2.2. G im nastika darsini tashkillash vositalari va uning
m oddiy-texnik ta ’m inlanganligi
Gimnastika darsining samarasi k o ‘pincha o ‘qituvchining tuzgan
rejasini hayotiyligi, shug‘ullanuvchilar faoliyatini tashkillash
uchun tanlangan usuliyati va uslubiyotlari, mavjud jihozlar va
sport anjomlaridan, texnik vositalardan, sport inshootlaridan
effektli foydalana olish, harorat, iqlim sharoiti, o ‘quvchilarning
tayyorgarlgi, ularning yoshi, o ‘ziga xos xususiyatlarini hisobga
olib ulardan samarali foydalana olish bilan bogTiq.
Gimnastika m ashg‘uloti, darsninng mazmunidagi o ‘quv ma-
teriali - davlat dasturi mavzulari har doim ham sin f (guruh)
o'quvchilarining barchasiga muvofiq bo'laverm aydi. Shunga k o 'ra
ham vazifalam i hal qilish uchun vosita tanlashda qiziqarli o'tishi
kutilmagan darslar samaradorligiga ijobiy ta ’sir qilish mumkinligi
jism oniy tarbiya am aliyotida isbotlangan. Shuning uchun har
bir o ‘quv-trenirovka jarayoni davri bosqichi (chorak, semestr,
trenirovka sikli va boshqalar)ning yakuniy maqsadini nazarda tutib,
qisqa vaqt uchun aniq vazifalam i qo'yish ham da ularga muvofiq
b o ig a n vositalam i tanlash talabini q o ’yadi. Q o'yilgan vazifalam i
hal qilish, tanlangan vositalardan foydalanishning m oddiy-texnik
ta ’minlanganligi va sharoiti ta ’lim m uassasalarining barchasida
turlicha. Shunga k o ‘ra dastur materialiga m e ’yorli o ‘zgartirishlar
kiritishda, ta ’lim jarayoni uchun qo'yilgan vazifalardan chetga
chiqilmasligi lozim.
H ar qanday gim nastika mashqini o'rgatishdagi samaradorlik
omili yoki shartlardan asosiysi shug‘ullanuvchining jism oniy sifat-
28
larining rivojlangan (jismoniy tayyorlangan)ligi darajasi bilan
bog'liq bo'lib. o'rganilayotgan mashq texnikasi qiyinligi bilan
muvofiqligidir. Demak, gim nastikadan o 'quv darslari m azmuniga
maxsus jism oniy tayyorgarlikni ta'm inlaydigan m ashqlarni kiritish
m aqsadga muvofiqdir.
Gimnastika darsi samaradorligi shug‘ullanuvchining kuchi,
egiluvchanligi va uning boshqa jism oniy sifatlardan tashqari,
tanasi, uning a'zolari yoki tanasi qismlarining harakatlarini (fazoda,
m akondagi y o ‘nalishi, amplitudasi, y o ‘li, vaqti, ritmi va boshqalar)
ni m ushak kuchlanishlari darajasiga k o 'ra tabaqalashtira olishi,
y a ’ni o ‘z harakatlarini boshqara olishdek jihatlari bilan b og‘liq.
Shuning uchun bunday ko ’nikmalarni shakllantirishga yordam
beradigan m ashqlar gim nastika darsining tarkibiy qismini tashkil
etishi lozim.
Gimnastika bo'yicha o ‘quv darsining asosiy vositalari quyi-
dagilardan iborat:
l.S h u g ‘ullanuvchilarning umum iy va
maxsus jism oniy
tayyorgarligini ta ’m inlaydigan mashqlar.
2.Shug'ullanuvchilarni m uvaffaqiyatli o'zlashtirish (o ‘rganish)
lariga yordam beradigan tayyorlov va yo'llanm a beruvchi va
maxsus qo'shim cha mashqlar.
3.Shug‘ullanuvchilarning harakat koordinatsiyasini shakllan-
tiradigan, uning zaxirasini oshiradigan turli xildagi koordinatsiva
talab qiluvchi gim nastika mashqlari.
4.Davlat dasturi orqali shug'ullanuvchining yoshi, o ‘ziga xos
xususiyati hisobga olinib tavsiya qilingan gim nastika mashqlari.
Darsning tashkillanishi va uning ta'm inlanganligi quyidagilam i
o ‘z ichiga oladi. Ular:
1) tibbiy va gigiyenik talablar asosidagi sharoitini yaratish va
unga rioya qilishni;
2) darsning moddiy-texnik jihatdan ta'm inlanganligini;
3) darsda o'quvchilar faoliyatini tashkillash usuliyatlarini
to'g^ri tanlash orqali qo'yilgan vazifani ijobiy hal qilishdek jihat-
larni nazarda tutadi.
29
Dars o'tkazishning tibbiy-gigiyenik sharoiti darsda jism oniy
m ashqlar bilan
shug‘ullanish jaravonida yuzaga keladigan
sog'Iom lashtirish natijasi, bir butun umumiy tadbirlar, tibbiy
gigiyenik sharoitdan yuzaga keladi.
M ashg‘ulotlarni o ‘tkazish joyini q a t’iyan belgilangan tibbiy-
gigiyenik norm alarga muvofiqlashtirish, sport zali uchun eng
m a’qul havo harorati 14-160C da bo'lishi, tanaffuslarda ochiq
m aydonlarga suv sepilishi, sport zallarining esa oynalari ochilib
shamollatilishi va boshqalar. Inson o'pkasining normal havo
ventilyatsiyasi - havo almashishi daqiqasiga 4 dan 6 1 atrofida,
yuqori jadallikda bajarilayotgan mashqlarda (yugurish, sport
o'yinlari) organizmning havo yutishi 10 1 va undan ortiq darajadan
oshishi mumkin. Shuning uchun m ashg‘ulot joylarini toza havo
bilan ta ’minlashning aham iyati muhim.
Ayniqsa, zaldagi jihozlar, anjomlar. m atlar (gilamlar), polning
tozaligi doim iy diqqat va e ’tiborni talab qiladi. Har bir darsdan
so‘ng zal polini h o ‘llangan pol latta bilan, namlangan latta bilan esa
jihozlar, matlarni artib chiqish zaruriyati mavjud. M ashg'ulotlar
tugagandan so'ng esa shug‘ullanilgan jo y tozalovni talab qiladi.
Chunki tozalanm agan zal shug‘ullanuvchi sog‘ligiga katta putur
yetkazadi, tananing, sport kiyimlarining kirlanishiga sabab boTadi.
Darsni m oddiy-texnik ta ’m inlash deganda, darsning optimal
zichligini ta ’minlashga imkon beradigan, q o ‘yilgan umumiy
vazifalam i to ‘laqonli hal qilish uchun kafolat beradigan, yetarli
darajadagi o ‘quv-tarbiya jihozlari, anjomlari va m ashg‘ulot joyi
nazarda tutilgan. Hozirgi kunga kelib k o ‘pchilik maktablarning
jism oniy tarbiya o'qituvchilarining tashabbusi bilan sport zallari
va sport maydonlari birdaniga bir necha o ‘quvchi shug'ullanishi
mum kin b o ‘lgan nostandart jihozlar, anjomlar va trenajyorlar bilan
jihozlanm oqda. Bunday jihozlardan foydalanish dars zichligini
ahamiyatli darajada yuqori effektli qilib tashkillashga imkon berib,
oxir-oqibat m ashg‘ulotlardagi samaradorlikning oshishiga olib
kelmoqda.
30
Do'stlaringiz bilan baham: |