy kompyuter).

Ushbu ko‘rinishdagi kompyuterlarni 1984 yillardan boshlab ishlab chiqarish yo‘lga kuyilgan edi. Bu yerda kompyuterni kichraytirish emas, balkim kalkulyatorni kattashlashtirish orqali unga kompyuterga ta’lukli funksiya-larni yuklash eli. Ushbu kompyuterlarni organayzer (organiser) deb atashadi. Ogirligi bo‘yicha vazni 200 gramm keladigan ushbu kompyuterlarni PDA (personal digital assistant - taxminan) nomi bilan ham atashadi

  1. Kommuniqator – KSHK ko‘rinishdagi komyuter bo‘lib, GSM texnologiyasi joriy etilgan, shu bois ularni oddiy uyali telefon sifatida ham kullasa bo‘ladi.

  2. Smartfon – bu uyali telefon bo‘lib, kompyuter funksiyalari ham joriy etilgan.

Download 3,32 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   142




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish