M u sk u llard a ch arch ash ja ra y o n i sekinlashadi. B undan ta sh q a ri,
ta a ss u ro tla rg a sezgirlik o rtad i. D em ak, h is-h ay ajo n q o 'z g 'a lis h
organizmning foydalanilm agan im koniyatlarini yuzaga chiqaradi va
maqsadga erishishni yengillashtiradi.
Bir tom ondan ehtiyojning paydo bo'lishi,
ikkinchi tom ondan bu
ehtiyojni qondirish uchun zarur b o 'lg an omil va im koniyatlarning
yetishmovchiligi hissiy zo'riqishga olib keladi. Maqsadga erishish uchun
zarur bo'lgan omillarni bilish, ko'nikm alar, tajriba, energiya va vaqt
tashkil qiladi. Bu om illardan biriga organizm
yetarli m iqdorda ega
bo'lm asa, zo'riqish holati rivojlanadi. Ehtiyoj, maqsadning ahamiyati
qanchalik katta bo'lsa, zo'riqish darajasi shunchalik yuqori bo'ladi.
Zo'riqish m a’lum darajaga yetganda hissiyotni uyg'otadi. Uning 4
darajasi tafovut qilinadi. Zo'riqishning birinchi darajasi organizmning
diqqat-e’tibori, ish qobiliyati ortishi bilan ifodalanadi. Odam oldida
turgan vazifa yangi bo'lsa, unga nisbatan qiziqish ortadi, ruhiy va jismoniy
imkoniyatlarni ishga soladi. Bunday holat organizmni chiniqtiradi, ish
qobiliyatini
oshiradi, foydali bo'ladi.
Ehtiyojni qondirish, maqsadga erishish uchun birinchi darajadagi
z o 'riq ish h o la tid a ishga solingan im k o n iy atlar yetarli b o 'lm a sa ,
zo'riqishning ikkinchi darajasi rivojlanadi, manfiy y a’ni salbiy hissiyotlar
pay d o b o 'la d i. O dam n o ro zi b o 'la d i, ja h li ch iq ad i. A m m o, u
imkoniyatlarini iloji boricha ishga solib oldida turgan masalani yechishga
harakat qiladi.
A gar q o n d irish zaru r b o 'lg a n ehtiyoj om illarni organizm ega
bo'lganidan ko'p miqdorda talab qilsa, organizm imkoniyatlari qo'yilgan
masalani yechish uchun yetarli bo'lmasa, zo'riqishning uchinchi darajasi
rivojlanadi. Maqsadiga erishishga ko'zi yetmagan odam siqilib eziladi.
Z o'riqishning bu darajasida organizm a ’zolarining faoliyati keskin
salbiylashadi. Aqliy va jismoniy
im koniyatlar kam ayadi, odam hech
narsaga qo'l urgisi kelmaydi, zarar yetkazuvchi omillar qarshiligi susayadi.
Bunday holatni uzoq davom etishi organizmga ziyon yetkazadi, turli
kasalliklarni rivojlanishiga olib keladi.
Shu sababdan zo'riqishning uchinchi darajasini, isteriya zo'riqishi deb
ataladi.
Zo'riqishning uchinchi darajasini organizmning o'ziga xos himoya
reaksiyasi desa bo'ladi. Imkoniyatlari yetarli
emasligini bilgan organizm
maqsadga erishishdan voz kechadi. Ammo, maqsadning ahamiyati, unga
92
www.ziyouz.com kutubxonasi
erishish zaruriyati saqlanib qolsa, oranizm mushkul ahvolga tushadi, endi
zo'riqish to'rtinchi darajaga o'tadi. Bunda nevroz holati ro'y beradi.
Zo'riqish darajalarining biri ikkinchisiga osoyishta o'tishi shart emas,
sharoitga qarab, birdan ikkinchi yoki uchinchi darajadagi zo'riqish holati
yuzaga chiqishi mumkin. Nerv tizimi birinchi galda organizm yechishi
zarur bo ig an masalaning ahamiyati va murakkabligini, bu masalani hal
qilish uchun zarur omillar miqdorini va shu vaqtda
organizmda mavjud
bo ig an omillar miqdorini belgilaydi.
Zarur miqdor bilan bor bo ig an miqdorlar o'rtasidagi munosiblik kam
b o is a , ta raq q iy etgan z o 'riq ish darajasi shuncha yuqori b o ia d i.
Zo'riqishning 4 darajasi sof holda kam uchraydi. Ko'pgina oraliq darajalar
kuzatiladi. Masalan, ikkinchi va uchinchi darajalar oralig'idagi boigan
zo'riqish holatida organizmning aqliy imkoniyatlari pasayib ketgan bir
vaqtda, uning energetik imkoniyatlari saqlanib qoladi, ortib ketishi ham
mum kin. Bunday aql-idrokni yo 'q o tg an ,
vahim aga tushgan odam
bema’ni ishlarni qilib qo'yadi. Zo'riqishning oraliq darajalari bir shaklda
namoyon boiishi ham mumkin: Odamning aql idroki o'zgarmaydi, o'z
holatini va tevarak atrofidagi xavfni to 'g 'ri baholash qobiliyatini saqlab
qoladi, ammo energiya m anbalari kam ayib ketganidan o'zini xavf-
xatardan saqlashga kuchi yetmaydi.
M a’lum sharoitda rivojlangan zo'riqish darajasi past yoki yuqori
boiishi odamning hayotiy tajribasiga ham bogiiq. O'xshash sharoitni
boshdan kechirgan odam unga iztirob chekmaydi.
Qiyinchiliklarni
yengishga o'rganm agan, tajribasiz, kuchsiz odam larda zo'riqish juda
kuchli b o ia d i. Odam zo'riqishni ishg'ol qilish uchun zarur b o ig a n
omillarga - bilim, ko'nikm alar, vaqt, energiyaga yetarli miqdorda ega
boiishga harakat qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: