G. A. Shahmurova yosh fiziologiy as I


Faol holati Tinch holati



Download 9,92 Mb.
Pdf ko'rish
bet66/201
Sana01.07.2022
Hajmi9,92 Mb.
#725465
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   201
Bog'liq
Yosh fiziologiyasi va gigiyena (Q.Sodiqov va b.)

Faol holati
Tinch holati
Mudrash holati
Yengil uyqu holati
Chuqur uyqu holati
Paroksal holati
8-rasm. 
Uyqu va bedorlikning turli holatlarida EEGning k o ‘rinishi
98
www.ziyouz.com kutubxonasi


va ular uyquning boshqaruvida talam us, gipotalam us va retikulyar 
formatsiyalar asosiy rol o'ynashini ko'rsatdi. Gipotalamus va talamuslarda 
uyqu m arkazlarining qitiqlanishi uyqu holatini keltirib chiqaradi. 
Retikulyar formatsiyada esa, aksincha, bedorlik holatini ushlab turuvchi 
markazlarning borligi aniqlanadi.
Hozirgi vaqtda bosh miyaning sopi qismida uxlash va bedorlikka ta ’sir 
etuvchi tuzilm alar borligi isbotlangan. Bedorlikni saqlash retikulyar 
formatsiya hujayralarining ishiga bog'liq. Uyqu hosil bo'lishi oldingi 
miyaning b a ’zal qismi, talamus, retikulyar formatsiya tuzilm alariga 
bog'liq, bular uyqu markazlari deb ham yuritiladi. Uyqu markazlari 
shikastlansa, odam chuqur uyquga ketadi.
Uyquni boshqaruvchi nerv va gumoral mexanizmlar o'zaro aloqada 
bo'ladi. Bosh miyada uyqu va bedorlik holatida funksional farqni bosh 
miyaning EEG da ko'rish mumkin (8-rasm). Elektroentsefalogrammada 
(EEG) bosh miyaning elektr faolligi uyg'oqlik holatidan uyquga o'tish 
davrida 4 ta bosqichning borligini ko'rsatadi, bular tenglashtiruvchi, 
paradoksal, ultraparodoksal va tormozlanuvchi bosqichlardir. Chuqur 
uyqu vaqtida EEG da to'lqinlar chastotasi kamayadi (1 soniyada 4-5 
to'lqinlar), uyqu qanchalik kuchli bo'lsa, EEG dagi to'lqinlar chastotasi 
shunchalik kam bo'ladi. Uyqu vaqtida har 1-1,5 soatda tez chastotali 
to'lqinlarning paydo bo'lishi kuzatiladi. Yuqori chastotali bedorlik 
holatiga xos potensiallar kuzatilgan paytda qon bosimining ortishi, ko'z 
olmasining harakati, yurak urishi va nafas olish tezlashishi mumkin. Bu 
holatda uyg'otilgan odamlarning 80-90% i tush ko'rayotganligini aytgan. 
Bu vaqtda odamni uyqudan uyg'otish boshqa paytga nisbatan qiyin. Bu 
holat parodoksal uyqu holati yoki tez uyqu ham deyiladi va uyqu 
davomida bir necha marta tez uyqu holati 3-4 daqiqagacha davom etadi. 
Demak, kechki uyqu ikkita almashinib turadigan holatlardan iborat -
tez uyqu va sekin uyqu. K atta odamlarda tez uyqu umumiy uyquning 
25% ini tashkil qiladi, bolalarda esa undan ham ko‘p (8-rasm).
Odam o'rta hisobda bir sutkada 8 soat uxlaydi. 4-5 kun uxlamasdan 
yurishi mumkin, lekin keyinchalik u toliqib, hatto yurib ketayotganida 
ham uxlab qoladi. Bir necha kun uxlam aslik b a ’zan nerv, ruhiy 
kasalliklarni keltirib chiqarishi mumkin. Uyqu vaqtida miyanig shartli 
reflekslari faoliyati tormozlanadi, yurak qisqarishlari va nafas olishi 
siyraklashadi, qon bosimi oshadi yoki tushadi, siydik hosil b o ‘lishi 
susayadi, tana harorati bir oz pasayadi. Muskullar bo'shashib, qovoqlarni
99
www.ziyouz.com kutubxonasi


yumadigan muskullar, ko'z qorachig'i, to 'g 'ri ichak muskullari tonusi 
ortadi.
Chaqaloqlar 16-18 soat, kichik maktab yoshidagi bolalar 13-14 soat, 
7 yashar bolalar 11,5-12 soat, 12 yashar bolalar 10 soat, 13 yashar bolalr 
9,5 soat va 17-18 yoshli o'simirlar 8-8,5 soat uxlashi kerak. Odam bir 
maromdagi alia, soatning chiqillashi, suvning tomchilashi va shivirlab 
yoqayotgan yomg'ir ta ’sirida mudrab, so'ngra uyquga ketadi.
Uyquni to'liq tormozlanish deb bo'lmaydi, zero odam uxlayotganda 
nafas olish, yurak qisqarishlari va boshqa organlarning nerv markazlari 
ishlab turadi. Miya po'stlog'ida ham barcha markazlar tormozlanmaydi. 
Bu nerv markazlarini Pavlov «qorovul» markazlar deb nomlaydi. Uxlab 
yotgan ona birorta tovushdan uyg'onmasligi mumkin, lekin bolasi bir oz 
bezovtalanganda darrov uyg'onadi. Demak, «qorovul» nerv markazlari 
qo'zg'alishi o'ziga xos xususiyatga ega.

Download 9,92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   201




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish