G. M. K. Djabbarova, Z. A. Mamatova, U. R. Yusupova, I. I. Karimova, S. O. Mirzakulov oliy nerv faoliyati va


Birinchi hamda ikkinchi signal tizimlari bilan po‘stloq osti tuzilmalarining



Download 3,11 Mb.
Pdf ko'rish
bet94/126
Sana28.06.2022
Hajmi3,11 Mb.
#712626
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   126
Bog'liq
fayl 1865 20210918

5.4. Birinchi hamda ikkinchi signal tizimlari bilan po‘stloq osti tuzilmalarining 
o‘zaro munosabati 
Odam xulq-atvorining har bir aktida neyronlararo aloqalarning uch guruhi: 1) 
shartsiz reflektor aloqalar; 2) birinchi signal tizimining vaqtincha aloqalari; 3) 
ikkinchi signal tizimining vaqtincha aloqalari ishtirok etadi. Shu aloqalarning 
hammasi shakllanadigan asab strukturalari doimo o‗zaro ta‘sir etuvchi uchta 
instansiyani tashkil etadi. Odamning xulq-atvori ikkala signal tizimi hamda po‗stloq 
osti tuzilmalarining birgalashib ishlashi natijasi ekanligi xulq-atvorning fiziologik 
mexanizmlarini analiz qilishda ma‘lum bo‗ladi. 
Ikkinchi signal tizimi, I. P. Pavlov so‗zlari bilan aytganda — «odam xulq-
atvorining oliy regulyatori» birinchi signal tizimidan ustun bo‗lib, uni bir qadar bosib 
turadi. Shu bilan birga birinchi signal tizimi ikkinchi signal tizimining faoliyatini bir 
qadar nazorat qiladi. 
Ikkinchn signal tizimining vujudga kelishi birinchi signal tizimini sifat 
jihatidan o‗zgartiradi. Ikkinchi signal tizimining iltimoiy taqozasi borligi birinchi 
signal tizimiga ham ta‘sir etadi: odamda birinchi signal tizimining reaksiyalari ham 
iltimoiy muhitga anchagina bog‗liq. 
Birinchi va ikkinchi signal tizimlarining faoliyati amaliyotda tekshiriladi. 
Shartli reflektor reaksiyalar orgaizm yashab turgan tashqi sharoitga muvofiq 
bo‗lmasa, bu hol reaksiyalarning qayta qurilishiga sabab bo‗ladi, vaqtinha aloqalar 
o‗zgaradi, muayyan shartli reflekslar tormozlanadi. Ikkinchi signal tizimining 
funksiyalarida amaliyot nazorati ayniqsa muhim. So‗z ish bilan mustahkamlanishi 
lozim, degan ma‘lum ibora shundan kelib chiqqan. 
Ikkala signal tizimining faoliyati, umuman miya yarim sharlari po‗stlog‗ining 
faoliyati po‗stloq ostidagi tuzilmalar bilan murakkab munosabatda bo‗ladi. Odam 
o‗zining shartsiz reflektor reaksiyalarini ixtiyoriy ravishda tormozlay oladi, o‗z 


160 
instinktlari va emosiyalarining ko‗pgina ko‗rinishlarini to‗xtatib tura oladi. Odam 
og‗rituvchi ta‘sirotlarga javoban kelib chiqadigan himoyalanish reflekslarini, 
ovqatlanish va jinsiy reflekslarni to‗xtatib tura oladi. Shu bilan birga po‗stloq ostidagi 
yadrolar, miya stvolining yadrolari va retikulyar formasiya miya po‗stlog‗ining 
normal tonusini saqlab turadigan impulslarning manbalari hisoblanadi. 
Miya po‗stlog‗i bilan po‗stloq osti tuzilmalarining o‗zaro munosabatini 
noto‗g‗ri tushunish ba‘zi olimlarning odam tafakkurlarida go‗yo miya po‗stlog‗i 
emas, balki go‗yo po‗stloq osti tuzilmalari yetakchi rol o‗ynaydi, ya‘ni odamning 
ongli faoliyat a‘zosi emas, balki instinktiv faoliyat markazlari yetakchi rol o‗ynaydi, 
degan butunlay noto‗g‗ri xulosalarga olib keldi. 
Odamning psixik hayotida ongsiz instinktiv mayllar go‗yo yetakchi rol 
o‗ynaydi, degan noto‗g‗ri tasavvurni avstriyalik psixiatr 3. Freyd bayon qilgan edi. 
Uning fikricha, ongsiz biologik mayllar (shu jumladan Freyd alohida ahamiyat 
bergan jinsiy instinkt) odam psixikasini anchagina belgilab beradi. Freydning 
fikricha, ana shu mayllar ijtimoiy ahloq talablariga zid bo‗lib, ular bilan murosa 
qilolmaydi. Jamiyat a‘zosi bo‗lgan odam ijtimoiy ahloq talablariga bo‗ysunishga 
majbur. Jinsiy instinktni to‗xtatib turish zarurati, Freydning fikricha, «sublimasiyaga» 
olib keladi, ya‘ni odam jamiyat manfaatlariga mos keluvchi faollikning boshqa 
shakllariga: ishlab chiqarishdagi mehnatga, badiiy va ilmiy ijodiyotga, ijtimoiy 
faoliyatga o‗tadi. Freyd bu tasavvurlarga biologik tomon bilan ijtimoiy tomon 
o‗rtasidagi nizo g‗oyasini asos qilib oladi. Shunga tayanib, Freyd kishilarda normal 
xulq-atvorning turli o‗zgarishlarini izohlab berdi. Freydning xatosi shuki, u tabiiy, 
tug‗ma instinktlarning rolini haddan tashqari oshirib yuboradi, odamning ijtimoiy 
tarbiyasi bilan vujudga keladigan ongli tafakkurning ahamiyatiga yetarli baho 
bermaydi, iltimoiy tomon bilan biologik tomonni noto‗g‗ri qarshi qo‗yadi. Patologik 
shaxslarda ongli tomon bilan instinktiv tomonning normal birligi (ong birlamchi 
ekanligiga asoslangan birlik) buzilganligi odam xulq-atvorini izohlashga asos qilib 
qo‗yilishi mumkin emas. Freyd ta‘limoti odam xulq-atvorining ongli instinktiv 
komponentlari o‗rtasidagi munosabatlarni fiziologik norma asosida emas, balki 


161 
patologiya asosida ta‘birlashga behuda urinishdir. Ikkinchi signal tizimi yetakchi rol 
o‗ynagani holda birinchi va ikkinchi signal tizimlari o‗zaro bog‗liq, degan Pavlov 
konsepsiyasi, miya po‗stlog‗i yetakchi rol o‗ynagani holda miya po‗stlog‗i bilan 
po‗stloq osti tuzilmalarining o‗zaro ta‘siri haqidagi konsepsiya Freydning 
tasavvurlari ilmiy jihatdan asossiz ekanligini ko‗rsatib, ularni rad etadi. 
Po‗stloq osti tuzilmalarining rolini oshirib yuborishning yana bir shakli U. 
Penfildning «markaziy — ensefalik nazariya»sidir. Miya stvolining retikulyar 
formasiyasi ba‘zi farmakologik preparatlar bilan zaharlab qo‗yilsa, bu formasiya 
miya po‗stlog‗iga faollashtiruvchi ta‘sir etmay qo‗yadi va ong (xush) yo‗qolib, 
mudroq bosadi va uyqu keladi. Shunga asoslanib, Penfild bosh miyada tafakkur va 
ong har xil lokalizasiyaga ega: tafakkur katta yarim sharlar po‗stlog‗ining funksiyasi, 
ong esa bosh miya stvolidagi «markaziy — ensefalik tizim» ning funksiyasidir, deb 
xulosa chiqaradi. Penfild o‗z nazariyasining asossiz ekanligiga ishonib, undan voz 
kechgan bo‗lsa-da, bu nazariyaning baribir o‗z tarafdorlari bor. Bu «nazariya» ning 
xatosi, birinchidan, shundan iboratki, u ongni tafakkurdan sun‘iy ravishda ajratib 
qo‗yadi. Ikkinchidan, retikulyar formasiyadan miya po‗stlog‗iga faollashtiruvchi 
impulslar kelmaganda ong (xush) ning yo‗qolishi uning retikulyar formasiya 
funksiyasi ekanligidan mutlaqo guvohlik bermaydi. Uyqu arteriyalari qisilganda ham 
bosh miya po‗stlog‗ining qonga yolchimay qolishi natijasida ong (xush) yo‗qoladi, 
ammo shunga asoslanib, ong uyqu arteriyalariga bog‗liq yoki qonda joylashgan, deb 
xulosa chiqarish hech mumkin emas. Ong, tafakkur katta yarim sharlar po‗stlog‗ining 
funksiyalaridir, bu funksiyalar yuzaga chiqishi uchun miya po‗stlog‗i, po‗stloq osti 
tuzilmalari va reseptor apparatlarning jami yig‗indisi normal munosabatda bo‗lishi 
kerak, bu esa organizm bilan tashqi muhitning adekvat o‗zaro ta‘sir etishini 
ta‘minlaydi. 

Download 3,11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   126




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish