yo‘q va bo‘lishi mumkin emasligini tushmi-o‘ngmi bilib
turasiz-ku. Mayli, tush bo‘laqolsin, qaytaga yaxshi. Axir,
sizning ko‘klarga ko‘tarib maqtagan shu hayotingizni men
bittagina o‘q bilan yo‘q qilmoqchi edim, mening tushim,
tushim esa — o, u meni yangicha, ulug‘vor, qudratli
hayotdan ogoh etdi!
Tinglang.
III
Boya aytganimday deyarli sezdirmay, hatto o‘sha
o‘ylarimda davom eta turib ko‘zim ilinibdi. Tushimda
to‘pponchani olibman, o‘tirgan ko‘yi uni to‘ppa-to‘gri
yuragimga qadabman, ha, boshimga emas, yuragimga!
Men, axir, o‘qni boshimga, boshimning ham o‘ng
Do'stlaringiz bilan baham: |