G. M. K. Djabbarova, Z. A. Mamatova, U. R. Yusupova, I. I. Karimova, S. O. Mirzakulov oliy nerv faoliyati va


Shartli va shartsiz reflekslarning tafovuti



Download 3,11 Mb.
Pdf ko'rish
bet71/126
Sana28.06.2022
Hajmi3,11 Mb.
#712626
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   126
Bog'liq
fayl 1865 20210918

4.2. Shartli va shartsiz reflekslarning tafovuti 
Shartsiz reflekslar 
— organizmning 
irsiyat yo‘li bilan o‘tadigan tug‘ma 
reaksiyalaridir. 
Shartli reflekslar 
— organizmning individual taraqqiyot jarayonida 
«turmush tajribasi» asosida kasb etadigan reaksiyalaridir. 
Shartsiz reflekslar turga taalluqli, 
ya‘ni shu turning hamma vakillariga xosdir. 
Shartli reflekslar individual 
bo‗ladi: bir turning ba‘zi vakillarida bo‗lishi, 
boshqalarida esa bo‗lmasligi mumkin. 
Shartsiz reflekslar 
birmuncha 
doimiy; shartli reflekslar 
esa 
doimiy bo‘lmay, 
muayyan sharoitga qarab hosil bo‗lishi, mustahkamlanishi yoki yo‗qolishi mumkin; 
ularning bu xossasi nomidan ham ko‗rinib turibdi. 
Shartsiz reflekslar muayyan bir reseptiv maydonga qo‗yilgan adekvat 
ta‘sirlovchilarga javoban yuzaga chiqadi. Shartli reflekslar esa turli reseptiv 


115 
maydonlarga qo‗yilgan turli-tuman ta‘sirotlarga javoban yuzaga chiqa oladi. 
Katta yarim sharlar po‗stlog‗i juda rivojlangan hayvonlarda 
shartli reflekslar 
miya po‘stlog‘ining funksiyasi 
hisoblanadi.
 
Katta yarim sharlar po‗stlog‗i olib 
tashlangach shartli reflekslar yo‗qolib, faqat shartsiz reflekslar qoladi. Bundan 
anglashiladiki, shartli reflekslarga qarama-qarshi o‗laroq, shartsiz reflekslarning 
yuzaga chiqishida markaziy asab tizimining quyi bo‗limlari — po‗stloq ostidagi 
yadrolar, miya stvoli va orqa miya yetakchi rol o‗ynaydi. Ammo, funksiyalar yuksak 
darajada kortikallashgan odam va maymunlarda ko‗pgina murakkab shartsiz 
reflekslar katta yarim sharlar po‗stlog‗ining muqarrar ishtirokida yuzaga chiqadi. 
Primatlarda katta yarim sharlar po‗stlog‗ining zararlanishi natijasida shartsiz 
reflekslarning patologik ravishda buzilishi va ba‘zilarining yo‗qolib ketishi shundan 
guvohlik beradi. 
Shartsiz reflekslarning hammasi ham darrov tug‗ilish paytigacha hozir 
bo‗lavermasligini ta‘kidlab o‗tish lozim. Ko‗pgina shartsiz reflekslar, masalan, 
lokomosiya, jinsiy aktga taalluqli reflekslar odam va hayvon tug‗ilgandan keyin uzoq 
vaqt o‗tgach yuzaga chiqadi, lekin ular asab tizimi normal taraqqiy etgandagina 
namoyon bo‗ladi. Shartsiz reflekslar filogenez jarayonida mustahkamlangan va 
irsiyat yo‗li bilan o‗tadigan reflektor reaksiyalar fondiga qo‗shiladi. 
Shartli reflekslar shartsiz reflekslar asosida vujudga keladi.
 
Shartli refleks hosil 
bo‗lishi uchun tashqi muhit yoki organizm ichki holatining biron o‗zgarishi katta 
yarim sharlar po‗stlog‗iga sezilib, biron shartsiz refleksning yuzaga chiqishi bilan bir 
vaqtga to‗g‗ri kelishi kerak. Faqat shundagina tashqi muhit yoki organizmning ichki 
holatini o‗zgarishi, shartli refleksning ta‘sirlovchisi — 
shartli ta’sirlovchi 
yoki 
signal
bo‗lib qoladi. Shartsiz refleksga sabab bo‗luvchi ta‘sirot — 
shartsiz ta’sirot 
shartli 
refleksning vujudga kelishida shartli ta‘sirotga yo‗ldosh bo‗lishi, uni mustahkamlashi 
kerak. 
Oshxonada pichoq va vilkaning jaranglashi yoki itga ovqat beriladigan idishning 
taqillashi so‗lak ajralishi uchun bu tovushlar ovqat bilan takror bir vaqtga to‗g‗ri 
kelishi — so‗lak ajralishi uchun dastlab indifferent bo‗lgan ta‘sirlovchilar ovqat 


116 
bilan, ya‘ni so‗lak bezlarining shartsiz ta‘sirlanishi bilan mustahkamlanishi kerak. 
Xuddi shuningdek, itning ko‗z oldida elektr lampochkasini yoqish yoki qo‗ng‗iroq 
chalish oyoq terisiga elektr tokini ta‘sir ettirish bilan bir vaqtga to‗g‗ri keltirilsa (har 
gal oyoq terisiga elektr toki ta‘sir ettirilganda oyoq bukish shartsiz refleksi kelib 
chiqadi), faqat shundagina oyoq bukish shartli refleksini vujudga keltira oladi. Xuddi 
shuningdek, shamni loaqal bir marta ko‗rish badan kuyish sezgisi bilan to‗g‗ri 
kelgandan keyingina yosh bola yonayotgan shamdan qo‗lini tortib olib yig‗lashi 
mumkin. Yuqorida keltirilgan hamma misollarda avvaliga nisbiy indifferent bo‗lib 
ko‗ringan tashqi ta‘sirotlar — idish-tovoqning taqillashi, yonib turgan shamni 
ko‗rish, elektr lampochkasining yonishi, qo‗ng‗iroq tovushi shartsiz ta‘sirotlar bilan 
mustahkamlangandagina shartli ta‘sirlovchi bo‗lib qoladi. Tashqi olamning dastlab 
indifferent bo‗lgan signallari faqat shundagina faoliyatning muayyan turi uchun 
ta‘sirlovchi bo‗lib qoladi. 
Shartli reflekslar hosil qilish uchun 
vaqtincha aloqa 
vujudga kelishi zarur. 
Boshqacha aytganda, shartli ta‘sirotni sezuvchi po‗stloq hujayralari shartsiz refleks 
yoyining tarkibiga kiruvchi po‗stloq neyronlariga vaqtincha 
bog‘lanishi 
kerak (42-
rasm). 

Download 3,11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   126




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish