chakkasiga otishga qaror qilgandim-da. To‘pponchani
ko‘ksimga qadab, bir-ikki soniya kutdim, shu choq birdan
shamim, stolim, ro‘paradagi devorim joyidan siljib tebrana
boshladi. Men talmovsirab jon-jahdim bilan tepkini
bosdim.
Tushda ba’zan tepadan qulaysiz yoki sizni so‘yadilar,
uradilar. Lekin bunda hech qanday og‘riq sezmaysiz, faqat
u yer-bu yeringizni haqiqatan karavotga urib olsangizgina,
joningiz og‘riydi va ko‘pincha og‘riqdan uyg‘onib ketasiz.
Mening tushimda ham shunday bo‘ldi — og‘riq-pog‘riqni
sezmadim, biroq, nazarimda, o‘q otilishi bilan butun
borlig‘im larzaga tushdi-yu, so‘ng birdan hammasi so‘ndi,
gir atrofimni qorong‘ilik qopladi. Men go‘yo ko‘r va gung
bo‘lib qolgan edim. Qarabsizki, allaqanday qattiq
Do'stlaringiz bilan baham: |