Isterik amneziya
.
Ba‘zi bir bemorlarda xotiraning butunlay yo‗qolishi
kuzatiladi,
amneziya
boshlanmasdan
oldin
kimligini,
nima
ish
bilan
shug‗ullanganligini eslay olishmaydi. Bunday holat odamlarda kamdan-kam bo‗ladi.
Bunda odamning ruhiyatida funksional buzilish kuzatiladi. Bunday faoliyatning
buzilishini
isterik amneziya
deb ataladi. Bu amneziya bosh miyaning organik
jarohatlanishi bilan kuzatiladigan amneziya turlaridan quyidagi xususiyatlari bilan
farq qiladi: 1) bemor o‗z shaxsini, ya‘ni kimligini, shu jumladan ismi-sharifini esdan
chiqaradi; 2) amneziya umumiy tavsifga ega bo‗lib, unga bemor uchun o‗ta muhim
bo‗lgan signallar (masalan, avval yashagan joyga olib kelinganda, yoki o‗ziga yaqin
odamlar bilan uchrashganda) umuman ta‘sir qilmaydi; 3) yangi axborotlarni juda
yaxshi eslab qoladi, ammo avval bo‗lib o‗tgan hodisalarni eslash qobiliyati butunlay
yo‗qoladi.
Neyropeptidlar.
Ko‗pchilik odamlar o‗zlarining xotirasidan ko‗ngli to‗lmaydi.
Ular qanday qilib xotiralarini yaxshilashga intilishadi. Ammo bunga erishish juda
qiyin, chunki xotiraning ham qat‘iy bir chegarasi bor. Shu sababdan neyrobiolog
olimlar va tibbiyot xodimlari odamlarning xotirasini yaxshilash ustida tinmay
tadqiqot ishlarini olib borishmoqda. Ular o‗zlarining nigoxini odamning miyasida
xosil bo‗ladigan xotira jarayonini boshqaradigan biologik faol moddalar -
neyropeptidlarga qaratishgan.
Hozirgi paytda markaziy asab tizimining ma‘lum miqdordagi aminokislotadan
tashkil topgan va miyani integrativ faoliyatini boshqaradigan (modullaydigan)
biologik faol moddalarni ―neyropeptidlar‖ degan atama bilan aytilmoqda.
Bajaradigan vazifalarining belgilariga qarab neyropeptidlar quyidagi guruhlarga
bo‗linadi:
1)
xotira peptidlari – vazopressin, oksitosin, kortikotropin (AKTG) va
169
melanotropin (MSG) fragmentlari;
2)
anelgetik peptidlar – endorfinlar, enkefalinlar, dermofinlar, dinorfinlar,
kiotorfinlar, kazomorfinlar. Bu peptidlar miya tizimlaridagi og‗riqqa qarshi
kurashadi;
3)
uyqu (gipnogen) peptidlari - delta-uyqu peptidlari, Uchizano omili,
Pappengeymer omili, Negasaki omili;
4)
immunitet stimulyatorlari – interferon fragmentlari, tafsin, ayrisimon bez
(timus) peptidlari, muramil-dipeptidlar;
5)
narkotik moddalarni organizmga ta‘sirini kamaytiradigan (tolerantlikni
oshiradigan) peptidlar – vazopressin, tiroliberin, melanostatin;
6)
shizofreniyaini davolaydigan antipsixotrop peptidlar – deaztrozil-gamma-
endorfin, tiroliberin, melanostatin, beta-endorfinning analoglari;
7)
ovqat va suvga bo‗lgan talabni modulyatorlari, shu jumladan ishtaxani
pasaytiradigan (anoreksigen) peptidlar – neyrotenzin, dinorfin, xolesistokinin
(miyadagiga o‗xshash), gastrin, insulin;
8)
kayfiyat va komfort sezgisini (modulyatorlari) o‗zgaridaginan peptidlar –
endorfinlar, vazopressin, melanostatin, tiroliberin;
9)
jinsiy hulqni kuchaytiadigan peptidlar – lyuliberin, oksitosin, kortikotropin
fragmentlari;
10)
tana haroratini boshqaruvchi peptidlar – bobmbezin, endorfinlar, vazopressin,
tiroliberin;
11)
ko‗ndalang-targ‗il
mushaklarni tonusini boshqaradigan peptidlar –
somatostatin, endorfinlar;
12)
silliq mushaklar tonusini boshqaradigan peptidlar – serulein, ksenopsin,
fizalemin, kassinin;
13)
ma‘lum bir rang yoki tovushga afzallik yaratadigan peptidlar – amelitin,
skotofobin;
14)
neyromediatorlar va ularning antagonistlari – neyrotenzin, karnozin, proktolin,
substansiya II, neyrouzatish ingibitori;
170
15)
allergiyaga qarshi peptidlar – kortikotropin analoglari, bradikininni
antagonistlari;
16)
o‗sishni tezlashtiruvchi va yashovchanlikni oshiruvchi peptidlar – glutation,
hujayra o‗sishini rag‗batlovchi;
17)
trofik peptidlar – pepstatin A, pentagastrin (yazvaga qarshi peptid),
xolesistokininni analogi, insulin, bombezin;
18)
kinin peptidlar – bradikinin, bradikinotensillaydigan peptid, substansiya II,
taxikininlar (fizalemin, eledoizin);
19)
bajaradigan vazifasi no‗malum bo‗lgan peptidlar – asetil-aspartil-peptidlar,
gamma-glutamil-peptidlar va boshqalar.
Barcha sanab o‗tilgan peptidlar odam va hayvonlar organizmidan ajratib
olingan, identifikasiyalangan va sintetik yo‗l bilan olingan. Bu peptidlarning ta‘siri
hayvonlarda tekshirib ko‗rilgan, ko‗pchiligi amaliyotda foydalanish uchun klinikaga
tavsiya qilingan. Ayrim neyropeptidlar, shu jumladan kortikotropin, oksitosin,
vazopressin avvallari tibbiyotda gormon sifatida foydalanilgan. Hozirgi paytda
bularni psixonevrologik ta‘sir ko‗rsatadigan preparatlar sifatida qo‗llanilmoqda.
Hozirgi paytda bu ta‘sir etish xususiyatlari bo‗yicha tuzilgan
klassifikasiyadan tashqari, peptidlar organizmning qaysi a‘zo va to‗qimalarida
sintezlanganligiga qarab 5 ta guruhga bo‗lingan:
1)
gipotalamik neyropeptidlar. Bularga bosh miyani gipotalamik (bo‗rtiq osti)
sohasida hosil bo‗ladigan peptidlar-boshqaruvchilar kiradi. Ularning odam
organizmidagi asosiy vazifasi ayrim moddalarni tormozlash (statinlarni) yoki
sintezlash (liberinlarni) va gormon ajratib chiqazadigan miya o‗simtasi (bezi) -
gipofiz gormonlarini ajralib chiqishini kuchaytirishdan iborat.
2)
markaziy asab tizimidagi gipofiz progormonlari: somatotropin, prolaktin,
tireotropin va shularga yaqin moddalar;
3)
propiokortin sekventlari, ya‘ni miyaning gipotalamo-gipofizar sohasida hosil
bo‗ladigan va 91 aminokislotadan tashkil topgan oqsil qismi zanjirining moddasi.
Bularga lipotropin, kortikotropin, melanotropin va endorfinlar kiradi.
171
4)
markaziy asab tizimining gastroenteropankreatik (oshqozon-ichak) peptidlari.
Bu miyada uchraydigan gastrin, insulin va xolesistokininlarning analoglari.
5)
yuqoridagi 4 ta guruhlarga kirmagan barcha neyropeptidlar.
Peptidlar – boshqaruvchilarning ta‘sir etish samaralari nihoyatda hilma-xil. Bular
organizmda moddalar almashinuvini boshqarishda ishtirok qilishadi, organizmdagi
immun jarayonlarga ta‘sir ko‗rsatadi, onkologik kasalliklarga qarshi organizmning
himoya faoliyatini oshiradi. Undan tashqari urchib ko‗payish va harorat
boshqariluviga, ichki muhitning gomeostatik muvozanatini saqlaydi va organizmning
juda ko‗plab hayot uchun muhim bo‗lgan boshqa faoliyatlariga ijobiy ta‘sir
ko‗rsatadi.
Neyropeptidlarni organizm a‘zo va to‗qimalariga ta‘siri hilma-xil. Endogen
peptid-boshqaruvchilar
DNK,
RNK
va
oqsil
sintezlariga,
gormon
va
neyromediatorlarning sintezi va ajralib chiqishiga, glikoliz, oksidlanishli
fosforlanish va boshqa jarayonlarga ta‘sir ko‗rsatadi.
Agar, markaziy asab tizimining mediatorlari bilan peptidlarni reaksiyalarning
modulyatori sifatida bir-biriga o‗hshashligi va bir-biridan farqini solishtradigan
bo‗lsak quyidagi o‗zgarishlarni kuzatamiz. Peptidlarning eng asosiy o‗ziga xosligi –
ularning distant, ya‘ni masofadan turib ta‘sir ko‗rsatishi, uzoq vaqt asab hujayralari
kompleksini qo‗zg‗algan holatda o‗zgartirib turishi. Neyromediatorlar faqat sinaptik
bo‗shliqda ajralib chiqadi, ta‘siri sinaps orqali millisekundlarda bo‗lib o‗tadi.
Peptidlarning ta‘siri esa sinapsli kontaktlardan tashqarida ham bo‗laveradi.
Mediatorlar bilan neyropeptidlarning bir-biridan farqi yana nimada ko‗rinadi?
Mediatorlarni sintezi ham neyron tanasida, ham neyron oxirlarida bo‗ladi.
Neyropeptidlar asosan neyron tanasida (somada) sintezlanadi va akson bo‗ylab
uzatiladi. Mediatorlardan farqi qaytadan qabul qilinmaydi, reseptor bilan
hamkorlikda ta‘sir ko‗rsatgan joyida parchalanib ketmaydi. Shu bilan birga bir
peptidning o‗zi bir hujayra tizimida mediator bo‗la turib, ikkinchi hujayra tizimida
ham mediatorlik rolini bajaradi. Masalan, substansiya II po‗stloq neyronining
qo‗zg‗atuvchi mediatori va orqa miya tormoz neyronlarining modulyatori vazifasini
172
bajaradi. Enkefalin - orqa miyani jelatin (yelimshak) bezi hujayrasining mediatori va
markaziy asab tizimini ko‗pchilik sohalarida modulyatori.
Neyropeptidlar neyronga kelib tushgan axborotni integrasiyasini va saqlanishini
ta‘minlaydi. Ular asab hujayralariga kelayotgan har xil signallarni neyron ichidagi va
neyronlar oralig‗idagi integrasiyasini ta‘minlaydi.
Miyaning ko‗pchilik tabiiy neyropeptidlari qanday metabolik xususiyatlariga
egaligidan qat‘iy nazar, ular maxsus shaklli hulq-atvor moslashuv reaksiyasiga ega.
Bu xususiyat shu sinfga kiruvchi ko‗pchilik birikmalarga xos. Barcha neyropeptidlar
odamning shaxsan o‗zi o‗qish va xotira jarayonlarida tajriba asosida to‗plagan
ma‘lumotlarga u yoki bu darajada bog‗liq.
Do'stlaringiz bilan baham: |