G. A. Shahmurova yosh fiziologiy as I



Download 9,92 Mb.
Pdf ko'rish
bet63/201
Sana01.07.2022
Hajmi9,92 Mb.
#725465
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   201
Bog'liq
Yosh fiziologiyasi va gigiyena (Q.Sodiqov va b.)

Xotira mexanizmi. 
M aium ki, tashqi va ichki muhit ta ’sirida markaziy 
nerv sistemasida, xususan bosh miya yarim sharlari po'stlog'ining nerv 
hujayralarida, oliy nerv m arkazlarida qo'zg'alish paydo b o ia d i. Bu 
qo'zg'alish m a’lum vaqtdan keyin so'nadi, lekin uning izi qoladi, ana 
shu nerv markazlarida qolgan ta ’sir izi xotira deyiladi. Demak, xotira 
turli voqealarning, odam ko'rgan-kechirganlarining, bajarilgan ishlarning 
m a’lum vaqt davomida eslab qolinishidir.
X otira qisqa va uzoq m uddatli bo'ladi. Qisqa m uddatli xotirada 
ta ’sirning izi juda oz vaqt davomida saqlanadi. Bir vaqtning o'zida odam 
yettitagacha har xil taassurotni qisqa muddat davomida eslab qolishi
93
www.ziyouz.com kutubxonasi


m um kin. M asalan , ayrim s o 'z la rn i, ra q a m la rn i, b u y u m larn in g
xususiyatlarini va hokazo. Albatta, bunda har bir odam nerv sistemasining 
individual xususiyatlari, tajribasi, malakasi kabilar muhim rol o'ynaydi.
Uzoq muddatli xotirada ta ’sirning izi miya hujayralarida uzoq muddat 
davomida, b a’zilari umr bo'yi saqlanadi. Sodir bo'lgan voqealarning eslab 
qolinishi ixtiyorsiz va ixtiyoriy bo'ladi. Ixtiyorsiz eslab qolish odamning 
xohishiga bog'liq emas, bunda odam uchun ahamiyatga ega bo'lmagan 
b a ’zi o'tkinchi, tasodifiy ta ’sirlar m a’lum vaqt davomida saqlanib qoladi. 
Ixtiyoriy eslab qolishda odam tashqi muhitdagi voqealarni, ta ’sirni tanlab, 
ularning kerakligini, zarurini, xohlaganini xotirada saqlaydi. Voqealar, 
ta ’sirlar ko'p bo'lganida ularning hammasi esda qolmaydi. K o'p yoki oz 
voqea ta ’sirini eslab qolish va ularni oz yoki k o 'p m uddat davomida 
saqlash har bir odamning individual qobiliyatiga, hamda voqealarning 
ahamiyatiga bog'liq.
B undan tashq ari, h ar bir t a ’sir (ax b o ro t, voqea) qancha k o 'p
takrorlansa, shuncha uzoq vaqt esda qoladi. Shu bilan birga, har bir 
odam nerv sistemasining xususiyatlariga ko'ra turli voqealarni eslab qolishi 
har xil bo'ladi. Masalan, rahmdil odam boshqalarning qayg'usini uzoq 
eslab qoladi, ular haqida qayg'uradi, yordam ko'rsatishga intiladi.
T a’sir qaysi sezgi organlari orqali qabul qilinishiga ko'ra, xotiraning 
quyidagi turlari mavjud: harakat xotirasi - bunda yozish, turli harakatlar 
bajarish (raqsga tushish, gim nastika m ashqlarini bajarish, transport 
vositalarini haydash va h.k.) kabilar bosh miya yarim sharlarining tepa 
qismidagi nerv hujayralarida, ya’ni harakat markazlarida qoldirilgan izlar 
bilan bog'liq.
Obrazli xotira - bunda atrof-m uhitning ko'rinishi, odam larning 
qiyofasi, musiqa ohanglari kabilar bosh miya po'stlog'ining ensa va 
chakka qismidagi nerv hujayralari, ya’ni ko'rish va eshitish markazlarida 
qolgan izlar bilan bog'liq. Bu xotira, ayniqsa, yozuvchilarda, rassomlarda, 
aktyorlarda, sozanda va bastakorlarda yaxshi rivojlangan bo'ladi;
Emotsional xotira - odam boshidan kechirgan his-tuyg'ularini eslab 
qolishi bilan bog'liq. Bunda bosh miya po'stlog'idagi bir nechta nerv 
markazlari ishtirok etadi, chunki voqealarning har akteri va mazmuniga 
k o 'ra ular bir necha sezuv organlari orqali qabul qilinishi mumkin. 
Shunday qilib, qaysi sezgi organi orqali qabul qilinishiga ko'ra, uning 
nerv markazida ta ’sirning izi xotira sifatida qoladi. Yosh ortishi bilan 
xotira mexanizmi ham o'zgaradi. Bolalarda xotira nisbatan sodda bo'lib,
94
www.ziyouz.com kutubxonasi


bu u la rd a hosil b o 'lg a n sh a rtli refle k slarn in g ch idam lilig i va 
mustahkamliligiga bog'liqdir.
M iyaning tuzilishi va funksionallashuvi darajasiga qarab xotira 
mexanizmi murakkablashadi. Bu esa xotiraning yoshga nisbatan notekis 
rivojlanishini yuzaga keltiradi. Boshlang'ich m aktab o'quvchilarida 
xotira hajmi ortadi, esda saqlab qolish tezligi kamayadi. Esda saqlab 
qolish o'sm irlik davriga kelib ortadi. Yosh bilan barobar p o 'stlo q
qismlarining rivojlanishi esa asta-sekinlik bilan mantiqiy abstrakt xotirani 
pay bo'lishiga olib keladi.
Diqqat 
Odamning ayni paytda ahamiyatga molik narsa yoki hodisaga 
nisbatan bilim ortirish faolyatini qaratish «diqqat» deyiladi. Diqqat bir 
vaqtning o'zida turli manbalardan turli kanallar bo'ylab kelayotgan va 
biri ikkinchisiga halaqit berayotgan axborotlar ishidan hozirning o'zida 
keraldi bo'lganini ajratib olish imkon ini beradi. M asalan, yozilgan 
kitobdagi eng muhim tomonlariga, qonun-qoidalariga diqqat qaratish. 
A jratish qobiliyati diqqat tufayli hosil bo'ladi. Bir necha voqealarni 
ichidan eng muhimiga diqqatni qaratiladi. Diqqatni asosli bitta kanaldan 
kelayo tg an ax b o ro tg a q a ra tsa k boshqa to m o n lard an kelayotgan 
axborotlar ahamiyatsiz bo'lib qoladi. Diqqatni bitta hodisaga qaratgan 
holda qolganlarini ham m a’lum darajada nazorat qilib turish qobiliyatini 
rivojlantirish juda muhim. Bunga axborotni saralash yo'li bilan erishish 
mumkin. Masalan, retseptorlar axborotlarni saralashga ixtisoslashgan 
bo'lishi m a’lum. Diqqat jarayonida markaziy nerv sistema ikkinchi darajali 
axborot y o'llarin i toraytiradi. D iqqatni hosil bo'lish mexanizm ida 
markaziy nerv sistemadagi induksiya, qontsentratsiya va dominanta kabi 
xususiyatlar muhim rol o'ynaydi. Shunday jarayonlar tufayli diqqat 
muhim axborotga qaratiladi. Diqqat bir necha soniya, bir necha daqiqa 
davom etadi. Masalan, yuqori sinf o'quvchilarining faol diqqati 17 daqiqa 
davom etadi. So'ng diqqat tarqalib, ular boshqa hodisalarga e’tibor 
qaratadilar. Diqqat tufayli hunar o'rganiladi, fan o'zlashtiriladi.
Turli faollik bilan bog'liq bo'lgan holatlar funksional holatlar deyiladi. 
Asosiy funksional holatlarga harakat, stress, uyqu, charchash va boshqalar 
kiradi. Barcha reflekslarning ijro etilishida muskul harakatlari ishtirok 
etadi. H arakat reflekslari ikki xil bo'ladi. Tana holatini ushlab turish, 
fazoda ixtiyoriy va ixtiyorsiz siljishlar - harakat reflekslariga kiradi.
M aqsadlar, mayl-istaklar harakatlar strategiyasini bildirsa, ularni 
amalga oshirishda bo'ladigan harakatlar - taktik harakatlar hisoblanadi.
95
www.ziyouz.com kutubxonasi


H arakatning boshqarilishida markaziy rejalashtirish va qayta aloqa 
muhim ahamiyatga ega. Harakatni boshqaruvida bir necha nerv markazlari 
ishtirok etadi. Bosh miya yarim sharlarining bosh miya po'stlog'i harakat 
m aydonlari turli zonalarining funksional buzilishi yozish, kiyinish va 
boshqa harakat aktlarini izdan chiqaradi. H arakatlar uyg'unlashgan 
dasturlari orqa va bosh miya bo'limlari nerv markazlaridagi hujayralarda 
mavjud. Qator harakatlarning faollashtirilishi adrenalin, noradrenalin, 
a tse tilx o lin k ab i q o 'z g 'a tu v c h i m o d d a la r (m e d ia to rla r) o rq ali
tormozlovchi mexanizmlar aminosirka kislotalari kabi amalga oshiriladi.
Harakatlarning boshqarilishida markaziy nerv tizimida turli tuzilmalar 
turlicha ishtirok etadi. Lim bik tizim va assotsiativ p o 'stlo q orqali 
harakatga tashabbuskorlik ko'rsatiladi. Miyadagi bazal yadrolar, motor 
po'stlog'i va talamus yadrolari turli harakat aktlarini dasturlashda ishtirok 
etadi.
H arakatlar ixtiyoriy va ixtiyorsiz bo'ladi. Agar harakat m a’lum bir 
maqsad bilan bajarilsa, u ixtiyoriydir. Bu harakatlarning boshqariluvida, 
albatta, limbik tizimi va katta yarim sharlarning assotsiativ po'stlogi 
ishtirok etadi. Chaqaloqlarda deyarli barcha harakatlar ixtiyorsiz, bola 
o'sgani sari unda ixtiyoriy harakatlar ko'paya boradi.

Download 9,92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   201




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish