G. M. K. Djabbarova, Z. A. Mamatova, U. R. Yusupova, I. I. Karimova, S. O. Mirzakulov oliy nerv faoliyati va


Bolada signal tizimlarining taraqqiy etishi



Download 3,11 Mb.
Pdf ko'rish
bet90/126
Sana28.06.2022
Hajmi3,11 Mb.
#712626
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   126
Bog'liq
fayl 1865 20210918

5.2. Bolada signal tizimlarining taraqqiy etishi 
Yetuk tug‗ilgan bola bosh miyasining katta yarim sharlari po‗stlog‗ida birinchi 
signal tizimining vaqtincha aloqalarni shakllantirish qobiliyati tug‗ilishdan bir necha 
kun keyinoq namoyon bo‗ladi. 7-10 kunlik bolada dastlabki shartli reflekslarni hosil 
qilish mumkin. Bola emizila boshlagach, og‗ziga ko‗krak tutishdan ilgariyoq 
lablarining tamshanish (so‗rish) harakatlari yuzaga chiqadi. Hayotining birinchi oyi 
oxiriga yaqin tovush signallariga, ikkinchi oyida esa yorug‗lik signallariga ham 
shartli reflekslar hosil qilish mumkin. 
Yetilmasdan chala tug‗ilgan bolalarda shartli reflekslar kechroq, yetilib 


154 
tug‗ilgan bolaning taxminan bir haftalik bo‗ladigan davriga mos vaqtda hosil bo‗ladi. 
Aftidan, faqat shu muddatga kelib, miya vaqtincha aloqalar hosil bo‗ladigan 
darajadagi taraqqiyot bosqichiga yetadi. 
Shartli reflekslarning hosil bo‗lish tezligi hayotniig dastlabki oylari mobaynida 
tez oshib boradi. Masalan, bola bir oylik bo‗lganda shartli refleks hosil qilish uchun 
shartli va shartsiz ta‘sirotlarni necha o‗n martalab birga qo‗llanish kerak; 2-4 oyligida 
shartli refleks hosil qilish uchun shartli va shartsiz ta‘sirotlarni atigi bir necha marta 
birga qo‗llash kifoya. Bolada shartli tormozlanish kechroq – 2-4-oyda hosil bo‗ladi; 
ayni vaqtda tormozlanishning har xil shakllari bir xilda tezlik bilan vujudga 
kelavermaydi. Differensiallovchi tormozlanish ertaroq, kechikuvchi tormozlanish esa 
kechroq paydo bo‗ladi. Bola rivojlangan sayin ichki tormozlanishning har xil turlari 
tobora osonroq va tezroq vujudga keladi. 
Bola umrining birinchi yarim 
yilida tevarak-atrofdagi kishilarning nutq 
tovushlari unga alohida ahamiyatli bo‗lmaydi; boshqa har qanday tovushlar kabi bu 
tovushlar ham eshituv analizatorlarining ta‘sirlovchilari hisoblanadi. Ikkinchi signal 
tizimi taraqqiy etayotganligining dastlabki belgilari bola hayotining ikkinchi yarim 
yilida paydo bo‗ladi. 
Ikkinchi signal tizimi aloqalarining shakllanishi uchun kishilar va 
buyumlarning so‗zlar shaklidagi ifodasi ularning konkret obrazlari bilan birga 
qo‗llanilishi zarur. Qanday bo‗lmasin kishi yoki buyum ko‗p marta tilga olinsa va 
ko‗rsatilsa, tegishli so‗z aytilishi bilan bola reaksiya ko‗rsatadi. Masalan, «momo» 
so‗zi aytilganda bola onasiga yalt etib qaraydi. Keyinchalik, bola ba‘zi so‗zlarni taniy 
boshlagach, buyumlarning nomini ayta boshlaydi. Nihoyat, yanada kechroq, bola 
boshqa kishilarga ta‘sir o‗tkazish uchun o‗zi bilgan so‗zlar zahirasidan foydalana 
boshlaydi. Masalan, qo‗ng‗iroqni olgisi kelsa-yu, qo‗li yetmasa, to olib 
berilmaguncha tobora qattiqroq ovoz bilan aytaveradi. Ikkinchi signal tizimi bolaning 
boshqa kishilar bilan faol aloqa qilish vositasi bo‗lib xizmat qila boshlaydigan 
darajada taraqqiy etganligi shundan ko‗rinib turadi. 
Odamning ikkinchi signal tizimi ta‘lim jarayonida uzluksiz rivojlanib va 


155 
takomillashib boradi. Har qanday ta‘lim va har qanday ijodiy faoliyat ikkinchi signal 
tizimining uzluksiz takomillashuviga bog‗liq. Ikkinchi signal tizimi tabiat va jamiyat 
qonunlarini bilish jarayonida taraqqiyotning yuksak bosqichiga ko‗tariladi. 

Download 3,11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   126




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish