«ko'zingni ko 'rsat», «qo'lingni k o 'rsa t» va hokazo so'zlarga javob
reaksiyasini olish uchun ko'zini ko'rsatolsa va so'zlarni
bir necha marta
takrorlansa kifoya bo'ladi.
5 yashar bola asta-sekin umumlashgan so'zlarni takrorlay boshlaydi.
Masalan, o'yinchoq, daraxt, hayvon va boshqalar. Bolada bu yoshda
qon kret predmetlarga nisbatan nutq hosil bo'ladi. 3-5 yashar bola ayrim
she’rlarni h arak atlar bilan yodlaydi. 5-6 yoshida tashqi dunyoning
ko'pgina hodisalarini so'z bilan umumlashtirish qobiliyati ortadi.
I.K .K rasn o g o rsk iy va M .M .K oltsova turli yoshdagi b o lalard a
tajribalar olib borib, unda so'z integratsiyasi turli bosqichda bo'lishini
ko'rsatganlar.
Turli bosqichlarda so'z integratsiyasi rivojlanishining
izchilligi bilan
aniq misolda qisqacha tanishamiz.
1. Integratsiya darajasida so'z bola sezadigan m a’lum predmetlarning
obrazi hisoblanadi, y a’ni so'z sezilgan predmet obrazining ekvivalenti
bo'ladi.
2. Integratsiya darajasida so'z bir turdagi predmetlardan bir necha
sezgilar obrazi vazifasini bajaradi. Masalan, qo'g'irchoq so'zining signal
ahamiyati yakka seziladigan
obrazga nisbatan kengroq, lekin juda ham
aniq emas.
3. Integratsiya darajasida so'z turli xil predmetlardan hosil bo'ladigan
bir necha predm etlarni sezadigan o b razlarni ifodalaydi. M asalan,
o'yinchoq so'zi (koptokcha, kubiklar, avtomobil va boshqalar). Bunday
so'zning signal ahamiyati nihoyatda keng, aniq obrazlardan uzoqlashgan
bo'ladi.
4. Integratsiya darajasida so'z oldingi darajalardagi
integratsiyalarni
umumlashtiradi. Masalan, narsa so'zi: o'yinchoq, idish, mebel va boshqa
so'zlami umumlashtiradi. Bunday so‘zning signal ahamiyati keng m a’noda
bo'ladi. Birinchi tartib integratsiya bolaning 2 yoshida hosil bo'ladi,
ikkinchi tartib so'z integratsiyasi bola hayotining 2-yili oxirida, uchinchi
tartib so'z integratsiyasi 2-3 yoshda, to'rtinchi tartib integratsiya esa 5
yoshda namoyon bo'ladi. 5 yoshdan 7 yoshgacha bo'lgan davrda so'z
orqali fikrlash qobiliyati ortadi. Bu yoshda ichki nutq kurtaklari hosil
bo'la boshlaydi. M aktab yoshidagi bolalarda nutqning ahamiyati yanada
ortadi. So'z boyligi ko'paya borgan sari abstrakt fikrlashi ham orta boradi.
7-9 yashar bolalarda katta yarim sharlar po'stlog'ining nerv hujayralari
ta ’sirotlarga chidamli bo'ladi. Bog‘cha, boshlang'ich maktab yoshidagi
86
www.ziyouz.com kutubxonasi
bolalar nerv sistemasida qo'zg 'alish jarayonlari ustun turadi. 10-12
yoshdan boshlab, nerv sistem asidagi q o 'z g 'a lis h
va torm ozlanish
jarayonlari muvozanatlasha boradi. 7-10 yoshda qo'zg'alish jarayoni
ustun b oig an id an nerv jarayonlarining harakatchanligi 11-13 yashar
bolalardagiga nisbatan sust boiadi. Shuning uchun ham kichik maktab
yoshidagi bolalarda ijobiy shartli refleksii salbiy shartli refleksga aylantirish
birmuncha qiyin kechadi.
Nerv sistemasida tormozlanishga nisbatan qo ‘zg‘alish jarayoni ustun
boiadigan bolalarda shartli reflekslar tez hosil boiadi, lekin yuzaga kelgan
shartli reflekslar tez so'nadi. Nerv sistemasida ko'zg'alishi kuchli bo ig an
xolerik temperamentdagi bolalar harakatchan bo iad i, turli o'yinlarga
tez
qiziqadi, biroq bu qiziqish tez so'nadi. Xolerik temperamentdagi
bolalar turli o'yinlarni uzoq o'ynamaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: