m um kin. M asalan , ayrim s o 'z la rn i, ra q a m la rn i,
b u y u m larn in g
xususiyatlarini va hokazo. Albatta, bunda har bir odam nerv sistemasining
individual xususiyatlari, tajribasi, malakasi kabilar muhim rol o'ynaydi.
Uzoq muddatli xotirada ta ’sirning izi miya hujayralarida uzoq muddat
davomida, b a’zilari umr bo'yi saqlanadi. Sodir bo'lgan voqealarning
eslab
qolinishi ixtiyorsiz va ixtiyoriy bo'ladi. Ixtiyorsiz eslab qolish odamning
xohishiga bog'liq emas, bunda odam uchun ahamiyatga ega bo'lmagan
b a ’zi o'tkinchi, tasodifiy ta ’sirlar m a’lum vaqt davomida saqlanib qoladi.
Ixtiyoriy eslab qolishda odam tashqi muhitdagi voqealarni, ta ’sirni tanlab,
ularning kerakligini, zarurini, xohlaganini xotirada saqlaydi. Voqealar,
ta ’sirlar ko'p bo'lganida ularning hammasi esda qolmaydi. K o'p yoki oz
voqea ta ’sirini eslab qolish va ularni oz yoki k o 'p
m uddat davomida
saqlash har bir odamning individual qobiliyatiga, hamda voqealarning
ahamiyatiga bog'liq.
B undan tashq ari, h ar bir t a ’sir (ax b o ro t, voqea) qancha k o 'p
takrorlansa, shuncha uzoq vaqt esda qoladi. Shu bilan birga, har bir
odam nerv sistemasining xususiyatlariga ko'ra turli voqealarni eslab qolishi
har xil bo'ladi. Masalan, rahmdil odam boshqalarning qayg'usini uzoq
eslab qoladi, ular haqida qayg'uradi, yordam ko'rsatishga intiladi.
T a’sir qaysi sezgi organlari orqali qabul qilinishiga ko'ra, xotiraning
quyidagi turlari mavjud: harakat xotirasi -
bunda yozish, turli harakatlar
bajarish (raqsga tushish, gim nastika m ashqlarini bajarish, transport
vositalarini haydash va h.k.) kabilar bosh miya yarim sharlarining tepa
qismidagi nerv hujayralarida, ya’ni harakat markazlarida qoldirilgan izlar
bilan bog'liq.
Obrazli xotira - bunda atrof-m uhitning ko'rinishi, odam larning
qiyofasi, musiqa ohanglari kabilar bosh miya po'stlog'ining ensa va
chakka qismidagi nerv hujayralari, ya’ni ko'rish va eshitish markazlarida
qolgan izlar bilan bog'liq. Bu xotira, ayniqsa, yozuvchilarda, rassomlarda,
aktyorlarda, sozanda va bastakorlarda yaxshi rivojlangan bo'ladi;
Emotsional xotira - odam boshidan kechirgan his-tuyg'ularini eslab
qolishi bilan bog'liq. Bunda bosh miya po'stlog'idagi bir nechta nerv
markazlari ishtirok etadi, chunki voqealarning har akteri va mazmuniga
k o 'ra ular bir necha sezuv organlari orqali qabul qilinishi mumkin.
Shunday qilib, qaysi sezgi organi orqali qabul qilinishiga ko'ra, uning
nerv markazida ta ’sirning izi xotira sifatida qoladi. Yosh ortishi bilan
xotira mexanizmi ham o'zgaradi. Bolalarda xotira nisbatan sodda bo'lib,
94
www.ziyouz.com kutubxonasi
bu u la rd a hosil b o 'lg a n sh a rtli refle k slarn in g ch idam lilig i va
mustahkamliligiga bog'liqdir.
M iyaning tuzilishi va funksionallashuvi
darajasiga qarab xotira
mexanizmi murakkablashadi. Bu esa xotiraning yoshga nisbatan notekis
rivojlanishini yuzaga keltiradi. Boshlang'ich m aktab o'quvchilarida
xotira hajmi ortadi, esda saqlab qolish tezligi kamayadi. Esda saqlab
qolish o'sm irlik davriga kelib ortadi. Yosh bilan barobar p o 'stlo q
qismlarining rivojlanishi esa asta-sekinlik bilan mantiqiy abstrakt xotirani
pay bo'lishiga olib keladi.
Diqqat
Odamning ayni paytda ahamiyatga molik narsa yoki hodisaga
nisbatan bilim ortirish faolyatini qaratish «diqqat» deyiladi. Diqqat bir
vaqtning o'zida turli manbalardan turli kanallar bo'ylab kelayotgan va
biri ikkinchisiga halaqit berayotgan axborotlar ishidan hozirning o'zida
keraldi bo'lganini ajratib olish imkon ini beradi. M asalan,
yozilgan
kitobdagi eng muhim tomonlariga, qonun-qoidalariga diqqat qaratish.
A jratish qobiliyati diqqat tufayli hosil bo'ladi. Bir necha voqealarni
ichidan eng muhimiga diqqatni qaratiladi. Diqqatni asosli bitta kanaldan
kelayo tg an ax b o ro tg a q a ra tsa k boshqa to m o n lard an kelayotgan
axborotlar ahamiyatsiz bo'lib qoladi. Diqqatni bitta hodisaga qaratgan
holda qolganlarini ham m a’lum darajada nazorat qilib turish qobiliyatini
rivojlantirish juda muhim. Bunga axborotni saralash yo'li bilan erishish
mumkin. Masalan, retseptorlar axborotlarni saralashga ixtisoslashgan
bo'lishi m a’lum. Diqqat jarayonida markaziy nerv sistema ikkinchi darajali
axborot y o'llarin i toraytiradi. D iqqatni hosil bo'lish
mexanizm ida
markaziy nerv sistemadagi induksiya, qontsentratsiya va dominanta kabi
xususiyatlar muhim rol o'ynaydi. Shunday jarayonlar tufayli diqqat
muhim axborotga qaratiladi. Diqqat bir necha soniya, bir necha daqiqa
davom etadi. Masalan, yuqori sinf o'quvchilarining faol diqqati 17 daqiqa
davom etadi. So'ng diqqat tarqalib, ular boshqa hodisalarga e’tibor
qaratadilar. Diqqat tufayli hunar o'rganiladi, fan o'zlashtiriladi.
Turli faollik bilan bog'liq bo'lgan holatlar funksional holatlar deyiladi.
Asosiy funksional holatlarga harakat, stress, uyqu, charchash va boshqalar
kiradi. Barcha reflekslarning ijro etilishida muskul harakatlari ishtirok
etadi. H arakat reflekslari ikki xil bo'ladi. Tana holatini ushlab turish,
fazoda ixtiyoriy va ixtiyorsiz siljishlar - harakat reflekslariga kiradi.
M aqsadlar, mayl-istaklar harakatlar
strategiyasini bildirsa, ularni
amalga oshirishda bo'ladigan harakatlar - taktik harakatlar hisoblanadi.
95
www.ziyouz.com kutubxonasi
H arakatning boshqarilishida markaziy rejalashtirish va qayta aloqa
muhim ahamiyatga ega. Harakatni boshqaruvida bir necha nerv markazlari
ishtirok etadi. Bosh miya yarim sharlarining bosh miya po'stlog'i harakat
m aydonlari turli zonalarining funksional buzilishi yozish, kiyinish va
boshqa harakat aktlarini izdan chiqaradi. H arakatlar uyg'unlashgan
dasturlari orqa va bosh miya bo'limlari nerv markazlaridagi hujayralarda
mavjud. Qator harakatlarning faollashtirilishi adrenalin, noradrenalin,
a tse tilx o lin k ab i q o 'z g 'a tu v c h i m o d d a la r (m e d ia to rla r)
o rq ali;
tormozlovchi mexanizmlar aminosirka kislotalari kabi amalga oshiriladi.
Harakatlarning boshqarilishida markaziy nerv tizimida turli tuzilmalar
turlicha ishtirok etadi. Lim bik tizim va assotsiativ p o 'stlo q orqali
harakatga tashabbuskorlik ko'rsatiladi. Miyadagi bazal yadrolar, motor
po'stlog'i va talamus yadrolari turli harakat aktlarini dasturlashda ishtirok
etadi.
H arakatlar ixtiyoriy va ixtiyorsiz bo'ladi. Agar harakat m a’lum bir
maqsad bilan bajarilsa, u ixtiyoriydir. Bu harakatlarning boshqariluvida,
albatta, limbik tizimi va katta yarim sharlarning assotsiativ po'stlogi
ishtirok etadi. Chaqaloqlarda deyarli barcha harakatlar ixtiyorsiz, bola
o'sgani sari unda ixtiyoriy harakatlar ko'paya boradi.
Do'stlaringiz bilan baham: