Mana, meni qabrga qo‘yib, ustimga tuproq ham tortadilar.
Hamma ketadi, men yolg‘iz qolaman, tamomila yolg‘iz,
qimir etmayman. O‘zimning qabrga qo‘yilishimni oldin
qachonki tasavvur qilgan bo‘lsam, qabr ko‘z oldimga
namlik va sovuqlik sezgilari bilan uyqashib kelar edi. Hozir
ham qattiq sovqotayotganimni his etdim, ayniqsa
oyog‘imning uchlari achchiq dildirardi, ammo bo‘lak hech
nimani sezolmadim. Qiziqki, men hech nimani kutmay,
«o‘lik odam nimani ham kutishi mumkin?» degan fikrga
ko‘nib yotardim. Faqat zax kishini ezar edi. Oradan qancha
vaqt o‘tganini bilmayman, bir-ikki soatmi, bir necha
kunmi, nogoh chap ko‘zimga tobut tepasidan bir tomchi
chakki tomdi, keyin yana, yana… har daqiqada tomib
Do'stlaringiz bilan baham: |