G. M. K. Djabbarova, Z. A. Mamatova, U. R. Yusupova, I. I. Karimova, S. O. Mirzakulov oliy nerv faoliyati va


Nafasning va gazlar almashinuvining shartli refleks yo‘li bilan o‘zgarishi



Download 3,11 Mb.
Pdf ko'rish
bet74/126
Sana28.06.2022
Hajmi3,11 Mb.
#712626
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   126
Bog'liq
fayl 1865 20210918

Nafasning va gazlar almashinuvining shartli refleks yo‘li bilan o‘zgarishi. 
Hayvonlarda ham, odamda ham nafasning shartli refleks yo‗li bilan o‗zgartirish 
mumkin. Faqat shartli ta‘sirotning qo‗llanilishi bilan bir vaqtda bir necha tajriba 
mobaynida mushak ishi bajarilganligi natijasida o‗pka ventilyasiyasining shartli 
refleks yo‗li bilan ortishi va kislorodning ko‗proq yutilishi aniqlangan. 
Mushaklar ishlashiga aloqador bo‗lgan bu shartli refleksning fiziologik 
ahamiyati organizmni ishga tayyorlashdan iborat. Ish boshlashdan oldinoq gazlar 
almashinuvining kuchayishi va o‗pka ventilyasiyasining ortishi mushak faoliyati 
vaqtida organizmning ko‗proq chidamli bo‗lishiga va ish qobiliyatining 
yaxshilanishiga yordam beradi. 
Boshqa ichki a’zolar faoliyatining shartli refleks yo‘li bilan o‘zgarishi. 
Turli signallarni shartsiz ta‘sirotlar bilan birga qo‗llanib, ko‗pgina ichki a‘zolar 
faoliyatini o‗zgartiradigan shartli reflekslarni vujudga keltirsa bo‗ladi. Taloqning 
qisqarishi, tomirlarning torayishi, buyraklarda siydik ajralishining kamayishi va 
shunga o‗xshashlarda namoyon bo‗ladigan shartli reflekslar shu tariqa vujudga 
keltirilgan. 
Shartli reflekslar tufayli organizmda ro‗y beruvchi gormonal o‗zgarishlarni bir 
qancha tadqiqotchilar aniqlashgan. Masalan, og‗rituvchi ta‘sirotning shartli signali 
qondagi adrenalinni ko‗paytiradi. 
Farmakologik preparatlar ta’siriga doir shartli reflekslar. 
Morfin ta‘siriga 
shartli refleks hosil qilish mumkinligi I. P. Pavlov laboratoriyasida ko‗rsatib berilgan 
edi. It organizmiga morfin yuborilgach bir necha daqiqadan keyin organizm 
funksiyalari murakkab ravishda o‗zgaradi; so‗lak ajralishi, qusish, defekasiya, 
nafasning o‗zgarishi, gandiraklash, uyqu bosishi va, nihoyat, uyqu ro‗y beradi. Bir 
vaqtda va birday sharoitda ko‗p marta (8-17 kun mobaynida) morfin yuborilsa, 


120 
yuqorida tasvirlangan fiziologik hodisalar (so‗lak ajralishi, qusish, nafasning 
o‗zgarishi, gandiraklash)da ifodalanadigan shartli refleks tajriba sharoitining ta‘sirida, 
morfin yuborishga tayyorgarlik ko‗rish yoki teri ostiga fiziologik eritma yuborishning 
o‗zidayoq kelib chiqadi. Morfindan zaharlanishga xarakterli simptomlar shartli 
refleksda organizmga morfinning bevosita ta‘sir etishidagiga nisbatan sustroq 
ko‗rinadi. 
Boshqa ko‗p moddalar miya po‗stlog‗ining markazlariga bevosita yoki refleks 
yo‗li bilan ta‘sir etsa, ularga doir shartli reflekslarni vujudga keltirish mumkin. 
Masalan, A.O. Dolin indifferent ta‘sirotni teri ostiga bulbokapnin yuborish bilan 
birga qo‗llagan. Bu ta‘sirlovchi 10—12 marta takrorlangach, bulbokapnindan 
zaharlanish manzarasini shartli refleks yo‗li bilan gavdalantira oladigan bo‗lib qoldi. 
Hayvonda katalepsiya holati ro‗y beradi, bulbokapninning o‗zi ta‘sir etgandagi kabi, 
katalepsiya holatida oyoqlar go‗yo mumga o‗xshab qoladi, istagan vaziyatda shunday 
qotib qoladiki, itni turli-tuman vaziyatga kiritsa bo‗ladi. 
Bu tajribalarning hammasi shuni isbot etadiki, shartli refleks hosil bo‗lishi 
natijasida faoliyatini o‗zgartirmaydigan - qo‗zg‗almaydigan yoki tormozlanmaydigan 
bironta ham a‘zo yo‗q. Organizmning har bir funksiyasini shartli reflektor ta‘sirotlar 
bilan yuzaga chiqarish yoki tormozlash mumkin. Hozirda olib borilyotgan 
tadqiqotlarda bosh miya katta yarim sharlarining po‗stlog‗ida funksiyalarni 
boshqarish imkoniyatlari katta ekanligi ko‗rsatib berildi. 
4

Download 3,11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   126




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish