4.9. Vaqtincha aloqa strukturasi va vujudga kelish mexanizmi
Katta yarim sharlar po‗stlog‗idagi ikki guruh hujayralar: shartli ta‘sirotni idrok
etuvchi hujayralar bilan shartsiz ta‘sirotni idrok etuvchi hujayralar o‗rtasida vaqtincha
aloqa vujudga kelishi asosida shartli refleks hosil bo‗ladi. I.P. Pavlovning bu
tasavvurini hozir hamma e‘tirof etadi. Ilgari katta yarim sharlarning po‗stlog‗i ichidan
va oq moddasidan o‗tuvchi gorizontal asab tolalari (assosiativ va komissural tolalar)
yuqorida aytilgan hujayralar o‗rtasida qo‗zg‗alishni o‗tkazadi,
45-rasm. Ikkinchi (A) va uchinchi (B) tartibli shartli reflekslarni hosil qilinishi:
A. I – birinchi tartibli shartli refleksni xosil qilinishi, II – shartli refleks hosil qilingan,
III – birinchi tartibli shartli refleks asosida ikkinchi tartibli shartli refleksni hosil
qilinishi, IV – ikkinchi tartibli refleks hosil qilingan.
129
B. I – ikkinchi tartibli shartli refleks asosida uchinchi tartibli shartli refleksni hosil
qilinishi, II – uchinchi tartibli shartli refleks hosil qilingan.
(A.V.Korobkov,
S.A.Chesnakova, 1987).
Om – ovqat markazi, Mp – miya pо‗stlog‗i, Po-pо‗stloq osti, Km – kо‗rish markazi,
Em – eshitish markazi, Tm – taktil markazi
deb faraz qilishgan.
Katta yarim sharlar po‗stlog‗idagi turli sohalarning o‗zaro ta‘sir etish
mexanizmlarida po‗stloq - po‗stloq osti - po‗stloq yo‗llari ham muhim rol o‗ynashi
keyinchalik aniqlandi. Shartli qo‗zg‗alishning o‗tishi uchun bu yo‗llarning qanday
ahamiyati borligini quyidagi dalillar yaqqol ko‗rsatadi. It miyasining kulrang
moddasini kesib, yarim sharlar po‗stlog‗ining turli qismlari ajratib qo‗yilsa, shu
qismlardagi hujayralar o‗rtasida vaqtincha aloqalar vujudga kelaveradi (E.A.
Asratyan). Odam miyasining orqadagi markaziy pushtasi (birinchi somatosensor
zona) oldingi markaziy pushta (motor zona) dan ajratib qo‗yilsa, shu sohalar
o‗rtasidagi barcha gorizontal asab aloqalari batamom uzilganiga qaramay, harakat
malakalari buzilmaydi. Qadoqsimon tana qirqib qo‗yilganda ham, odamning harakat
malakalari jiddiy ravishda buzilmaydi (U. Penfild). Bularning hammasida yarim
sharlar po‗stlog‗ining turli sohalari quyidagicha o‗zaro ta‘sir etadi. Shartli signal
ta‘sirida kelib chiqqan afferent impulslar talamus va retikulyar formatsiya orqali miya
po‗stlog‗ining sensor zonasiga boradi; impulslar shu yerda qayta ishlangach,
tushuvchi yo‗llar orqali po‗stloq ostidagi spesifik va nospesifik tuzilmalarga qaytadi,
bu yerdan esa yana miya po‗stlog‗iga — shartsiz refleksning po‗stloqdagi vakillik
zonasiga boradi.
Aksariyat tadqiqotchilar shartli refleksning vujudga kelish mexanizmida
dominanta hodisasi muhim rol o‗ynaydi, deb faraz qilishgan. Shartsiz ta‘sirot vaqtida
tegishli analizatorning po‗stloqdagi hujayralari qo‗zg‗aluvchanligi keskin darajada
oshib ketadi, shu tufayli bu hujayralar miya po‗stlog‗idagi boshqa sohalarning
qo‗zg‗alishiga reaksiya ko‗rsatadigan bo‗lib qoladi. Natijada indifferent va shartsiz
ta‘sirotlar birga qo‗llanilsa, ular yuzaga chiqaradigan qo‗zg‗alishlar o‗zaro qo‗shiladi,
130
I. P. Pavlov ta‘biri bilan aytganda, summasiya refleksi ro‗y beradi.
Markaziy asab tizimining barcha bo‗limlarida dominanta va qo‗zg‗alishlarning
qo‗shilish hodisalari ro‗y berib turadi, lekin po‗stloq ostidagi va orqa miya
markazlaridagi summasiya refleksi tez o‗tib ketuvchi hodisa bo‗lsa, katta yarim
sharlar po‗stlog‗ida bu refleks iz qoldiradi, mustahkamlanadi, shartli refleks ham shu
tufayli hosil bo‗ladi.
Turli reseptorlar — ko‗ruv, eshituv, taktil, temperatura, mushak reseptorlari va
shu kabi reseptorlardan keluvchi afferent impulslar o‗sha asab hujayralariga
konvergensiyalanadi. Vaqtincha aloqalarning vujudga kelishida xuddi ana shu
hujayralar faol qatnashadi, degan fikr tug‗ilishi tabiiy edi.
Ba‘zi tadqiqotchilar shartli va shartsiz ta‘sirlovchi bilan qo‗zg‗algan po‗stloq
hujayralari doiraviy ritmik faollikka tortiladi va berk neyron zanjirlarida
qo‗zg‗alishlarning aylanib yurishi tufayli vaqtincha aloqalar hosil bo‗ladi, deb faraz
qilishgan edi. Ammo chuqur narkozdan keyin, miya haddan tashqari sovutilgach,
tutqanoq tutgach va miya po‗stlog‗ining faolligini deyarli batamom susaytiradigan
boshqa ta‘sirotlardan keyin ilgari vujudga keltirilgan shartli reflekslar
yo‗qolmasligini maxsus tajribalar ko‗rsatib berdi. Ayni vaqtda qo‗zg‗aluvchanlik
ritmlari va o‗zgarishlarining aylanib yurish uzluksizligi buziladi-yu, vaqtincha
aloqalar saqlanib qoladi.
Shu sababli ta‘sirlovchilarni birga qo‗llanishda ro‗y beruvchi funksional
o‗zgarishlar katta yarim sharlar po‗stlog‗ida ta‘sirotlarning faqat qisqa vaqt iz
qoldirishi uchun ahamiyatli bo‗la oladi («qisqa vaqtli xotira»), degan tasavvur
ehtimolga ko‗proq yaqindir. Vaqtincha aloqalarning uzoq ushlanib turishi («uzoq
vaqtli xotira») sinapslarda va hatto katta yarim sharlar po‗stlog‗ining asab
hujayralarida ro‗y beruvchi qandaydir molekulyar, plastik o‗zgarishlarga asoslanadi.
Bu plastik o‗zgarishlarning mohiyati haqida turli farazlar bayon qilingan. Ulardan
biriga qaraganda, hujayraga impulslar hadeb bir xil hujayralardan tez-tez kelib
turganda presinaptik terminallar o‗sib ketadi va asab sinapslarining soni ko‗payadi.
Boshqa taxminga qaraganda, impulslar sinaps orqali takror o‗tganda, asab oxiridagi
131
enzimatik tizimlarda barqaror o‗zgarishlar ro‗y beradi, natijada qo‗zg‗alishning
o‗tishi osonlashadi. Asab hujayrasi qo‗zg‗alganda undagi nuklein kislotalar
miqdorining ortishi yaqinda kashf etilgan, so‗nggi yillarda bu faktga katta ahamiyat
berilmoqda. Hujayraning avvalgi qo‗zg‗alishlaridan iz qolishi ribonuklein kislota
strukturasining o‗zgarishiga bog‗liq, deb faraz qilishadi. Ribonuklein kislota
strukturasi o‗zgarganda hujayra protoplazmasi, o‗siqlarida va sinapslarda oqsillar
sintezi o‗zgaradi. Muayyan asab hujayralaridagi sinapslar ehtimol, shuning natijasida
o‗sib ketadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |