G. M. K. Djabbarova, Z. A. Mamatova, U. R. Yusupova, I. I. Karimova, S. O. Mirzakulov oliy nerv faoliyati va


 Xotiraning turlari va biologik ahamiyati



Download 3,11 Mb.
Pdf ko'rish
bet97/126
Sana28.06.2022
Hajmi3,11 Mb.
#712626
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   126
Bog'liq
fayl 1865 20210918

5.6. Xotiraning turlari va biologik ahamiyati 
Xotira
. Ma‘lumki, xotira quyidagi bir-biri bilan uzviy bog‗liq jarayonlarga -
eslab qolish, saqlash, qayta tiklash (xotiradan axborotni qaytarib olish) va tanishga 
asoslangan. Eslab qolish jarayonining aksi - esdan chiqarishdir. Demak, xotira 
tafakkur bilan uzviy bog‗liq. 
Xotira markaziy asab tizimining asosiy vazifalaridan biri bo‗lib, uning 
mavjudligi tufayli organizm tashqi ta‘sirotlarni qabul qilib, olingan axborotlarni 
o‗zida saqlaydi va kerak bo‗lganda uni qayta tiklaydi. Hayot davomida orttirilgan 
tajriba va bilimlarni xotirada saqlashni markaziy asab tizimida yuzaga chiqadigan 


165 
tuzilma - faoliy o‗zgarishlar ta‘minlaydi. O‗rganish davomida hayvonlarning 
miyasida RNK sintezlanishi kuchayadi, ayni paytda, miyada kichik peptidlarning 
miqdori oshadi va ular postsinaptik membrananing ion o‗tkazuvchanligiga ta‘sir 
qiladi. 
Xotira 
mexanizmlari 
miya 
neyronlarining 
o‗zaro 
bog‗lanishlarini 
takomillashuvi, ular o‗rtasidagi sinapslarning faoliyatini faollashuviga ham bog‗liq. 
O‗zgaruvchan sharoitda o‗stirilgan hayvonlarda, ya‘ni shu sharoitga moslashishga 
majbur bo‗lgan hayvonlarda miya neyronlari o‗rtasidagi sinapslarning soni 
ko‗payadi, postsinaptik membrana qalinlashadi, sinaptik tugunchalar kattalashadi va 
boshqa o‗zgarishlar paydo bo‗ladi.
Xotira qisqa va uzoq muddatli bo‗ladi. Hotiraning bir nechta tiplari mavjud: 
hissiy xotira - boshdan kechirilgan ilhomlanish, quvonish, qayg‗urish, qo‗rqish va 
boshqa shu kabi holatlar hissiyotlarini eslab qolish; harakat xotirasi - turli xildagi 
harakatlarni (obrazli, yoki ko‗rish, eshitish) eslab qolishda ifodalanadi; ta‘m bilish va 
boshqa xotiralar - jismlar obrazlarini turli sezgi a‘zolari orqali eslab qolish bilan 
xarakterlanadi; so‗z-mantiq xotira - so‗z orqali ifodalangan fikrni eslab qolish. Har 
xil odamda u yoki bu tipdagi xotira ustun bo‗lishi mumkin, lekin har kimsada so‗z-
mantiq xotira yetakchi mavqega ega. 
Ma‘lumki, xotiradagi hodisalar vaqt o‗qi bo‗ylab ularni real muddatini aks 
ettirishi bilan joylashadi. Reseptor hujayraning tashqi ta‘sirga elektrli javobidan 
so‗ng, real qo‗zg‗atuvchi bo‗lmagan paytda ham davom etadigan izli jarayonlar hosil 
bo‗ladi. Aynan shu jarayonlar sensorli xotiraning asosini tashkil qiladi. Sensorli 
xotirada izlarning saqlanish muddati 500 ms dan ortmaydi, uning o‗chirilishiga esa 
150 ms vaqt kerak. Odamning sensorli xotirasi uning qudratiga bo‗ysinmaydi va uni 
ongli nazorat qilish imkoniyati yo‗q. Axborotni saqlash bilan bog‗liq bo‗lgan keyingi 
davr 
qisqa
muddatli xotira
deb nomlanadi. Ancha muxim axborot esa uzoq muddatli 
xotirada saqlanadi. Qisqa muddatli xotiradan uzoq muddatli xotiraga o‗tish alohida 
tur bo‗lmish oraliq xotiraga mos keladi.
Qisqa muddatli xotira taxminan birlamchi xotiraga to‗g‗ri keladi va uzoq vaqt 


166 
davom etmaydi, uni gipoksiya, narkoz, miyaga elektr toki bilan ta‘sir qilish va 
boshqalar shikastlaydi. Qisqa muddatli xotiradan ba‘zi ma‘lumotlar uzoq vaqtli 
xotiraga o‗tkazilishi mumkin va bu tizimga o‗tkazilgan axborot oylab, yillab va 
ko‗pincha bir umrga saqlanadi. Ikkilamchi xotira va uchlamchi xotiralar uzoq 
muddatli xotiraga mos keladi. Hozir sodir bo‗lgan voqealarni eslash bilan, uzoq 
o‗tmishdagi voqealarni eslash o‗rtasidagi juda ham katta farq bor. Birinchisi, tezda 
esga tushadi, ikkinchisini eslash ancha qiyin, vaqt talab qiladi. Axborotlarni uzoq 
muddatli xotiraga o‗tkazish juda murakkab jarayon. Qisqa muddatli xotiraning hajmi 
juda ham oz bo‗lib, bir necha saqlanish birligini tashkil qilsa, uzoq muddatli xotirada 
saqlanadigan axborotning hajm chegarasi milliardlab saqlash birligiga teng, lekin 
shunga qaramasdan, kerakli axborot anchagina tez topiladi. 
Uzoq muddatli xotira sinapslarning o‗tkazuvchanligiga bog‗liq. O‗rgatish 
jarayoni sinapslarda faol xolinoreseptorlarning sonini ko‗paytiradi, po‗stloq 
neyronlarning asetilxolinga sezgirligini kuchaytiradi. Bu eslab qolishni yaxshilaydi. 
Asetilxolinning antagonistlari xotirani shikastlab, xotirani yo‗qolishga (amneziyaga) 
olib keladi. 
Uzoq muddatli xotira mexanizmlarida katexolaminergik va serotoninergik 
tuzilmalar ham ishtirok qiladi. Noradrenalin shartli signal yuzaga chiqargan 
qo‗zg‗alish vaqtini uzaytiradi va shu yo‗l bilan tezlashtirib, hosil bo‗lgan 
ko‗nikmalarning xotirada saqlanishini ta‘minlaydi. 
Yuqoridagilarning barchasida obrazlarni, jismlarni va hodisalarni muhrlanib 
qolishi sodir bo‗ladi va u, o‗z tarkibiga 3 davrni: engrammani shakllantirish, yangi 
axborotni turiga qarab bo‗lish va ajratish, shakllantirish uchun muxim axborotni uzoq 
muddat saqlashni qamrab oladi. 
Uzoq muddatli xotira asosida bosh miyaning tizimli va hujayra darajalaridagi 
juda murakkab tarkibiy-kimyoviy o‗zgarishlari yotadi. 
Xotiraning fazaligi (qisqa va uzoq muddatliligi); uning jarayonlari (eslab qolish, 
saqlash, qayta ishlash va tanish); tiplari (hissiy, harakatli, obrazli, so‗z-mantiqi kabi 
barcha xususiyatlari), vaqtli aloqalarning shakllanishi va saqlanishi natijasi sifatida 


167 
reflektorli nazariya bilan izohlanishi mumkin.

Download 3,11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   126




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish